3. Bemor bilan ishonchli aloqa o‘rnatishga harakat qiling.
Bemorga ismi sharifi bilan murojaat qiling. Suhbat boshida
chalg‘ituvchi mavzularda 5 daqiqalarcha so‘zlashing. Agar siz tik
turgan bo‘lsangiz bemor o‘zini yordamsiz, ilojsiz his qilishi mum-
kin. Buning aksi bo‘lganda bemor sizning imkoniyatlaringizga
ishonishi qiyin bo‘ladi. Bemor so‘zlarini diqqat bilan tinglang.
67
Nigohingiz bemorda bo‘lsin. Suhbat davomida sabab topib,
uni rag‘batlantiring. Keyinchalik bemor davolashida yordam
beradigan ma’lumotlarni olishga harakat qiling.