PULSNI ANIQLASH VA BAHOLASH
Puls deb, tomir urushi yurak qisqarishi natijasida qon
tomirlarining ritmik tebranilishiga aytiladi. Chap qorincha
tomonidan aortaga ritmik haydaladigan qon arterial oqim ichida
tebranishlar hosil qiladi va arteriaylar devorining cho‘zilishiga
va kuchayishiga olib keladi. Puls uning sonlari (chastotasi),
ritmi, tarangligi va to‘liqligi bilan belgilanadi.
Puls normada minutuga 60 dan 100 gacha o‘zgarib turadi.
Puls keng chegaralarda o‘zgarib turushi va uning tezligi yoshga,
jinsga, tana va tashqi muhit haroratiga, shuningdek, jismoniy
harakatga bog‘liq. Eng tez puls homilaning ona qornidagi
davrida va bola hayotining dastlabki yillarda qayd qilinadi. 25 –
101
60 yoshgacha puls barqaror bo‘lib qoladi. Ayollar pulsi erkak-
larnikiga nisbatan tezdir. Muskul harakati qanchalik kuchli
bo‘lsa, puls shunchalik tez bo‘ladi. Puls arteriyalarning yuza
joylashgan sohalarida tekshiriladi. Masalan:
– bilak (radial puls) – uni ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar
orqali bilakning ichki tomonidan bosh barmoq asosi sohasida
paypaslab topish mumkin;
– tirsakning ichki tomoni (braxial puls – uni qo‘lni ichki
tomonidan tirsak bukiladigan joydan yuqoriroqda paypaslab
topish mumkin;
– bo‘yin (carotid) puls – uni bo‘yinni ikkala yonbosh
sohalarda, traxeya (bo‘yindagi katta nafas olish olish nayi) va
bo‘yin mushaklari o‘rtasida paypaslab topishi mumkin;
– yurak (apical) puls – uni ko‘krak qafasning chap tomo-
nidan eshitish mumkin. Fonendoskopni to‘sh suyagidan 7 – 9
sm chapda, besh va oltinchi qovurg‘alar oralig‘l ustiga qo‘yish
lozim. Apikal yurak urishini aniqlash uchun 1 daqiqa davomida
eshitish lozim. Pulsning maromi faqat shu sohada o‘lchanadi;
– oyoqning yuqori qismi (son arteriyasi\femoral puls) –
tomir urushi oyoqning yuqori qismidagi son arteriyasini sezish
mumkin. Agar qorin yoki bel atrofi jarohatlangan bo‘lsa, bu
pulsni tekshirib ko‘rish katta ahamiyatga ega;
– oyoq kafti tepa qismidagi (pedal) puls – bu oyoq kafti
tepa qismini o‘rtasida seziladi. Agar oyoqlarda kasallik tufayli
qon aylanish kamaygan bo‘lsa yoki bel atrofi jarohatlangan yoki
operatsiya qilingan bo‘lsa, modda almashinuvi kasalliklarida
(masalan: qandli diabetda) bu pulsni tekshirib turish zarur;
– oyoq to‘pig‘i orqasi – bu puls oyoqni ichkarisida oyoq
to‘pig‘ini orqasidan paypaslab topishi mumkin.
Puls sonlarini kamida 30 soniya ichida sanash lozim. Bunda
olingan raqam 2 ga ko‘paytiriladi. Aritmik pulsda sanash 1
daqiqa davomida o‘tkaziladi. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida
birin - ketin kelsa, to‘g‘ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks
holda noto‘g‘ri - aritmik puls ko‘zatiladi.
Pulsning daqiqasiga 100 ta dan tezlashuvi taxikardiya deyi-
ladi, u fiziologik va patologik bo‘lishi mumkin (jismoniy meh-
nat, emotsional holat, isitma). 60 ta dan sekinlashuvi bradikar-
diya deyiladi.
102
Do'stlaringiz bilan baham: |