R yunusov, K. Umarov, B. Karimov



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/141
Sana04.09.2021
Hajmi4,03 Mb.
#164141
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Bog'liq
bogdorchilik

Nazorat savollari:
1.  Meva va uzumlarning texnik pishishi deganda nimani tushu-
nasiz?
2.  Meva va uzumlarni terish texnikasini aytib bering.
3.  Saralash va uning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?
4.  Mevalarni xillashnima maqsadda o‘tkaziladi?
5.  Meva va uzum quritish usullarini tavsiflab bering.


163
12-amaliy mashg‘ulot
12.  MEVA VA UZUMLARNI  
QAYTA ISHLASH USULLARI  
(2 soat)
Ishning maqsadi: Talabalarni meva va uzumlarni quritish  
hamda ho‘lligicha asrash usullari bilan tanishtirish.
Material va jihozlar:
1.  Sh. Temurov. Uzumchilik. – T.: «O‘zbekiston milliy ensik-
lopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. – 2002, 180–188-betlar.
Qisqacha tushuntirish:
O‘zbekiston quritilgan meva yetkazib berish bo‘yicha dun-
yoda asosiy o‘rinni egallaydi. Mevalar pishgan vaqtda bulutsiz 
va yog‘ingarchiliksiz kunlarning uzoq turishi, havoning quruq 
va issiq bo‘lishi mevalarni quyosh nurida quritishga katta im-
kon beradi.
Bog‘ va tokzorlar maydonining kengayishi va ularning 
yildan yilga hosildorligi oshib borishi fermer xo‘jaliklarida meva 
va uzumlardan quritish ishlarini keng hajmda uyushtirishni ta-
lab qiladi.
Terilgan hosil xo‘jalikning o‘zida avtomobil, traktor hamda 
ot aravada tashiladi. Uzoq joylarga yuborishda esa avtomobil 
va temiryo‘l transporti, ba’zan samolyotlardan foydalaniladi. 
Ayniqsa, avtorefrijeratorlar, refrijeratorli vagonlarda (harorat 
2–5°C) tashish juda qulay. Buning uchun oldindan maxsus so-
vitkichlarda uzumni 12– 20°C haroratda ushlab turish lozim. 
Temiryo‘1 transporti orqali jo‘natiladigan uzumning yaxshi 
saqlanib borishi uchun uzum solingan har bir yashikka 10 gr 
kaliy metabisulfitning tabletkalari joylashtirilishi lozim. Ular-
dan ajralib chiqadigan angidrid gazi g‘ujumlarni mog‘orlashdan 
saqlaydi.
Qishda saqlashga mo‘ljallangan uzumlar GOST talabidagi 
ya shi k   laкga bandini yuqoriga qaratib joylanadi. Maxsus sovit-
kichlarga joylashdan oldin xona oltingugurt gazi bilan dudlanadi. 
Uzum havo harorati 1–2°C, namligi 90–95 foiz atrofida saqlani-


164
shi lozim. Sovitkichlardagi uzumni birdaniga issiq muhitga olib 
chiqish yaramaydi («terlab» tezda qorayadi).
Quritilgan mahsulotlar tezda o‘ziga namni tortib olib, bir-biri-
ga yopishib qoladi, bosilib ketadi. Shuning uchun meva qoqilari 
va mayizlarni taxta polli, quruq binolar ichida saqlash kerak. 
Quruq mahsulot ozroq bo‘lsa ularni qoplarga solib ham saqlash 
mumkin, ammo ularni vaqti-vaqti bilan qoplardan ag‘darib, sha-
mollatib tu rish kerak.
Ko‘p miqdordagi qoqi esa binoga 2 metrcha qalinlikda yoyib 
qo‘yiladi. Saqlash vaqtida bir-biriga yopishib ketmaslikgi uchun 
yog‘och kurak bilan tez-tez ag‘darib turish lozim.
O‘zbekiston sharoitida mevalardan pyure, pavidlo, murabbo, 
djem, uzumlardan esa sharbat, shinni, kompot, pastila va sukata-
lar tayyorlanadi.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish