O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/201
Sana05.09.2021
Hajmi6,21 Mb.
#165323
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   201
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

1916-yil  Qo‘qon  shahrida  Hamza  rahbarligida 
havaskorlar teatri tashkil etildi. Unda namoyish etil-
gan birinchi spektakl Hamzaning «Zaharli hayot yo-
xud ishq qurbonlari» pyesasi bo‘ldi. Bu pyesa o‘zbek 
teat ri shakllanishida ham, o‘zbek dramaturgiyasi vu-
judga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. Te-
atr chuqur mazmunli, ijtimoiy ahamiyatga molik ho-
Jadid teatrining
vujudga kelishi
Hamza Hakimzoda
Niyoziy
Abdulla Avloniy
http://eduportal.uz


147
disaga aylandi. 1916-yildan hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uyg‘ur 
va o‘zbek teatrining birinchi aktrisasi Ma’suma Qoriyeva san’atga ilk qa-
damini tashladi. Shu tariqa asta-sekin Andijonda, Xivada, Buxoroda ham 
dastlabki milliy teatrlar tashkil topa boshladi. Buxoro shahridagi teatr ning 
tashkil etilishida Mannon Uyg‘urning xizmatlari beqiyos edi.
Teatrlarda  katta  ijtimoiy  va  axloqiy  muammolarga  daxldor  mavzular 
sahnalashtirildi. Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi g‘oyalar, 
tomoshabinlarda  e’tiroz  va  norozilik  hissini  qo‘zg‘atuvchi  spektakllar 
namo yish  etildi.  O‘zbek  teatri  –  o‘zbek  milliy  madaniyatining  ajralmas 
qismiga aylandi. Teatr spektakllari, o‘ziga xos va iste’dodli aktyorlar ijrosi 
o‘zbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyat larini namoyish etdi.
Xudoybergan  Devonov  1878-yilda  tug‘ilgan.  Bolaligidan  bilimga 
chanqoqligi  va  ijodiy  iste’dodi  bilan  ajralib  turgan.  U  arab,  fors  va  rus 
tillarini o‘rgangan. Qiziquvchan o‘smir nemis tilini o‘rgana boshlagan va 
bu kelgusida uning taqdirini belgilab bergan.
Gap  shundaki,  XIX  asr  oxirida  Xorazmning  o‘sha  paytdagi    hukm-
dori  Muhammad  Rahimxon  II  nemis-mennonitlarning  bir  necha  oilasiga  
o‘lkada yashashiga ruxsat bergan. Ularning eng yoshi  ulug‘i Vilgelm Pen-
ner yoki mahalliy odamlarning tili bilan Panor buvada qiziquvchan  Xu-
doybergan  bi rinchi  marta  fotoapparatni  ko‘rgan  va  undan  foydalanishga 
ruxsat so‘ragan. Keyinchalik Panor buva shogir-
dining muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lib, unga 
fotoapparatni sovg‘a qilgan.
Shunday  qilib,  1903-yilda  Xudoybergan 
Devonov  Xivaning  minoralari  va  hamyurtla-
rini  suratga  ola  boshlagan.  Avvaliga  bu  diniy 
ulamolar ning qattiq qarshiligiga uchragan. Biroq 
fotosuratchini  har  qanday  yangilikka  qiziqqan 
Muhammad Rahimxon II o‘z himoyasiga olgan. 
U nafaqat xon, balki iste’dodli shoir va bastakor 
sifatida tarixda qolgan. Hukmdor Xudoybergan-
ga o‘zining suratini olishni buyurgan, keyin esa 
uni o‘z devoniga ishga taklif qilgan.
An’anaviy  xalq  og‘zaki 
musiqali  asarlari  asrlar 
davomida saqlanib keldi. Xalq musiqa san’atida 
terma,  qo‘shiq,  lapar,  yalla,  ashula  keng  tarqal-

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish