fanlari sistemasi darajasiga ko'tarilganligi haqida ham ma’lumot beradi.
Psixologiya tarixida psixikani yanada chuqur va aniq bilish imko
niyatini beradigan, psixologiya fani taraqqiyotiga ko'maklashadigan foydali
ilmiy-tekshirish metodlarining izlanishi va yaratilishi katta o‘rin tutadi.
Psixologiya hech qachon ajralgan fan boMmagan: u hamisha boshqa
bilim sohalari bilan bogMiq holda taraqqiy etib borgan. Umumfan taraq
qiyoti tarixida bu bogManishlar kengaydi va chuqurlashdi. Boshqa fan-
laming yutuqlari psixologiya taraqqiyotiga qanday ta’sir ko'rsatganligini,
bilim sohalarining taraqqiyotida psixologiyaning roli qay darajada
boMganligini, psixologiyaning ilmiy yutuqlari amaliyotda qanday tatbiq
qilinganligini kuzatib borish juda qiziqarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |