b) psixologik (ruhiy) ehtiyojlar – deganda inson hayot fao-
liyati davrida shakllangan va insonning shaxsiy fazilatlarini
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi. Jismoniy va ruhiy xavfsiz-
likka, turg‘unlikka, ishonchga, qo‘rquvdan yiroq bo‘lishga,
qadrlanishga, o‘z fikriga ega bo‘lishga, ko‘ngli tusagan ishi bilan
shug‘ullanish, ijod qilish imkoniyati ruhiy ehtiyojlarga misol
bo‘la oladi.
2. Universal ehtiyojlar. Turli yosh va turli sharoitdagi bar-
cha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlar bo‘lib, bu
ehtiyojlar o‘zini-o‘zi parvarish qilish jarayonida hosil bo‘ladi,
har bir odamning hayot tarziga xosligi bilan ajralib turadi. Har
qanday sharoitda insonda asosiy fiziologik ehtiyojlar birinchi
darajada ahamiyat kasb etadi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |