1.Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko‘rsatkichlari.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu ko‘rsatgichning mohiyati to‘g‘risida turli ta’riflarni
uchratish mumkin. Ko‘pgina mualliflar tomonidan kreditga
layoqatlilikka,
korxonalarning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish imkoniyati
sifatida ta’rif beriladi. Bizning fikrimizcha, bu ta’rif ko‘proq korxonaning to‘lovga
layoqatliligiga berilgan ta’rifdir. Amaliyotda kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichi
ko‘proq bankdan qarz oluvchi korxona faoliyatini ifoda qiladi. Kreditga
layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish mumkin:
Qarz oluvchi nuqtai nazaridan:
Kreditga layoqatlilik - kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni
o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyatini ifodalasa;
Bank nuqtai nazaridan - korxonaga beriladigan kreditning hajmini to‘g‘ri aniqlay
olish mas’uliyatini bildiradi.
Ba’zi iqtisodchilar qarz oluvchining kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichini
baholashda birinchi o‘ringa korxonaning daromad olish imkoniyatini qo‘yishadi.
Bizning fikrimizcha, daromad olish - korxonaning ishlab chiqarish yoki boshqa
faoliyat turining natijasi hisoblanib, shu natijaga erishish maqsadida korxona
kreditga muhtojlik sezadi.
Agar qarzlarni to‘lash miqyosida qaraydigan bo‘lsak, kreditga layoqatlilikka
nisbatan to‘lovga layoqatlilik tushunchasi kengroqdir. Chunki to‘lovga layoqatlilik
jismoniy va huquqiy shaxslarning barcha qarz va majburiyatlarini o‘z vaqtida
to‘lay olish imkoniyatini ifodalaydi. Kreditga layoqatlilik to‘lovga layoqatlilikdan
farq qilib, ssuda bo‘yicha qarzlarni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatini ko‘rsatadi.
Undan tashqari kreditga layoqatlilik to‘lovga layoqatlilikdan to‘lash manbalari
bilan ham farq qiladi.
Kreditga layoqatlilik – bu mijozning moliyaviy faolyatiga har tomonlama
berilgan bah obo‘lib u qarz oluvchining so‘ralayotgan kreditni ( asosiy qarz
summasi va u bo‘yicha fondlarni) o‘z vaqtida qaytarish va boshqa qarz
majburiyotlarini to‘lay olish qobilyatini ko‘rsatradi. Korxonaning kreditga layoqati
uning moliyaviy holatini belgilaydi. Kreditga layoqatlilik qanchalik yuqori bo‘lsa,
moliyaviy barqarorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kreditga layoqatlilik va to‘lov qobiliyati moliyaviy barqarorlikni aks ettirsa
ham, ushbu tushunchalar o‘rtasida farq mavjud. To‘lov qobiliyati ko‘proq darajada
kompaniyaning barcha likvid aktivlarini sotish orqali o‘z majburiyatlarini to‘lash
qobiliyatini aks ettiradi, kreditga layoqatlilik esa eng likvid aktivlar tufayli
qarzlarni to‘lashni aks ettiradi. Kam likvidli aktivlar: transport, uskunalar va
boshqalar yordamida majburiyatlarni to‘lash ishlab chiqarishning barqarorligini va
natijada uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy barqarorlikni buzishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik subaktlarining banklar faolyatining
tijoratlashuvi yuzaga keladi. Korxonalar iqtisodiy harakatda, faoliyatda albatta,
qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki qadamiga etarli
mablag‘ tadbirkorlarda doimo ham etarli bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlar
biznes hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz
kapitali hisobiga yo‘lga qo‘yiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar doimo
aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni
ishlatishdan naf ko‘radilar.
Keyingi yillarda turli korxonalar qaysi, mulkchilik shakliga asoslanganiga
qaramasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan korxonalarda qo‘shimcha pul
mablag`lariga ehtiyoj yuzaga keladi va bu ehtiyoj zarur bo‘lgan bank kreditlari
hisobidan qoplanishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit va
uning muhim elementlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli
muhim elemetlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli muhim
ahamyat kasb etadi. Chunki banklar ham bozor munosabatlarining mustaqil
subyektlaridan biri bo‘lib, iqtisodiy jihatdan faolyat natijalari uchun o‘zlari
javobgar hisoblanadilar. Banklarning maqsadi ham korxonalarnikiga o‘xlash
bo‘lib, ular o‘z daromadlari hisobidan qoplab yuqori foyda olishga intiladilar.
Banklarning foyda bilan ishlashi ularning yanada keng tarmoqli faoliyat olib
borishiga, mijozlarga ko‘satadigan xizmat turlari va xodimlarini moddiy
rag‘batlantirishga, ko‘proq mablag` ajratishga o‘z aksionerlariga ko‘proq mablag`
ajratishga oz aksionerlariga ko‘proq divedetlar to‘lashning va bularning barcha
bankka bo‘lgan ishonchning yanada oshishga imkoniyat yaratadi. Tijorat
kreditlarining samara bilan banka, qaytib kelishini ta`minlashi uchun mijozning
moliyaviy hayotini uning kreditini o‘z vaqtida qaytara olish imkoniyotlarini
tekshirib ko‘rish lozim.
Korxonaning kreditga layoqatini baholashning maqsadi qarz oluvchining
bankrotlik xavfi darajasini aniqlashdir. Ushbu protsedura tijorat banklari va boshqa
moliyaviy institutlar tomonidan amalga oshiriladi. Korxonaning kreditga
layoqatlilik darajasi qarzga olingan kapital bo‘yicha foiz stavkasi miqdorini
belgilaydi, kreditga layoqatlilik qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit beradigan
banklarning foizi shunchalik past bo‘ladi.
Kreditlash jamiyatini turli xildagi risk omillari bilan bo‘g`liq bo‘lgan, kreditga
layoqatlilik kreditni o‘z vaqtida to‘liq qaytarib berish qobilyatini aniqlashdan
iborat. Shu bois bank o‘ziga olishga tayyor bo‘lgan risk darajasi u taqdim
etayotgan kredit hajmi va kredit berish shartlarini qay darojada bajarishiga bog`liq.
Bank nafaqat imzoning ma`lum kunlaridagi to‘lov qobilyatini baholashi, shu
bilan birga, uning kelajatdagi moliyaviy barqarorligini ham prognozlashi zarur.
Moliyaviy barqarorlikni va kredit passivlarini qabul qilgan moddalar bo‘yicha
guruhlashtirishi operasiyalaridagi risk hisobini obektiv baholash, bank kredit
resurslarini samaradi boshqarish hamda foyda olish imkonini beragi.
Bozor munosabatlarining rivojbanishi korxonalarning to‘lov qabilyati va
barqaror ligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan bug`alteriya hisobini
yuritish zaruratini tug`diradi, bunda bugalteriya ballansining yangi tahlilini yuritish
asosiy o‘rin egolaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilgan moddalar
bo‘yicha guruhlashtirilishi, to‘lov qobilyoti va kreditga layoqatlilikni yetarli
darajoda chuquroq tahlil qilish imkonini beradi.
Bank resurslarini kamaytirish va uning daromadini oshirishda kredit
jarayonini to‘g`ri tashkil qilish, mijozning kreditga layoqatlilligini aniqlosh muhim
o‘rin tutadi. Mijozga berilgan kredit o‘z vaqtida qaytib kelishini xoxlaydigan bank
avvalambor mijozning kredit zayovkasi va uning kredit zayovkasi va uning kredit
tarixini mukkamal o‘rganib chiqish lozim. Bu jarayon bank riskini oldini olishning
ilk bosqichi hisoblanadi.
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini o‘rganish va kredit berilgandan
keyin kredit monitorining muntazam olib borish bank riskini kamaytirish va uning
daromadini oshirishning navbatdagi bosqichlaridan biri hisoblanadi.
Kreditga layoqatlilik – bu xo‘jalik subeyktlari tomonidan kreditlarini o‘z
vaqtida va to‘laligicha olish qobilyatini hamda moliyoviy ahvoliga berilgan
bahodir.
Korxonalarning tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning
to‘lovga qobilligiga balki uning mablag‘larining harakatchanlik (likvidlilik)
darajasiga ham bog‘liq. SHu sababli tahlil etishda buxgalteriya balansi
ma’lumotlari asosida korxonalarning harakatchan mablag‘larini holatiga, tez va
sekin pulga aylanuvchi aktivlariga, nolikvid mablag‘lar holatiga, ularning to‘lov
muddati kelgan, qisqa va uzoq muddati majburiyatlarga nisbatiga, doimiy
passivlarni nolikvid va likvid mablag‘larni manbalashiga baho berish talab etiladi.
Kreditga layoqatlik tahlilining maqsadi - korxonalarning kredit, qarz
mablag‘larini jalb etishi yuzasidan ularning moliyaviy holati va natijalarini tahlil
etish orqali pul mablag‘larini ko‘paytirish imkniyatlarini retrospektiv tahlilini
amalga oshirishdan iborat.
Korxonalarning kreditga layoqatligini baholashda tahlil oldiga quyidagi
vazifalar qo‘yiladi:
korxonalarning kreditga layoqatligini davriy oraliqlar bo‘yicha
o‘rganish;
korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini
baholash;
mablag‘larni joylashinuvidagi holat, ularning aylanuvchanligini
baholash;
muddati o‘tgan majburiyatlarning holati, korxonalarning moliyaviy
mustaqillik darajasidagi o‘zgarishlar, sotish hajmidagi o‘sish, likvid
mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish;
Kreditlash jarayoni kredit bo‘yicha defoltni keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan ko‘p sonli va turli xil xatar omillarining ta'siri bilan bog‘liq. Kreditlar
berishda tijorat banki ularning defoltiga olib keladigan omillarni o‘rganishi kerak.
Ushbu tadqiqot kredit tahlili deb nomlanadi.
Korxona kreditga layoqatligikni baholashda taxlikalar tahlili alohida
o‘rganiladi. Tahlikalar tahlili maqsadi –kreditni berish imkoniyatlari va darajasini
ximoyalanganlik darajasini baholashga qaratilgan.
Korxonalar kreditga layoqatliligi tahlilida:
baholash ko‘rsatkichlari dinamikasiga;
buxgalteriya balansini takibiy tuzilishiga;
aktivlar va foydaning sifatiga;
pul tushumlarining kutilishiga;
moliya-xo‘jalik faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muhim axamiyat
qaratiladi.
Kreditga layoqatlik tahlilini miqdoriy kursaktkichlar qatorida quyidagi asosiy
baholash ko‘rsatkichlari tahlil etiladi:
likvidlik koeffitsentlari;
o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsenti;
aylanuvchanlik va rentabellik ko‘rsatkichlari.
Kreditlarning muddatligi uning zaruriy sharti hisoblanadi. SHu sababli kredit
resurslarini uzoq va qisqa muddatlarga jalb etishda uning kaytarilishiga muhim
ahamiyat qaratiladi. Kredit resurslari kechiktirilgan to‘lovlar yuzasidan foizlar
summasi bilan birgalikda kaytariladi.
Agar to‘lovlar va foizlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa ushbu mijozning
kreditor oldidagi ishonchi ortadi. Bu holat esa mijozning kredit tarixiga yoziluvchi
eng muhim jihatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |