P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

I l l   bob. 

PSIXIKANING  TARAQQIYOTI

Psixikaning  taraqqiyoti  haqida  so‘zIaganda: 

1)  hayvonlar  psixikasi­

ning taraqqiyotini,  2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3)  odam psixi­

kasining  yoshga  qarab taraqqiy qilishi  nazarda tutiladi.



I.  HAYVONLAR PSIXIKASI

Yuqorida ko‘rsatilganidek, psixika organik hayotning taraqqiyoti jara­

yonida paydo bo'lgan.  Organik materiyaning anoiganik materiyadan farq 

qiladigan  xususiyatlaridan  biri  shuki,  organik  materiya  seskanuvchandir, 

ya’ni  tashqaridan  bo'lgan  ta’sirlaiga  seskanib  javob  beradi.  Muhitning 

ta’siri  bilan  qo‘zg‘aladi.  Masalan,  bittagina  hujayradan  iborat  bo'lgan 

amyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan,  shu ta’sirga qarab harakatlanadi 

yoki  undan  qochadi.

Organik materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi 

xossa — sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo'ladi, ya’ni organizmga ta’sir 

etadigan  narsalarning  xossalarini  aks  ettiruvchi  sezish  qobiliyati  paydo 

bo'lgan.  Bu  sezish  xossasi  nerv  sistemasining  kurtaklariga  ega  bo'lgan 

hayvonlar  vujudga  kelgan  vaqtda,  balki  undan  ham  ilgariroq  eng 

boshlang'ich  shaklda  paydo bo'lgan  A.N.Leontev gipotezasiga  ko'ra,  se­

zuvchanlik  «...genetik  jihatdan  olib  qaraganda  muhitning  organizmni 

boshqa  ta’sirlar  bilan  bog'lovchi,  ya’ni  organizmning  muhitda  oriyenti- 

rovka  qilishga  yordam  beruvchi  signallik  vazifasini  o'tovchi  ta’sirlarga 

seskanuvchanlikdan  boshqa  narsa  emas»  (A.N.Leontev.  Проблемы 

развития психики.  М., «Мысл»,  1965, 45-bet). A.N.Leontev seskanuv­

chanlikdan  sezuvchanlikka  o'tish  boshqacha  hayot  tarixi  bilan  bog'liq 

deb  ko'rsatadi va yuksak tashkil  topgan  hayvonlarda sezuvchanlik taraq­

qiy etadi,  sezgi  a’zolari  tarkib  topadi,  deb  ko'rsatadi.

Sezish  qobiliyatining  paydo  bo'lishi  psixika  taraqqiyotidagi  dastlabki 

davrdir.  Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumla­

dan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo'ladigan ta’sirni 

aks ettirish, sezish qobiliyati o'sib, tobora murakkablasha bordi.  Masalan, 

maxsus sezgi  organlari  bo'lmagan  eng  sodda  hayvonlarda,  aftidan,  faqat 

umumiy, differensiallashmagan sezuvchanlik mavjud bo'lsa kerak. Taraq-




qiyotning  ancha  yuqori  bosqichlarida  hayvonlarda  sezgi  organlari  paydo 

boMadi,  nerv  sistemasining  analiz  qilish  qobiliyati  ham  o‘sadi.  Biologik 

taraqqiyotning  yuqori  bosqichlarida  hayvonlarning  ba’zi  turlarida  sezgi 

organlari  hayron  qolarlik  darajada  takomillashadi.  Masalan,  burgutning 

ko'rish  organi,  itning  hid  bilish  organlari  va  hokazo.

Nerv  sistemasi  sezgi  organlarining  taraqqiyoti,  shu  bilan  birga  hay­

vonlar psixikasining taraqqiyotiga,  hayvonlarning hayot  kechirish tarziga, 

shu  hayvonlarning  qayerda,  qanday  yashashiga,  qanday  oziqlanishiga, 

qanday  ovqat  topishiga,  kimga  qarshi  kurashishiga  va  shu  kabilarga 

bogiiqdir.  Masalan,  parrandalar  umrining  ko‘p  qismini  havoda,  uchib 

yurib  o'tkazadi.  Bunday  hayot  kechirish  bepoyon  bo'shliqlarda  adash- 

maslik zaruriyatini  tug'diradi.  Shuning  uchun  ham  parrandalarning,  ay­

niqsa,  yirtqich  va  ko'chib  yuradigan  parrandalarning  ko'ruv  organi  va 

ко'rib idrok qilish xususiyatlari ham taraqqiy qilgandir. Maymunlar asosan 

daraxtlarda  hayot  kechiradi.  Shunga  ko'ra,  maymunlaming  ko'z  bilan 

chamalash,  harakatlarni  uyg'unlashtirish va chaqqon  ushlab olish xususi­

yati, darrov vaziyatga qarab ish ko'rish qobiliyati paydo boigan.  Hayvon­

lar psixikasining taraqqiysida tevarak-atrofdagi tabiat  xususiyatlari,  o'sha 

turga kiradigan  hayvonlarning birgalashib yashashi  katta ahamiyatga ega­

dir.  Uy hayvonlari psixikasining shakllanishida odamzod muhiti  katta  rol 

o'ynaydi.  Bir  sharoitdan  ikkinchi  bir  sharoitga  ko'chib  o'tgan  hayvon­

larning psixikasi  ham  bir qadar o'zgarishi  mumkin.

Hayvonlar o'z turiga kiradigan hayvonlar to'dasidan chetda o'sganda 

ularning xatti-harakatida ba’zi bir xususiyatlar paydo boiadi.  Uy hayvon­

lari doimo odamga yaqin yurganidan,  ularning xatti-harakatlari shu turga 

kiradigan  yowoyi  hayvonlar  xatti-harakatiga  qaraganda  juda  ham 

boshqacha boiib  tuyuladi.

Hayvonlarda  bo'ladigan  xatti-harakatlarning  ikki  xil  shaklini,  ya’ni 

tug'ma (yoki nasldan-naslga o'tadigan) xatti-harakatlar bilan hayvonlarning 

o'z  tirikchiligi  tajribasi  natijasida  paydo  qiladigan  (yoki  hosil  qiladigan) 

xatti-harakatlarni  bir-biridan  farq qilmoq kerak.  Ammo tug'ma xatti-ha- 

rakatlar shakllari  bilan  hayvonlarning o'z  tirikchiligi  tajribasida  hosil  qi­

lingan  (individual)  xatti-harakatlar  shakllarini  bir-biriga  qarama-qarshi 

qo'yish  yaramaydi.  Tug'ma  xatti-harakatlar  shakllarining  o'zgarishi  va 

individual xususiyatlarga aylanishi mumkin, individual xatti-harakat shakl­

lari  esa  tug'ma  xatti-harakatlar  shakllari  zaminida  hosil  boiadi.  Buni 

quyida  ko'ramiz.

Hayvonlar xatti-harakatining asosiy tug'ma shakli instinktlardir.  Hay- 

vonlaming o'z tirikchiligi tajribasi  natijasida hosil  bo'ladigan  (individual) 

xatti-harakat shakllariga ko'nikmalar va kurtak holdagi  fahm bilan aloqa- 

dor harakatlar kiradi.




Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish