P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Shaxsning ijtimoiyligi,  ongi  va  o'zini  anglashi



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Shaxsning ijtimoiyligi,  ongi  va  o'zini  anglashi

Odamning  shaxs  sifatidagi  asosiy  belgisi  uning  ijtimoiyligi,  shu  bilan 

birga  psixik  hayotning  yuksak  shakli  boMgan  ongi  va  kishilarning  o'zaro



so‘zlashib aloqa qilish vositasi bo'lgan tilidir.  Inson hayotida o‘zaro muno­

sabatlar muhimdir.

Shuningdek, o'zaro munosabatlaridan qat’i nazar, tug'ilish paytidanoq 

unga  shaxsning  butun  asosiy psixik  mazmuni  xosdir,  go'yo  har bir odam 

o'zining tayyor «meni»  bilan,  o'zini  anglashga tayyor bo'lib tug'ilgan  deb 

da’vo  qiluvchi  idealistik qarashlarga  umuman  qarshi  qaratilgandir.

Jamiyatdan tashqarida odam  odam bo'lolmaydi va kishilar o'rtasidagi 

ijtimoiy aloqa  ularning amaliy faoliyatidagi,  ijtimoiy ishlab chiqarish jara- 

yonidagi  munosabati  bilan  belgilanadi.  Odam  boshqa  kishilarga  munosa­

batda bo'lish tufayligina ongliroq bo'lib qoladi va uning psixik hayoti muayyan 

mazmunga  ega  bo'ladi.  Ana  shu  munosabatlar  nechog'li  mazmundor  va 

rang-barang  bo'lsa,  odamning  psixik  hayoti  ham  shunchalik  mazmundor 

va rang-barang bo'ladi. Odam ongining yuksak belgisi — uning o'zini anglash- 

idir, odamning o'zini anglashi ham shaxsning muhim belgisidir.  Shaxsning 

o'zini  anglashi  shundan  iboratki,  odam jamiyatda  taraqqiy  etar  va  ishlar 

ekan, tevarak-atrofdagi muhitda o'zining individligini, subyektligini ajrata- 

di.  Odam tevarak-atrofdagi  olamni  biluvchi va shu  dunyoga ta’sir etuvchi 

zot  sifatida  har  bir odam  subyektdir,  odamning  idrok  etadigan,  tasawur 

qiladigan,  fikr  yuritadigan,  tilga  oladigan  va  ta’sir  ko'rsatadigan  narsasi 

uning uchun obyektdir. Odamning o'zini anglashi subyektiv ravishda o'zini 

«men»  deb  his qilishida  ifodalanadi.

Odam ijtimoiy zot bo'lganligidan unga o'zini anglash qobiliyati xosdir. 

Ammo  odam jamiyatning  bir a’zosi va olamning bir qismidir,  shu  sababli 

odam tevarak-atrofidagi olamdan  ajratsa ham,  ayni vaqtda shu olam bilan 

bog'langanligini anglaydi. Odam o'z tevarak-atrofidagi olamdan o'zini ajral- 

gan holda o'zini «men» deb anglay olmaydi, chunki odam ongining, o'zini 

anglashining,  «men»ining  mazmuni  o'sha  odam  atrofidagi  real-voqelik 

in’ikosidir.

Shaxsning o'zini anglashi shunda ifodalanadiki, odam tevarak-atrofda- 

gi olamda o'zini ajratish bilan bir vaqtda, o'zining shu olamga uzviy ravish­

da bog'langanligini anglaydi, o'ziga, o'z faoliyatiga va o'z vazifalariga anglab- 

bilib  munosabatda bo'ladi.

Shaxsning  o'zini  anglashi,  «men»  deb  his  qilishi  hamisha  muayyan 

mazmuni bilan yuzaga chiqadi. O'zining borligini anglashi, odamning o'zini 

kim deb bilishi — o'quvchi, ishchi, o'qituvchi, muhandis va shunga o'xshash 

deb  anglashi,  o'zining  o'tmishini  va  kelajagini  anglashi,  boshqa  kishilar 

bilan  o'zaro  munosabatini  anglashi,  o'z  huquq  va  burchlarini  anglashi, 

o'zining  fazilat  va  kamchiliklarini  va  shunga  o'xshashlami  anglashi  o'zini 

anglashga  kiradi.  Shaxs  o'zini  anglaganligidan  o'zini-o'zi  kuzata  oladi  va 

o'zini-o'zi  bilib  oladi,  ko'nglidan  o'tgan  kechinmalami  tushuna  oladi, 

o'zining xatti-harakatlariga o'zi tanqidiy ko'z bilan qaray oladi.  Shaxsning 

o'zini  anglashi  va  o'zini  bilishi  o'z  xulq-atvorini  boshqarish  uchun  zarur




shartdir, o‘zini-o‘zi tarbiyalash uchun o‘z aqlini o‘zi o‘stirishi  uchun zarur 

shartdir.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish