Tegish, silab - siypalash bilan bog‘liq muammolar. Silab -
siypalash – bola hayotidagi muloqotning eng sodda ko‘rinishi
bo‘lib, insonning butun umri davomida noverbal muloqotning
ajralmas qismi sifatida ahamiyat kasb etadi. Teginish, silab-
siypalash bir vaqtning o‘zida kishilarda ham ijobiy, ham salbiy
hissiyotlarni uyg‘otishi mumkin. Bu insonning axloqiy qadriyat-
larga, yoshiga va yetuklik darajasiga bog‘liqdir.
Xorijiy ilmiy asarlarda silab-siypalash o‘tkir va surunkali
og‘riqlarni yengillashtiruvchi, tug‘ruq vaqtini qisqartiruvchi,
asoratlarni kamaytiruvchi ta’sirga egaligi qayd etilgan. Shu bilan
birga silab - siypalash insonning shaxsiy kengligini buzish kabi
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |