Bu koeffitsient korxonaning jami aktivlarini qancha miqdori o‘z
mablag‘lari hisobiga shakllanganligini bildiradi. Koeffitsientning 0,5
dan yuqori bo‘lishi ijobiy holat deb baholanadi
Ushbu ko‘rsatkichning
qiymati 40% dan kam bo‘lmasligi zarur. Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi
yuqoriligida va xo‘jalik organi faoliyatining xarakteriga bog‘liq holda ushbu
ko‘rsatkichning yo‘l qo‘yiladigan darajasi birmuncha pastroq bo‘lishi mumkin.
Agar ushbu koeffitsient 30% dan past bo‘lsa kredit tavakkali eng yuqori deb
hisoblanadi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati
shundaki, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini
baholashning yakuniy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning
moliyaviy ahvolini
yanada
chuqurroq ko‘rib
chiqishda
hamda
kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mijoz turli xil sinflarga
taalluqli bo‘lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida to‘g‘ri xulosaga kelish
uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini
tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Mijozning moliyaviy ahvoli baholashda aniq bir xulosoga kelish uchun
kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatda kreditga
layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga
layoqatliliginig qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari
holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma`lumki qisqa muddatli
kreditlar xo‘jalik sub`ektlarining aylanma aktivlarga beriladi. Shuning uchun
mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobilyati ham uning aylanma
aktivlaridan foydalanishdagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik
sub`yektorlari aylanma aktivlardan qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish
samarisi va uni o‘z vaqtida bankka to‘lash imkoniyoti shunchalik yuqori bo‘lishi
mumkin. Aylanma mablag`larning samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bu aylanma
aktivlarning aylanish koeffisiyenti hisoblanadi.
Sof aylanma aktivlari miqdori (balans likvidligi) ko‘rsatkichi.
Bu yerda:
O‘MM – o‘z mablag‘lari manbalari
UMMJ – uzoq muddatli majburiyatlar jami
UMAJ – uzoq muddatli aktivlar jami
Sof aylanma aktivlari miqdori ko‘rsatkichi O‘z mablag;lariva uzoq muddatli
majburiyatlar jamidan uzoq muddatli aktivlar jamini ayriladi. Bundan tashqari
joriy aktivlardan qisqa muddatli majburyatlarni ayrib hisoblasa ham bo‘ladi.
Bu korsatkich korxonaning hisobot sanasiga mavjud aylanma mablag‘laridan
o‘ziga tegishli ulushining miqdorini ifodalovchi ko‘rsatkich hisoblanadi
Koeffitsientning 0 (nol)dan kichikligi korxona balansini nolikvid ekanligini,
ya’ni mavjud joriymajburiyatlarni joriy aktivlar hisobiga qoplash imkoni yo‘qligini
bu esa kelgusida krdit qarzdorligini to‘lashda muammolar yuzaga kelishi mumkin
ekanlgni anglatadi. Nolikvid balansga kredit ajratilmaydi.
Sof aylanma aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsienti.
Korxona aktivlarini aylanuvchanlik koeffitsientini topish uchun sotishdan
tushgan sof tushumni sof aylanma aktivlarni hisobot davr boshi va davr
oxirio‘rtachasiga bo‘lamiz. U quydagi formula bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: