206
A.S.Yakubovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: O’zbekiston
Respublikasi
IIV Akademiyasi, 2010. – B. 117.].
O’zbekiston Respublikasining 2003- yil 12-dekabrdagi “O’zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida”gi qonunga muvofiq 2004-yilda Respublikamizda
kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasi tugatildi va hozirgi kunga kelib
Respublikamizda bitta tarbiya koloniyasi faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi JIKning 124-moddasiga ko’ra, tarbiya
koloniyalarida:
– o’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan mahkumlar kattaroq
yoshdagi mahkumlardan;
– birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar
ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o’tagan mahkumlardan
alohida saqlanadilar.
Ijobiy tavsifga ega mahkumlar JIKning 104-moddasida nazarda
tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o’tkaziladi.
Voyaga yetmaganlar javobgarligi va ular uchun jazo masalalari ham JK
va JIKda alohida boblarda ajratib berilgan va ilgarigi qonunlardan farqli
jiddiy yangiliklarni nazarda tutadi.
O’n sakkiz yoshga yetgan mahkumlar voyaga yetmagan mahkumlardan
ajratilgan holda saqlanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan alohida turdagi
jazoni ijro etish koloniyalarining tashkil etilishi ularga nisbatan tarbiyaviy
choralarni alohida turlarini joriy etish imkoniyatlarini yaratadi. JK 85-
moddasi va JIK 45-moddasiga binoan voyaga yetmagan ozodlikdan mahrum
qilingan mahkumlar tarbiya koloniyalarida saqlanadilar. Ozodlikdan mahrum
qilish jazosini ijro etish jarayonida bu qoidaga qat’iy amal qilinadi va faqat
sud hukmiga qadar shaxs tergov hibsxonasida saqlanadigan hollardagina bu
qoidaga rioya qilinmasligi mumkin. Bu vaqtda ular hali ozodlikdan mahrum
qilingan hisoblanmaydilar.
Voyaga yetmaganlarning tasniflanishi aksariyat hollarda yoshiga
nisbatan tatbiq etiladi. Jumladan, o’n olti yoshgacha bo’lganlar alohida va
o’n olti yoshdan oshganlar alohida ajratiladi.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan JKga binoan ozodlikdan mahrum
qilishning muddati har bir jinoyat uchun o’n besh yilgacha, bir necha
jinoyatlar yoki bir necha hukmlar yuzasidan jazo tayinlanganida o’n ikki
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Voyaga
yetmaganlar uchun belgilangan tarbiya koloniyalaridagi sharoitlari ham
yengillashtirilganligi bilan ajralib turadi. Qonunga binoan tarbiya
207
koloniyalarining faqat umumiy tartibli turi mavjud. JIKning XXII bobida
tarbiya koloniyalarining xususiyatlari alohida qonunlashtirib berilgan.
Umumiy tartibli koloniyalarning ichki xususiyatlari ham kattalar uchun
belgilangan koloniyalardan yengillashtirilganligi bilan farqlanadi.
Shuningdek, tarbiya koloniyasi hududi balandligi 3 (uch) metrdan kam
bo’lmagan devor bilan o’raladi, uning tashqi perimetri bo’ylab niqobli devor
o’rnatiladi. Mahkumlar uchun mo’ljallangan kasb-hunar ta’limi va kasb
tayyorgarligi sinf hamda yordamchi texnik xonalari boshqa binolardan
ishonchli tarzda batamom ajratib qo’yilgan bo’lishi lozim. Turar joy zonasi
hududida sport zali yoki bir vaqtning o’zida barcha mahkumlarni safga tizish
uchun maydon, stadion, zarur sport inventari kompleksi mavjud
maydonchalar jihozlanadi. Nazorat-o’tkazish punkti mavjud blokda qurol-
aslahani saqlash va berish uchun mo’ljallangan xonalar joylashtiriladi.
Tarbiya koloniyalarning intizomiy bo’linmasida kartserga mo’ljallangan
kameralar jihozlanmaydi.
Voyaga yetmagan erkaklar ozodlikdan mahrum qilishga birinchi marta
hukm qilinganlarida va ayollar nechanchi marta ozodlikdan mahrum
qilishgan bo’lishiga qaramay umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida
saqlanadilar.
Shu bilan birga, tarbiya koloniyalarida mahkumlar voyaga yetgunga
qadar saqlanadilar. Voyaga yetganligidan so’ng ularni jazoni o’tash
koloniyalariga o’tkazadilar. Qonunga binoan mahkumning sodir etgan
jinoyatining ijtimoiy xavfliligiga qarab jazoni ijro etish koloniyasining turi
belgilanadi. Uncha og’ir bo’lmagan va og’ir jinoyatini qasddan sodir etganlar
uncha og’ir bo’lmagan jinoyatni qasddan birinchi marta sodir etilganlar
umumiy tartibli koloniyaga o’tkazadilar. O’ta og’ir jinoyatlar uchun hukm
qilingan shaxslar og’ir jinoyati uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar
saqlanadigan umumiy tartibli koloniyaga o’tkazdilar. Ehtiyotsizlikdan
jinoyat sodir etganlar o’n sakkiz yoshga yetganlaridan so’ng manzil
koloniyalariga o’tkaziladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: