Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/317
Sana09.09.2021
Hajmi2,49 Mb.
#169271
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   317
Bog'liq
jazoni ijro etish muassasalari

  
Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash,  
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga 
moddiy yordam ko’rsatish 
 
Jazoni  ijro  etish  muassasasi  ma’muriyati  ozodlikdan  mahrum  etishga 
hukm  qilingan  shaxsning  jazoni  o’tash  muddati  tugashiga  uzog’i  bilan  uch 
oy  qolganda  uni  ozodlikka  chiqarishga  tayyorlash,  mehnat  va  turmushda 
o’rnashishga  bo’lgan  ehtiyojini  aniqlash,  uning  muassasadan  ozod 
bo’lgandan  keyingi  huquqlari  va  majburiyatlarini  tushuntirish  maqsadida 
mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. 
Ishda  va  turmushda  o’rnashishga  muhtoj  shaxslar  aniqlangan  taqdirda 
muassasa ma’muriyati oldindan mahkum yashashni mo’ljallayotgan joydagi 
ozodlikdan  mahrum  etish  joylaridan  ozod  bo’lgan  shaxslarning  ijtimoiy 
moslashuvi  markazini  uning  ozod  qilinishi,  turar  joyi  bor-yo’qligi,  mehnat 
qobiliyati va ixtisosi to’g’risida xabardor etadi. 
Muassasa  ma’muriyati  ayni  bir  vaqtda  ustidan  ichki  ishlar 
organlarining  ma’muriy  nazorati  o’rnatilishi  zarur  bo’lgan  shaxslarni 
aniqlaydi  va  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  sudga  tegishli 
taqdimnoma kiritadi. 
Odatda  uzoq  vaqt  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosini  o’tagan  shaxs 
oilasi,  qavm-qarindoshlari,  tanish-bilishlari,  ilgari  istiqomat  qilgan  va 
ishlagan  joyidagi  jamoa  bilan  munosabatlari  mushkullashadi.  U  jazoni  ijro 
etish  muassasasidan  qaytib  kelgach,  yangi  sharoitlarga  ko’nikishi, 
moslashuvi qiyin kechadi. Shu sababli u muruvvatga muhtoj bo’ladi. 
Har bir mahkumni ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tagandan so’ng 
qayerda, kimlar bilan yashashi, nima bilan shug’ullanishi haqida g’amxo’rlik 
qilishi  u  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  ishning  muhim  tarkibiy  qismidir. 
Bunday  g’amxo’rlik  mahkum  ozod  etilishiga  uch  oy  qolganda  ayniqsa 
kuchaytirilishi,  mahkumning  ehtiyojlarini  aniqlash  va  qanoatlantirishga 
qaratilgan muayyan sharoitlarni vujudga keltirishni nazarda tutishi lozim. 


278 
 
Mahkumni  halol  turmush  va  mehnat  sharoitlariga  o’rgatish  uning 
oilasi,  qarindoshlari,  tanish-bilishlari  va  jamiyat  oldida,  kamsitilmasligi 
uchun  kerakli  axloq-odob  qoidalarini,  huquq  va  majburiyatlarini 
tushuntirishdan  boshlanishi,  hayot  chorrahalarida  yomon  yo’lga  kirish, 
xudbinlikka  ruju  qilish  qanchalik  og’ir  oqibatlarga  olib  kelishi  haqida 
suhbatlar  o’tkazish  vositasida,  turli  ma’naviy,  tarbiyaviy  ta’sir  etish  tarzida 
jonlashtirish lozim. 
Agar  mahkum  muhtoj  bo’lsa,  muassasa  ma’muriyati  oldindan  uning 
yashaydigan  joyidagi  mahalla  oqsoqollarini  unga  muruvvat  ko’rsatishi 
haqida  xabardor  qilishi,  o’sha  yerdagi  hokimiyat  qoshidagi  ijtimoiy 
moslashuv  markazi,  maxsus  komissiyalar  va  mehnat  jamoalari  bilan 
tadbirlarni  rejalashtirish  kerak.  Bu  haqda  Vazirlar  mahkamasining  1999-
yildagi  113-sonli  qaroriga  binoan  ozod  etilayotgan  shaxsning  ustidan 
ma’muriy nazorat  o’rnatilishi lozim bo’lsa, jazoni ijro etish muassasasining 
ma’muriyati  bu  haqda  sudga  taqdimnoma  kiritib,  sudda  bu  masala 
barvaqtroq ko’rilishiga erishishi lozim. 
Jazodan  ozod  qilinayotgan  shaxs  tibbiy  ko’rikdan  o’tkaziladi.  Unga 
tegishli  barcha  hujjatlar,  shu  jumladan  pasport,  mehnat  daftarchasi, 
‘ensionerlik  yoki  nogironlik  guvohnomasi,  ta’lim  va  hunar  o’rganganligi 
haqida  hujjatlar,  kasallik  daftarchasi,  xat  yozishmalari,  kitob-daftarlari 
qaytarib beriladi. Agar uning shaxsiy hisob jildida faxriy,  maxsus va harbiy 
unvonlar  to’g’risida  guvohnomalar,  ko’krakka  taqiladigan  nishonlar,  medal 
va  ordenlar  bo’lsa,  ular  ham  qaytarib  beriladi.  Bu  ishlarga  barvaqt  xozirlik 
ko’rilishi kerak.  
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni 
mo’ljallayotgan  joyga  yetib  olishi  uchun  yo’l  hujjatlari,  belgilangan  norma 
bo’yicha  oziq-ovqat  mahsulotlari  yoki  pul  kompensatsiyasi  bilan 
ta’minlanadilar. 
Ozod  qilinayotgan  shaxslarda  mavsumiy  kiyim  va  poyabzal, 
shuningdek, ularni sotib olishga pul bo’lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan 
bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir 
yo’la to’lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin. 
Jazoni  ijro  etish  muassasasidan  ozod  qilinayotgan  shaxsga  qilingan 
sarflar davlat hisobidan qo’lanadi.  

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish