120
20
-
MA’RUZA
GLITSERIN IShLAB ChIQARISh TEXNOLOGIYASI
Reja: Texnik glitserin olinishi. Uzluksiz ishlaydigan “Pod’yomnik” rusumidagi
qurilmaning texnologik sxemasi. Distillangan glitserin olinishi. Glitserinni
distillyasiya qilish qurilmasining texnologik sxemasi.
Distillangan glitserinni oqlash.
Texnik glitserinning olinishi. Konsentratsiyasi 86-88% bo‘lgan xom glitserin
olish uchun, tozalangan glitserinli suv bug‘latiladi (konsentrlanadi). Bug‘latilganda
suv bug‘lari bilan qisman glitserin ham haydaladi. Bu yo‘qotish miqdori glitserin
konsentratsiyasini va haroratni oshib borishi bilan ko‘payadi. Haroratning o‘ta
yuqorilab ketishi glitserinning termik parchalanishiga, chiqayotgan mahsulot
miqdorining kamayishiga va rangini xiralashishiga olib keladi. Yuqori
konsentratsiyali glitserin eritmasi o‘ta qovushqoq bo‘ladi, shuning uchun bug‘latish
jarayonida intensiv sirkulyasiya qo‘llaniladi. Glitserinni bug‘lanib ketishi va termik
parchalanishni oldini olish uchun glitserinli suvni bug‘latish, vakuum ostida va
suyuqliklarni sirkulyasiyasi bilan vakuum-bug‘latish qurilmalarida amalga oshiriladi.
Bug‘latish jarayonida glitserin kuchli ko‘piklaydi, hosil bo‘lgan ko‘pik
vakuum sistemaga so‘rib olinishi natijasida ko‘p glitserin yo‘qotiladi. Shuning uchun
glitserinli suvni konsentrlash uchun faqat vertikal va yetarli bug‘ bo‘shlig‘iga ega
bo‘lgan apparatlardan foydalaniladi. Yog‘-moy korxonalari- da har-xil konstruksiya
va o‘lchamdagi vakuum apparatlar ishlatiladi. Ko‘pincha alohida isitgichli, bir yoki
ko‘p korpusli qurilmalardan foydalaniladi.
Iqtisodiy jihatdan eng samarador uskuna uzluksiz ishlaydigan bir necha
korpusli bug‘latish qurilmalari hisoblanadi. Bu apparatlarni afzalligi shundaki, bir
korpusdan chiqqan ikkilamchi bug‘ keyingi korpus uchun isituvchi bug‘ vazifasini
o‘taydi. Bu, o‘z navbatida bug‘ sarfini tejalishiga olib keladi.
Glitserinli suvda 10-25% glitserin bo‘ladi. 86-88% konsentratsiyali texnik
glitserin olish uchun glitserinli suv bug‘lantiriladi. Bug‘lanish vakuumda va vakuum
bug‘latuvchi apparatlarda suyuqlikni intensiv sirkulyasiyasi ostida olib boriladi.
Yog‘ sanoatida turli konstruksiyadagi va kattalikdagi vakuum-bug‘latuvchi
apparatlar ishlatiladi. Isitkichli vakuum-bug‘latuvchi apparatlar keng tarqalgan. Bu
apparatlar bitta korpusli va ko‘p korpusli bo‘ladi.
Yog‘ sanoatida ikki korpusli «Pod’yomnik» rusumdagi apparat keng
tarqalgan. U ikkita korpusdan iborat bo‘lib, har bir korpus isitgich va bug‘latgichga
ega, birinchi korpus atmosfera bosimida ishlasa, ikkinchi korpus esa 650-680 mm
simob ustuniga teng vakuumda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: