Antibiotiklarni ishlatishda kuyidagi xatoliklar kuzatilishi mumkin:
-Kursatmalarsiz (zaruriyatsiz) ishlatilishi.
-Kam yoki kup dozada buyurilishi
-Bir xil guruxga mansub antibiotiklarni ishlatish
-Mikroblar sezgirligini xisobga olmasdan ishlatish
-Sinergizm yoki antagonizmga e‘tibor bermaslik
-Nojuya ta‘sirlariga e‘tibor bermaslik
ANTISEPTIK MODDALARNING TA’SIRI VA QULLANILISHI
Antiseptik moddalar vazifasi va ta‘sir qilish spektriga qarab xar xil gruppalarga bo‘linadi. Ular avvalo
organizmga karshi bo‘lgan mikroorganizmlarning o‘sishini to‘xtatishi, ma‘alliy mikro-organizmlarga
ta‘sir qilmasligi, teri, shilliq parda va jaro‘at sat‘idan yaxshi so‘rilishi, suvda o‘rtacha yoki kam
eriydigan, yo?larda va lipidlarda esa yaxshi eriydigan bo‘lishi lozim. Antiseptik moddalarning yana bir
xususiyati teri va shilliq parda lipidlariga qo‘shilib, ularning mikrobga qarshi ta‘sir kuchini oshirishidir.
Bunday antiseptiklarga anion va kation tipidagi yuzasi aktivlashgan moddalar kiradi.
Antiseptik moddalar ta‘siriga qarab bakteritsid (bakteriyalarni o‘ldirish) va bakteriostatik
(bakteriyalarning rivojlanish xususiyatini to‘xtatuvchi) guruxlarga bo‘linadi. SHularni ‗isobga olib,
antiseptiklarning ta‘sirchanligi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1. Jaro‘at infektini bir joyda to‘plashi, uning qon va limfatik tomirlarga yo‘nalishini to‘xtatishi.
2. Mikroblarning jaro‘atlangan joyga yopishib qolishi - adgeziyasining oldini olishi.
3. Bakteriyalarning patogenlik omilini kamaytirishi, to‘kimalarga kirishi va ko‘payishining oldini
olishi.
4. Antimikrob ta‘sirni oshirishi.
5. Antibiotiklar va turli fizik omillar (lazer, ultratovush, Doimiy elektr toki) ta‘sirini kuchaytirishi.
Yuqorida qayd qilingan xususiyatlari bo‘lgan moddalar yaxshi antiseptiklar ‗isoblanadi.
Xozirgi kunda kimyoterapiya deganda kimyoviy preparatlar yoki antibiotiklar ta‘sirida bakteriya,
zamburug, virus va xavfli o‘sma ‗ujayralarini yo‘q qilish va ta‘sir kuchini kamaytirish tushuniladi.
Antibakterial xususiyati bo‘lgan ko‘pgina moddalarning ‗ammasi ‗am klinik kimyoterapiyaning
talablariga to‘?ri kelavermaydi. Bu preparatlar tez so‘riladigan, organizmda nisbatan uzoq saqlanadigan,
to‘qima va qonda yuqori qonsentratsiyada toza va za‘arsiz bo‘lishi, asoratlar bermaydigan bo‘lishi zarur.
Yuqorida aytilgan shartlarni bajarish uchun kimyoterapevtik indeks (KI) aniqlangan. QI deganda bemor
organizmiga yuboriladigan birlamchi dori miqdori bilan bemorning tuzalishi uchun lozim bo‘lgan dori
mikdorining nisbati tushuniladi. Masalan, fenol uchun QI 1:4 ga, sulfanilamidlar uchun 1000:1 ga,
penitsillin uchun 5000:1 ga teng. Bundan sulfanilamidlar va antibiotiklarni KI uchun terapevtik
davolashda ishlatgan maoqul ekashshgi maolum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |