O’zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti
Respublika byudjeti
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti,
Toshkent shahar va viloyatlar mahalliy
byudjetlari
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
umumrespublika byudjeti
Qoraqalpog’iston
Respublikasi tarkibidagi
tumanlar va shaharlar
byudjeti
Toshkent shahri
umumshahar byudjeti
Toshkent shahri
tarkibidagi tumanlar
byudjeti
umumviloyat
byudjetlari
Viloyatlar
tarkibidagi tumanlar
va shaharlar byudjeti
8
foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga Davlat
byudjeti deyiladi
18
.
Davlat byudjeti ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining bir qismini
ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot yoki
milliy daromadning bir qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalari,
jumladan iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot,
boshqaruv va mudofaaning rivojlanishiga yo’naltirish imkonini beradigan
taqsimlash vositasidir.
Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat (hukumat) barcha moliyaviy
munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning
moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi roli faqat
byudjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Turli ma’muriy-hududiy byudjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning
barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya
qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi.
Bir vaqtning o’zida byudjet resurslarini shakllantirish va ulardan
foydalanishda demokratizm ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining
barcha organlari o’zlarining byudjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular
o’zlariga tegishli bo’lgan byudjet huquqlaridan foydalanadilar.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy instrumenti
(vositasi) sifatida Davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Agar moliya
yordamida taqsimlash qiymatning shakllari o’zgargan sharoitda va ko’plab oldi-
sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning Davlat
byudjeti orqali taqsimlanishi, ma’lum darajada, har doim almashuvdan ajralgan
holda sodir bo’ladi. Qiymatning Davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy
mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat
18
Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007
yil
9
Davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda yana taqsimlash
va almashuv operatsiyalarining qo’shilib ketishi sodir bo’ladi
19
.
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu uch
bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu narsa ularning
nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul
mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida jamlash sodir bo’ladi. Ana shu
asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar
o’rtasida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan,
majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlari-ning
xarakterli xususiyati shundan iboratki, byudjetga tushuvchi mablag’lar
alohidalashgan bo’lib, hali ular qat’iy aniq cheklanmagan. Ularning barchasi
hozircha yagona maqsadga – umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga –
yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan
fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda bar-ham beriladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va ma’lum
maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni
umumdavlat pul fondini bo’lishning murakkab taqsimlanish jarayoni amalga
oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy bo’linmalardan ajralgan ichki
byudjet jarayonidek ko’rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy
munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi
barcha sub’ektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi har bir
ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun bu bosqichda ana
shu byudjetlarning umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
U yoki bu byudjetning xarajatlari joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos
kelmasligi oqibatida ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati
vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslash-tirish zarurdir. Shunday qilib,
murakkab taqsimlash jarayoni sodir bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy
19
Malikov T., Haydarov N., Davlat byudjeti, o’quv qo’llanma, TMI, T: “Iqtisod moliya”, 2007yil
10
bo’linmalarining barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini
berishsa, boshqalari esa byudjet mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.
Uchinchi
bosqichda
byudjet
fondlari
hududlar
va
maqsadga
mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hollarda, bir
mulkchilik shakli doirasida byudjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish
sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda sarflanishi esa byudjetli taqsimlash jarayonining
oxirgi bosqichida byudjet mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston respublikasi byudjet tizimining o’ziga xos xususiyati shundaki,
moliyaviy muassasalar byudjetni boshqarish tizimining yagona moliya organi
sharoitida amal qiladi.
Har qaysi byudjetning bo’ginlari o’ziga xos daromad vakolati va xarajat
majburiyatlariga ega bo’lib ular bir butun davlat byudjeti vazifalarini bajarishga
asoslanadi.
Keyingi yillarda davlat byudjeti tarkibida mahalliy byudjetlarning
islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyatini oshib borish tendentsiyasini
kuzatishimiz mumkin. Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet
tizimining
asosiy
kismi
sifatida
o’zida 14 ta mustaqil byudjetni
mujassamlashtiradi.
Moliyaviy resurslarni byudjet orqali birlashtirish davlat moliya siyosatini
muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini beradi. Byudjet orqali markazlashgan pul
resurslarini to’plash va davlat organlari tomonidan belgilangan maqsadlarga
xarajatlar amalga oshiriladi. Bu byudjet orqali daromadning ma’lum qismini
to’plash va uni qayta taqsimlashni bildiradi. Shuning bilan moliya tizimining
taqsimlash funktsiyasi amalga oshiriladi.
Respublika va mahalliy davlat organlari byudjet munosabatlari orqali
taqsimlangan daromadni o’z ixtiyorga oladi va aniq belgilangan maqsadlarga
yo’naltiradi.
Byudjet moliya resurslarini kerakli soha va byudjet moliya resurslarini
kerakli soha va yo’nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy
siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
11
Bunda byudjet resurslarining daromad qismi bo’yicha shakllanishi, undan
samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funktsiyalari orqali
byudjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yul bilan
byudjet
davlat
daromadlari
va
xarajatlarini
rejalashtiruvchi
moliyaviy
munosabatlarni bildiradi.
Byudjet-soliq siyosatini oqilona yo’nalish ishlab chiqish va uning samarali
ijrosini ta’minlash, eng avvalo, byudjet daromadlarini aniq va sifatli rejalashtirish
bilan bog’liq. Byudjet daromadlarini rejalashtirishning ahamiyati to’g’risida
kengroq to’xtaladigan bo’lsak, quyidagilarni ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq
20
:
XX asrning yetuk iqtisodchilaridan biri D. Keyns nazariyasiga
muvofiq, iqtisodiyotda davlatning rejalashtirilgan xarajatlari mamlakat yalpi ichki
mahsulotini oshirishdagi asosiy manbalardan biridir. Davlat xarajatlarining rejasi
esa byudjet daromadlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liq;
soliq va bojxona siyosati yo’nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek,
ularni asoslash byudjet daromadlarini rejalashtirish orqali amalga oshiriladi;
davlatning uzoq muddatli xarajatlarini (jumladan, investitsiyalarni)
samarali va oqilona amalga oshirish davlat ixtiyoriga moliyaviy mablag’larning
barqaror ravishda kelib tushishini talab etadi. Bu esa o’z navbatida byudjet
daromadlarini rejalashtirishga alohida e’tibor qaratishni talab etadi;
byudjet daromadlarini rejalashtirish rivojlanayotgan mamlakatlarda
soliq ma’murchiligini yaxshilashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadip.
Bu boradagi adabiyotlar sharhi shuni ko’rsatadiki, xorijiy olimlar va
mutaxassislar ham byudjet daromadlarini rejalashtirish moliyaviy siyosat
yuritishda asosiy omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tishgan. Xususan, Xalqaro
valyuta jamg’armasi mutaxassislari Stefan Danninger, Marko Kangiano va Annette
Kyobelarning qayd etishicha, byudjet daromadlari rejasini qayta ko’rib chiqish
byudjet xarajatlari va boshqaruvda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi,
moliyaviy siyosatga ishonchni yo’qotadi. Shuningdek, S.G. Ayupova iqtisodiyotni
20
Usmonov Q.A, Byudjet daromadlarini rejalashtirish jarayoni, usullari va ularni
takomillashtirish yo’nalishlari, “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 4, iyul-avgust, 2014 yil
12
samarali boshqarishda byudjet daromadlari rejasining roli katta ekanligi to’g’risida
xulosaga kelgan.Umuman olganda, iqtisodiy adabiyotlar mazkur masalaga
bag’ishlangan ko’plab ilmiy ishlar va maqolalar mavjud bo’lib, ularda byudjet
daromadlarini rejalashtirish atroflicha o’rganilgan va muhim ahamiyatga
ekanligiga
baho
berilgan.
Joriy
yilda
byudjet
daromadlari
to’g’ri
rejalashtirilmaganligi oqibatida Bolgariyada va Ukrainada tasdiqlangan byudjet
qayta ko’rib chiqilayotganligi va bu bilan bog’liq qator muammolar yuzaga
kelayotganligi ushbu fikrimizning yana bir tasdig’idir
21
.
Byudjet
daromadlarini
rejalashtirishni
nazariy
jihatdan
iqtisodiy
modellashtirish deb atash mumkin. Taniqli iqtisodchi olim N.G. Menkyu
tomonidan tayyorlangan iqtisodiy modelning umumiy ko’rinishi asosida muallif
tomonidan ishlab chiqilgan 2-rasm orqali byudjet daromadlarini rejalashtirish
modelining umumiy ko’rinishini kuzatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |