S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari


BEMORLARNI PARVARISHLASH MODELLARI



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/179
Sana04.09.2021
Hajmi1,88 Mb.
#164258
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179
Bog'liq
Bairova-BEMORLAR BILAN ISHLASH

BEMORLARNI PARVARISHLASH MODELLARI 
 
XX asr boshlariga kelib, shifoxonalarda tibbiy xodimlarning 
yetishmasligi,  parvarish  ishlarining  qoniqarli  emasligi,  tibbiyot 
xodimlarni  tayyorlash  va  o‘qitish  talab  darajasida  emasligi 
bemorlarni  parvarish  qilish  haqidagi  fikrlarni  yanada  boyitish 
kerakligini  ko‘rsatib  berdi.  Ana  shu  maqsadda  bemorlarni 
parvarish  qilish  maqsad  va  vazifalarini,  parvarish  qiluvchini 
faoliyat  doirasini  belgilab  beruvchi  bemorlarni  parvarishlash 
modellari yaratila boshlandi. 
Model – andoza biror g‘oyani bajarish uchun namuna. Be-
morlarni  parvarishlash  modeli  qo‘yilgan  maqsadga  yo‘naltiruv-
chidir.  Bemorlarni  parvarishlash  ishini  rivojlanishida  modellar-
ning  ahamiyati  juda  katta.  Ular  tibbiyot  xodimi  faoliyatiga 
boshqacha  nazar  solishga  imkon  beradi.  Bemorlar  parvarishi 
modeli biror parvarishni amalga oishrayotgan tibbiyot xodimiga 
o‘z  fikrini  jamlashga,  parvarishni  qay  yo‘sinda  tashkil  etishga 
yordam  beruvchi  vosita  bo‘lib  xizmat  qiladi. Hozirgi  kunda  bir 
qancha  mualliflar  taklif  etgan  modellardan  foydalaniladi.  Ular-
dan  eng  ommalashgani  Virjiniya  Xenderson  modelidir.  Bu 
model  amerikalik  hamshira  V.Xenderson  tomonidan  yaratilgan 
bo‘lib,  biologik,  psixologik  va  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirili-
shiga  qaratilgan.  Ushbu  model  asosida  parvarishni  rejalashti-
rishda  va  amalga  oshirish  davrida  bemor  ishtiroki  zaruriyligi 
ko‘rsatilib o‘tilgan.  
V.Xendersonning  fikricha  odam  sog‘lom  yoki  bemor  bo‘li-
shidan qat’i nazar, asosiy ehtiyojlarga ega. Ular: 
1.  Normal nafas olish. 
2.  Kerakli miqdorda suyuqlik va ovqat iste’mol qilish. 
3.  Fiziologik chiqindilarni chiqarish. 
4.  Harakat qilish va kerakli holatni egallash. 
5.  Uxlash va dam olish. 
6.  Mustaqil  yechinish  va  kiyinish,  mavsumga  qarab  kiyim 
tanlash. 
7.  Tana haroratini normal saqlash. 
8.  Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish. 
9.  Boshqalarga  xavf  tug‘dirmasdan  o‘z  xavfsizligini  ta’-
minlash. 


54 
10.  O‘z fikri va hissiyotlarini bildirib boshqalar bilan mulo-
qotga kirishish. 
11.  O‘z e’tiqodiga mos diniy marosimlarda ishtirok etish. 
12.  Sevgan ishi bilan shug‘ullanish. 
13.  Ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etib, dam olish. 
14.  Normal rivojlanishga yordam beruvchi qiziquvchanlikni 
qondirish.  
Hamma  ehtiyojlarni  qondirish  va  bemor  to‘laligicha  o‘ziga 
xizmat  qilishiga  erishish  maqsadida  tibbiy  xodim  oldiga  uzoq 
muddatli  maqsad  qo‘yadi  (qisqa  muddatli  va  oraliq  maqsadlar 
faqat  shoshilinch  holatlarda  qo‘yiladi).  Buzilgan  ehtiyojlarni 
aniqlab  olgach,  bemor  bilan  parvarish  shart  -  sharoitlarini 
aniqlab olinadi. 
Parvarish bemor salomatligini tiklash va tibbiy xodim oldiga 
qo‘ygan  maqsadga  erishishidan  iborat  bo‘ladi.  Bemorlar 
parvarishi  iloji  boricha  uning  mustaqil  ehtiyojlarini  qondirishga 
qaratiladi. Bemor ehtiyojlarini qondirishni tibbiy xodim shifokor 
ko‘rsatmalarini  bajarish  bilan  birga  olib  boriladi.  Parvarish 
natijalariga  baholashni  buzilgan  ehtiyojlarni  qondirilganligini 
aniqlashdan  boshlanadi.  Agar  qo‘yilgan  maqsadga  erishilmagan 
bo‘lsa, parvarish rejasini yangilanishi maqsadga muvofiqdir.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish