17.21-rasm. (A)-birinchi tip og‘ir emas, (D) – birinchi tip og‘ir
(С) – ikkinchi tip (kamyob) (D) – uchinchi tip
II tip klapanlari o‘ta kamyob. Ular ham sog‘lom o‘g‘il bolalarda, ham klapan
uretrasi bo‘lgan bemorlarda uchraydigan urug‘ bo‘rtishchasi yuqori cheti va siydik
pufagi bo‘yinchasi orasidagi qatlamni o‘zida namoyon etadi. II tip klapanlari
uretra obstruksiyasini kamdan kam chaqiradi.
III tip klapanlari lokallashuvi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha unchalik bir xil
emas. Ular odatda urug‘ bo‘rtishchasi darajasida membranasimon hosilani o‘zida
namoyon etadi, biroq boshqa joyda ham, masalan uretraning old sirtida, tashqi
uretral sfinkterdan distalroq joyda uchrashi mumkin. Uretra old bo‘limi
obstruksiyasining yana bir ko‘rinishiga distal cheti siydik oqimiga to‘sqinlik
qilishi mumkin bo‘lgan divertikuli ham olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |