E nuritdinov


Hazm  tizimining  boshqarilish  qismi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/158
Sana04.09.2021
Hajmi0,91 Mb.
#164576
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

        Hazm  tizimining  boshqarilish  qismi.Hazm  tizimining  boshqarilish  qismiga: 
mahaliiy  va  markaziy  tizimi  kiradi.  Mahaliiy  boshqarish  enteral  asab  tizimi 
(metasimpatik  asab  tizimining  bir  qismi)  va  ma'da-ichak  yo'lining  endokrin  diffuz 
(aralash)  tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.  Hazm  tizimining  boshqarilishi  markaziy 
asab tuzilmalari: orqa miya, miya ustuni, gipotalamus, bosh miya po'stlog'i va boshqa 
hazm markazlariga mansub bo'lgan tizimlar orqali amalga oshiriladi. 
Hazm markazi me'da-ichak faoliyatini uyg'unlantirishdan tashqari ovqat xulq-atvorni 
ham boshqara oladi. Ovqat xulq-atvorning shakllanishi gipotalamus, limbika va bosh 
miya yarim sharlari po'stlog'i orqali boshqariladi. Mahaliiy va markaziy boshqarilish 
o'rtasida,  me'da-ichakyo'lidan      va      markaziy      asab      tizimidan      tashqarida   
joylashgan   simpatik tugunlar muhim rol o'ynaydi. 
Enteral  asab  tizimi  --  ko'pgina  mikroganglionar  (kichik  tugunlar)  tuzilmasining 
yig'indisi bo'lib, me'da-ichak devorida joylashgan va metasimpatik asab tizimining bir 
qismi  hisoblanadi.  Me'da-ichak  yo'lining  boshqariluvida  mushaklararo  (mienteral), 
Auerbax va Meyssner asab tolalari muhim rol o'ynaydi. Ularning tarkibida sezuvchi 
(sensor), effektor va interneyronlar hamda sinapslar mavjud. 
Sut  emizuvchi  hayvonlar  va  odamda  me'da-ichak  neyronlarning  miqdori  orqa  miya 
neyronlarining miqdoriga teng. 
Me'da-ichak  yo'lida  o'z  funksiyalarini  bajarib,  ko'pgina  funksional  jarayonlarni 
yuzaga  chiqaruvchi  neyropeptidlar  .ham  mavjud.  Ularga;  xolesistokinin,  gastrin-
chiqaruvchi  peptid,  R  moddasi.  enkefalin,  neyrotenzin,  dermorfin,  bombezin  va 
endorfinlar  kiradi.  Hozirgi  kunda  enteral  asab  tizimi  neyronlarida  atsetilxolin  va 
noopioid neyropeptidlar borligi aniqlangari; 
Funksional 
nuqtayi 
nazardan 
enteral 
asab 
tizimining 
neyronlari 
qo'zg'aluvchi 
va 
tormozlovchi 
bo'ladi. 
Asosiy 
qo'zg'aluvchi 
neyronlarga 
xolinergik  neyronlar  kiradi.  Tormozlovchi  neyronlarga  esa  xolinergik  asab 
hujayralariga  bevosita  ta'sir  qiluvchi  adrenergik  neyronlar  kirib,  efektor 
hujayralarni 
faollashtiradi. 
Bugungi 
kunda 
tormozlanish 
jarayonlarida 
peptidergik 
neyronlar 
(masalan, 
vazoaktiv 
intestinal 
peptid) 
qatnashadi 


 
75 
degan ma'lumotlar ham yo'q emas. 
, , 
Diffuzion  endokrin  tizimi.  Me'da-ichak  yo'lida  neyronlar  to'ridan  tashqari  yana 
endokrin  hujayralari  borligi  aniqlangan.  Ular  me'da-ichakning  shilliq  pardasida  va 
me'da  osti  bezida  joylashib,  monoaminlar  va  peptid...  tabiatli  moddalarga  boy. 
Endokrin  hujayralarning  me'da-ichak  yo'llari  bo'ylab  tarqalganligi  sababli  ularning 
yig'indisini difiuzion endokrin tizim deyiladi. Shu hujayralarga o'xshagan elementlar 
o'pkada, terida, qalqonsimon bezda, gipofizda, buyrak usti bezining mag'iz qavatida, 
simpatik  tugunlarda  ham  topilgan.  Biroq,  hujayralarning  miqdori  va  ularning 
tarqalganligi bo'yicha me'da-ichak tizimi birinchi o'rinda turadi. 
Bunday  hujayralarning  asosiy  tiplari  va  ularning  peptidlari  .quykla  keltirilgan. 
Ularning  bir  xili  yulduzchalar  bilan  belgilangan,  qaysiki  peptidlarga  o'xshaydi  va 
enteral  asab  tizimi  tarkibiga  kiradi.  Ba'zi  hujayralarda  (EC,,  EC2)  peptidlardan 
tashqari  serotonin  ham  topilgan.  Me'daning  shilliq  pardasidagi  ba'zi  hujayralarida 
gistamin ham bor. 
Me'da-ichak  yo'li  bo'shlig'ida  joylashgan  endokrin  hujayralardan  mexanik  yoki 
kimyoviy ta'sirlanish natijasida hamda asosiy boshqaruvchi neyropeptidlarning ta'siri 
ostida  gastrointestinal  gormonlar  ajralib  chiqadi.  Bunday  ta'sirlanish  ikki  yo'l  bilan: 
endokrin va parakrin yo'llari orqali amalga oshadi. Endokrin yo'li bilan fiziologik faol 
modda hujayradan chiqib qon kapillarlariga tushadi, jigarning portal (darvoza) tizimi, 
kichik  qon  aylanish  doirasi,  keyinchalik  katta  qon  aylanish  doirasidan  o'tib,  katta 
arterial  qon  orqali  nishon-hujayraga  ta'sir  etadi.  Parakrin  yo'li  bilan  hujayralararo 
bo'shlig'ida ajralgan modda qon aylanish tizimiga tushmasdan bevosita yonida yotgan 
nishon-hujayraga  ta'sir  etadi.  Me'da-ichak  funksiyalarini  boshqarilishida  E  va  F 
guruhdagi prostoglandinlar muhim ahamiyatga ega. 
Ovqatning   fizikaviy   o'zgarishlari 
uning        mexanik        ishlanishi,  maydalanishi, 
aralashishi va eruvchanligi oshishidan iborat. 
Kimyoviy  o'zgarishlari  deganda  esa  oqsillar,  yog'lar  va  karbonsuvlarning  gidroliz 
yo'li  bilan  parchalanishi  bunda  yuz  beradigan  ketma-ket  bir  qancha  bosqichlar 
tushuniladi. Ovqatning kimyoviy o'zgarishlari qator gidrolitik fermentlar ta'sirida ro'y 
beradi. Bu fermentlar uch guruhga bo'linadi: 1) oqsillarni parchalaydigan fermentlar 
proteazalar;  2)  yog'larni  parchalaydigan  fermentlar  lipazalar;  3)  uglevodlarni 
parchalaydigan fermentlar - karbogidrolazalar. 
Fermentlar hazm bezlarining sekretor hujayralarida hosil bo'lib, so'lak, me'da, me'da 
osti bezi va ichak shiralari tarkibida hazm yo'llariga kiradi. Ovqat moddalarining har 
bir  turiga  turli  fermentlar  ketma-ket  (ba'zilari  oldin,  ba'zilari  keyin)  ta'sir  etadi, 
natijada  oziqa  moddalar  ma'lum  ketma-ketlikda  tobora  oddiy  kimyoviy 
birikmalargacha parchalana boradi. Shunday qilib, organizmning tirikligi uchun zarur 
bo'lgan  barcha  oddiy  moddalar  tashqi  muhitda  murakkab  birikmalar  -  oqsil, yog' va 
karbonsuvlar shaklida uchraydi. Bu moddalar hazm tizimiga tushib, murakkab hazm 
jarayonlarida  parchalanadi  va  keyinchalik  qonga  so'riladi.  Ovqat  moddalarining 
organizmga  muntazam  kirib  turishi,  o'zgarishi  va  o'zlashtirilishi  organizm 
tuzilmalarini  va  ularning  tiriklik  faoliyatini  bir  butun  qilib  turishga  imkon  beradi. 
Ovqat moddalari organizmga so'rilgandan keyin hujayralar va to'qimalarning tuzilishi 
va  energiya  berish  uchun  sarf  etiladi.  Oqsillarning  parchalanish  mahsulotlari 
(aminokislotalar va past molekulali peptidlar), yog'larning parchalanish mahsulotlari 
(diglitseridlar  va  monoglitseridlar,  glitserin,  yog'  kislotalar)  va  karbonsuvlarning 


 
76 
parchalanish  mahsulotlari  (poll  -  va  monosaxaridlar,dekstrina,  disaxaridlar  va 
monosaxaridlar)  shunday  moddalar  jumlasiga  kiradi.  Faqat  suv,  mineral  tuzlar  va 
ovqatdagi ba'zi organik birikmalar o'zgarmasdan qonga so'riladi. 
Barcha  tirik  organizmlar  moddalar  almashinuvining  turiga  qarab,  ikki  guruhga  - 
avtotrof va geterotrof organizmlarga bo'linadi. Agar avtotrof organizmlarga ko'pincha 
o'simliklar  kirsa,  geterotrof  organizmlarga  hayvonlar  kiradi.  Hayvonlar  ovqatlanishi 
uchun zarur bo'lgan organik moddalardan - oqsil, yog' va karbonsuvlarni tayyor holda 
tashqi muhitdan oladi. Hayvon va odam organizmida bu murakkab organik moddalar 
hazm  jarayoni  orqali  oddiy  organik  moddalarga  aylanadi,  ulardan  keyinchalik 
organizmning o'ziga xos bo'lgan murakkab organik moddalar hosil bo'ladi. 
Hazm a'zolari sekretor funksiya bilan bir qatorda ekskretor funksiyasini ham o'taydi, 
ya'ni modda almashinuvining ba'zi mahsulotlari (masalan, o't pigmentlari) ni va og'ir 
metallarning  tuzlarini  organizmdan  chiqarib  tashlaydi.  Rus  olimi  I.P.Rozenkov 
fikricha, hazm a'zolarining ekskretor funksiyasi yana shu yo'sinda namoyon bo'ladiki, 
bu  tizimda  picha  miqdorda  oqsillar  ishlab  chiqariladi,  ular  keyinchalik 
aminokislotalargacha  parchalanadi  va  bu  aminokislotlar  esa  qonga  so'rilib,  tegishli 
hujayralarda boshqa oqsillarning sintezlanishida ishtirok etadi. 
 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish