18.2-rasm. Dezinfektsiyalashda qo`llaniladigan vositalar va kiyim-kechaklar.
Barcha chorvachilik ferma va komplekslari qurilishi batomom tugatilgandan so‘ng
ishlab chiqarish zonasida joylashgan barcha bino va inshoatlar ishga tushirilishidan oldin
dezinfektsiya qilinishi shart. Dezinfektsiyalash uchun quyidagi preparatlardan
foydalaniladi. Formaldigitning 2 % li eritmasi hamda o‘yuvchi natriyning 2 % li eritmasi.
Yopiq binolar ishga tushirilishidan oldin formalin aerozollari (formaldagitning 36-
40 % li eritmasida foydalaniladi. Eritma binoning 1 m
3
hajmiga 20 ml dan to‘g‘ri kelishi
kerak. Dezinfektsiyalashdan oldin binodagi barcha eshik deraza va oynalar yaxshilab
yopilgan bo‘lishi shart.
Dezinfektsiyalangan bino 24 soat yopiq holda turishi kerak. Bundan tashqari
dezinfeksiyalashdan oldin binoning harorati 15
0
, nisbiy namlik esa 60 % dan kam
bo‘lmasligi lozim. Agar namlik kam bo‘lsa binoning 1 m
3
hajmiga 10-20 ml suv
purkaladi. Bino dezinfektsiyalangandan keyin yaxshilab shamollatiladi, hayvonlar tegishi
mumkin bo‘lgan joylar (oxurlar, avtosug‘orgichlar yaxshilab yuviladi, bino
dezintfeksiyalovchi dorilar hididan holi bo‘lgandan so‘ng hayvonlarni bino ichiga olib
kirishga ruxsat etiladi.
Dezinfektsiya ishlarini olib borishda quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilish lozim.
Maxsus dezinfektsiyalovchi kiyim kechak kiyish. Agar formaldegid, xlor va
ohakdan foydalanilsa albatta protivogaz kiyib olinadi. Kislata va o‘yuvchi ishqor
eritmasidan foydalanilsa himoya ko‘zoynagini taqib olish shart.
Hozirgi paytda binolarni va o‘simliklarni dezinfektsiyalashda quyidagi
dezinfektsiyalovchi mashina va qurilmalardan keng foydalanilmoqda.
LSD va LSD-2 issiq eritmalar dezinfektsiyalash va dezinsektsiyalashda keng
qo‘llaniladi. Kuchli bosim hosil qiluvchi motor yordamida minutiga 100 litr suyuqlikni 5
ATM sepadi. VDM (veterinariya dezinfektsiyalash mashinasi) ushbu mashina ko‘chma
kompleks dezinfektsiyalovchi mashina bo‘lib 1 minutda 7-8 ATM 120 litr suyuqlikni
purkaydi. UDS o‘zi yurar dezinfektsiyalovchi qurilma ish unumi 20 ATM minutiga 8 litr
purkaydi. DJI-30-40 ATM 1 minutda 50-60 litr purkaydi.
Derotizatsiya odam va hayvonlarda uchraydigan ko‘pgini yuqumli kasalliklar
qo‘zg‘atuvchi mikroblarni tarqatuvchi sichqonlar, kalamushlar va kemiruvchilarni
yo‘qatishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi.
Kemiruvchilarga qarshi kurashda mexanik usulda qopqonlardan keng
foydalaniladi. Kemiruvchilarni qirishda kimyoviy usulda turli xil kimyoviy
priparatlardan keng foydalaniladi. Rux fosfatid, natriy yoki boriy fosfatid, marganets
preparatlar, zookummarin, fentolatsin, ratindan foydalaniladi.
Chorvachilik fermalarida derotizatsiya o‘tkazishda zookumarin, ratindan va
fentolatsin kabi kimyoviy vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki
kemiruvchilar uchun tashlangan xo‘rakni bexosdan hayvonlar iste`mol qilsa ham zararli
emas.
Fermaning veterinariya nuqtai-nazaridan qulayligi uning joylashgan hududiga
bog‘liq.
Chorva fermasi, binosi, veterinariya inshoatlari, ozuqa sexlari, ozuqa omborlari va
boshqa chorvachilik inshoatlarini botqoq, sizot suvlari yuqori joylashgan, ko‘hna hayvon
mozorlari, go‘ngxonalar, terini qayta ishlash, quyonchilik, parrandachilik xo‘jaliklari
o‘rniga qurish ta’qiqlanadi. Chorva fermasi uchun ancha baland, quruq, yomg‘ir-qor
suvlari bosmaydigan, sizot suvlari chuqur bo‘lgan, tekis, ochiq, suv bilan ta’minlangan,
sanitariya talablariga javob beradigan joy tanlanadi.
Fermerning fermasi aholi yashaydigan joydan ma’lum masofada (sanitariya-
himoya zonasi), kelajakda qishloqning kengayishi, yon-atrofda sanoat yoki qayta ishlash
korxonalari qurilishini hisobga olib quriladi. Meditsina me’yorlari bo‘yicha aholi yashash
joyidan fermer xo‘jalik fermasi orasidagi masofa kamida 300 metr bo‘lishi o‘rnatilgan.
Fermalar va fermerga aloqasi yo‘q qishloq x’o‘jalik korxonalari, qurilish va
inshoatlar oralig‘i quyidagicha bo‘lishi kerak:
- qoramolchilik,
qo‘ychilik, echkichilik, cho‘chqachilik, parrandachilik,
quyonchilik fermalarigacha – 1,5 km;
- yirik avtomobil va temir yo‘llargacha – eng kamida 0,5 km;
- hayvonlar uchun zararli gazlar, tutun, chang chiqaradigan sanoat
korxonalarigacha – kamida 5 km;
- naslchilik fermalari va chorva mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarigacha –
kamida 3 km.
18.3-rasm.
Chorvachilik fermalari 2,0-2,5 m balandlikdagi devor bilan o‘ralishi, yagona
darvoza, unda uzunligi 5-6 m (ya’ni traktior va avtomashina shinalari to‘liq yuvilishi),
chuqurligi 25-30 santimetrlik dezabarer bo‘lib, u dezinfektsiyalovchi moddalar bilan
to‘ldirilgan bo‘lishi shart. Darvoza yonida eshik bo‘lib, undan xodimlar o‘tadi, uning ikki
tomonidan 1,5 x 2,0 m kattalikdagi dezomatlar qurilib, u qirindi yoki qipiq bilan
to‘ldirilib, muntazam ravishda dezinfektsiyalovchi eritma bilan ho‘llanib turiladi va har
bir kishi albatta oyoq kiyimini shilab o‘tishi shart.
Hamma ishchilar yechinish – kiyinish xonasida o‘z shkaflariga ega bo‘lib, ular uy
kiyimlarini yechib ish ust-boshlarini kiyib oladilar.
Molxonalar har kuni go‘ngdan tozalanib, go‘ngxonalarga yuboriladi va u yerda
go‘ng 5-6 oy davomida zararsizlantiriladi.
Ferma hovlisi har kuni yig‘ishtiriladi, zarur hollarda molxona va hovli
dezinfeksiyalanadi.
Sigirlardan toza sut sog‘ib olish uchun har sog‘ish oldidan ularning yelini
yaxshilab tozalanadi.
Sut sog‘uvchilar maxsus kiyim-bosh, qo‘l yuvgich, sochiq va sovun bilan
ta’minlanadi.
Fermer xo‘jaligidagi barcha hayvonlar yuqumli kasalliklarga qarshi kurash
rejasiga binoan kasalliklarni oldini olish maqsadida emlanadi.
Fermada vaqti-vaqti bilan dezinfektsiya va dezinsektsiya (hashoratlarga qarshi
kurash) ishlari o‘tkaziladi. Pashshalarga qarshi kurash profilaktik va qirish maqsadlarida
o‘tkaziladi.
Fermer xo‘jaligi mol va parrandalarini sog‘ligini ta’minlash maqsadida turli
yuqumli va gijja kasalliklarini oldini olish maqsadida barcha ferma mutaxassisi va
ishchilar grafik asosida yiliga 2 marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, kasal yoki kasallikga
gumon qilingan xodimlar ishga qo‘yilmaydi.
18.4-rasm.
Nazorat savollar
1. Nima uchun chorvachilik fermalarida veterinariya-sanitariya ishlari olib
boriladi?
2. Dezinfektsiya haqida ma’lumot bering?
3. Dezinsektsiya haqida ma’lumot bering?
4. Derotizatsiya haqida ma’lumot bering?
5. Dezinfektsiyalashda qanday mashina va jihozlardan foydalaniladi?
6. Derotizatsiyani o‘tkazishda qanday kimyoviy priparatlardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |