O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari uch-



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari uch-
ramagan manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar 
va hayvonlar tasvirlangan naqshlar kirib kela boshladi.
Yakunlarni chiqaramiz!

 Sitorai Mohi Xosa – Buxoro amirining yozgi qarorgohi.

 Nurullaboy  saroyi  –  Sharq  va  G‘arb  an’analari  asosida  bunyod  etil-
gan.

 Buxoro va Xiva xonliklari – me’morchilikning o‘ziga xos uslublari.

 Naqsh amaliy san’ati markazi Buxoro edi.
Savol va topshiriqlar
1. 
XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida  Turkiston  me’morchiligida  qanday 
o‘ziga xoslik kuzatildi?
2.
  Buxoro va Xivadagi me’morchilik maktablari uslublarini farqlab bering.
3. 
Farg‘ona  vodiysida  qachondan  Yevropa  me’morchiligi  an’analari  ku-
chaydi?
4. 
G‘arb va Sharq an’analari uslubida qurilgan inshootlarni sanab bering.
5. 
Turkiston  tasviriy  san’atida  mustamlaka  sharoitida  qanday  o‘zgarishlar 
yuz berdi?
?
?
http://eduportal.uz


155
X U l O S A
XVIII  asrda  uch  xonlikdagi  o‘zaro  urushlar,  ichki  nizolar  va  paro-
kandalik  yurtimizni  egallash  uchun  istilochilarga  qulay  zamin  yaratdi. 
Natijada  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  Rossiya  imperiyasi  Turkiston 
xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati o‘lkani siyosiy-
hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xal-
qini ma’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati to-
monidan  joriy  qilingan  siyosiy  tuzum  o‘lkada  mustamlakachilik  hukm-
ronligini qaror toptirishga va o‘zbek milliy davlatchiligini yo‘q qilishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 
Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixiy murakkab 
va  hal  qiluvchi  burilish  pallasida  har  qanday  millat  va  elat  o‘z  ahilli-
gi  va  birdamligini  saqlab,  o‘z  milliy  manfaatlari  yo‘lida  qat’iyat  bilan 
turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda 
o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan 
judo bo‘lishi shubhasizdir.
Darhaqiqat,  Rossiya  imperiyasining  istilosi  ko‘pgina  sabablar  bilan 
bir qatorda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, 
davlat hukmdorlarining uzoqni ko‘rishga qodir emasligi, ma’naviy-ruhiy 
ojizligi oqibatida ro‘y berganini ko‘plab tarixiy misollar asoslab turibdi. 
Bu achchiq bo‘lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta 
umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz, yosh avlodga doimo saboq 
bo‘lishi lozim.
Mustamlaka  yillarida  xomashyoni  qayta  ishlash,  tog‘-kon  sanoati, 
paxtachilik  sanoati,  temiryo‘l  transporti  va  boshqa  tarmoqlar  Rossiya 
imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta’minlashga mo‘ljallangan edi. Ana shu 
korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko‘rish 
va ishlab chiqa rishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi.
Rossiyadan  keltirilgan  sanoat  tovarlari  bilan  raqobat  tufayli  Turkis-
ton hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa 
o‘z navbatida o‘lkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada 
kuchaytirdi.
http://eduportal.uz


156
O‘zbekistonning  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  1998-yil  bir 
guruh  ziyolilar  bilan  uchrashuvida  Turkistonda  Rossiya  imperiyasi 
o‘tkazgan  mustamlakachilik  siyosatining  oqibatlarini  xolisona  yoritish 
vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har 
tomonlama  mudhish,  chetdan  qaraganda  xalqimiz,  uning  ma daniyati, 
milliy  tafakkuri,  urf-odatlari,  turmush  tarzi,  hech  bir  mubolag‘asiz  ay-
tish  mumkinki,  nasl-nasabi  yo‘q  bo‘lib  ketishi  kerak  bo‘lgan  sharoitda 
baribir,  qator  yo‘qotishlar  bilan  bo‘lsa  ham,  millatimiz  o‘zligini  saqlab 
qoldimi yo yo‘qmi?»
a
lbatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchi-
lar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustam-
lakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qad-
riyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini 
o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar. 
Mustamlaka  davrida  ham  mamlakatimiz  to‘la-to‘kis  dunyo  sivili-
zatsiyasidan  ajralib  qolmadi.  Rossiya  imperiyasi  manfaatlariga  xizmat 
qilsa-da,  turli  zavod  va  fabrikalar,  banklar,  tijorat  tashkilotlari  hamda 
temiryo‘l kirib keldi.
Darhaqiqat,  mustamlakachilik  sharoitida  ham  ota-bobolarimizning 
erkinlikka,  taraqqiyot  va  istiqlolga  bo‘lgan  azaliy  intiqlik  kayfiyati 
so‘nmadi. Xal qimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va 
ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada 
O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish