P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


X I.  H IS L A R N IN G   A H A M IY A TI



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

X I.  H IS L A R N IN G   A H A M IY A TI

Bizning  psixik  hayotimizda  hislar  alohida  o‘rin  tutadi.  Bizning  in­

tellektual jarayonlarimizda  obyektiv dunyo  sezgilar,  idroklar,  tasawurlar 

va  fikrlar tariqasida in’ikos qiladi.  Intilishlar va  iroda jarayonlarida odam 

o'z miyasida in’ikos (aks) etayotgan dunyoga ta’sir qiladi. Hislar esa odam­

ning  o‘z  atrofidagi  obyektiv  voqelikka  va  o‘ziga  munosabatidan  hosil 

bo'ladigan  tuyg‘ulardir.

Shu bilan bir vaqtda bu tuyg'ular shaxsning quruq,  mazmunsiz holati 

emas:  aqliy jarayonlarning  hammasi  — sezgi  va  idroklar,  xotira,  tafakkur 

va nutq xilma-xil emotsional komponentlardan (yoki momentlardan) tarkib 

topadi.

Hislar  bo'lmaganida  edi  bizning  idrok  qilishimiz,  xotira,  tafakkur, 

tasawur jarayonlari  nursiz, jonsiz  bo'lib  qolur edi,  sezilmaydigan  bo'lib 

o'tar edi yoki umuman vujudga kelmas edi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, 

hislar  idrokimizning  yorqin  va juda  to'liq  bo'lishini  ta’minlaydi,  tez  va 

mustahkam eslab olishimizga ta’sir qiladi.  Emotsional tuyg'ular bilan bir­

galikda  eslab  qolingan  narsalar xotiramizda  tez  va  mustahkam  o'rnashib 

qoladi.  Xotiramizdagi  narsalarni  ko'z  oldimizga  tez  keltirish  hislarga 

bog'liqdir.  Hislar fantaziyamizni  ishga  soladi.  Fantaziya obrazlari  emot­

sional  hislar tufayli  yorqin  va jonli  bo'lib  qoladi  yoki,  aksincha,  tafakkur 

jarayonlarini  to'xtatib  qo'yadi.  Hislar  fikrlarimizning  yorqin  va  jonli 

bo'lishini  ta’minlaydi.

Hislar nutqimizni burro qiladi,  nutqimizning ishonchli, yorqin va jonli 

bo'lishini  ta’minlaydi.  Hislar  tafakkur  va  iroda  bilan  birgalikda  bizning 

harakatlarimizni  tug'diradi  va  rag'batlantiradi.  Bizdagi  beixtiyor harakat­

larning  ko'pchiligi  emotsional  harakatlardir.  Iroda  harakatlarining  kuchi 

va shiddati  ko'p jihatdan  hislarimizga  bog'liqdir.

Mana shu  intellektual  va  iroda jarayonlarida  hislarning o'zi  ham  ser- 

mazmun  bo'lib  qoladi,  intellektual  va  iroda  komponentlari  bilan  tasav- 

vurlar,  tushunchalar,  intilishlar  bilan  boyiydi.  Hislar  inson  hayotining 

mazmunini boyitadi.  Emotsional kechinmalari oz va kuchsiz bo'lgan kishi-



lar  quruq,  mayda  gap  kishilar  bo'lib  qoladilar,  o'z  faoliyatlarida  va 

o'zlarining ayrim xatti-harakatlarida  formalist  bo'lib  qoladilar.

Ammo  kishining  hayotida  turli  hislar turlicha  ahamiyatga  ega  bo'ladi, 

Ijobiy hislar,  masalan,  xursandlik,  ruhlanish bizning hayotiy,  ijodiy faoliya- 

timizni  oshiradi. Aksincha,  salbiy hislarning ko'pi  hayotiy,  ishchanlik faoli- 

yatimizni pasaytirib yuboradi. Masalan, xavotir, g'amginlik, tashvish, ma’yuslik, 

o'z kuchimizga  ishonmaslik hislari  mana shunday salbiy hislardir.

Hislar  odam  faoliyatining  hamma  turlarida  katta  rol  o'ynaydi, 

o'yinlarni,  o'qish  va  o'rganishni  hamda  mehnatni  jonlantiradi  va  faol- 

lashtiradi.  Hislar  zaif bo'lganida  odamning  faoliyati  bo'shashib  ketadi, 

ya’ni  odam  lanj  bo'lib qoladi.

Bolalaming  o'yinlari  emotsiyalarga  boy  harakatlardir.  Hislar 

o'yinlarning  tug'ilishiga  sabab  bo'ladi  va  ayni  vaqtda  shu  o'yinlarning 

o'zi bolalarda xilma-xil ijobiy tuyg'ular tug'diradi.  Bu tuyg'ular esa bola- 

larimizga  tetiklik  va  xushchaqchaqlik  bag'ishlaydi.

Mehnatda ham hislarning ahamiyati kattadir. Ijobiy hislar g'ayratimizni, 

mehnat  qobiliyatimizni  oshiradi.  Ijobiy  emotsional  holatda  ishlayotgan 

kishining  mehnati  sermahsul  bo'ladi  va  kishini  kamroq charchatadi.

Odamda  maqsadga  muayyan  ijobiy  emotsional  munosabat 

bo'lgandagina  bunday  maqsad  faol  ijodiy  faoliyatni  vujudga  keltiradi. 

Ijod qilmoq,  yaratmoq uchun  kishining o'z  ishiga mehr-muhabbati zo'r 

bo'lishi,  ijodkorlik  mashaqqatlari  va  shodliklaridan  zavqlanishi  kerak. 

Xalqimizning hayoti va ijodiy faoliyati ta’sirchan emotsional tuyg'ularga 

boydir.  Mehnatdagi  xursandlik  va  ruhlanish  yangilik  hissi,  o'rtoqlik  va 

do'stlik  hissi,  milliy  iftixor  hissi  vatanparvarlik  hissi  kishilarimiz  hayo­

tining mazmunini tashkil  etadi. Yangilik  hissi bo'lmagan odamlarga sal­

biy  nazar  bilan  qaraymiz,  vatanparvarlikka  qarshi  har  qanday  harakat- 

lami  ko'rganimizda,  ayrim  kishilarning  qo'rqoqlik  qilganligini,  ularda 

o'rtoqlik  va  do'stlik  hislari  yo'qligini  ko'rganimizda  biz  bunga 

g'azablanamiz  va  bunday  kishilardan  nafratlanamiz.  Emotsional  ruh­

lanish  va  zavq  bizda  ilg'orlar  va  novatorlar  harakatining  o'sishiga  va 

rivojlanishiga olib kelgan sabablardan biri bo'ldi.  Hislar odamning ijodiy 

faoliyatini faollashtirib yuboradigan «uchqundir», «olovdir».  Ijodiyotning 

hamma  turlarida obrazlar va g'oyalami  gavdalantirishda kishidagi  hislar 

ishtirok  qiladi.  Xuddi  shuningdek,  yangilik  uchun  kurash  kuchli  hislar 

bo'lganidagina  olib  borila  oladi.  Biror  nimani  yaratish  va  uning  uchun 

kurashish  uchun  shu  narsani  sevish  va  unga  mehr  qo'yish  kerak,  biror 

nimaga  qarshi  kurashish  uchun  esa  shu  narsaga  kishida  nafrat  tug'ilishi 

kerak.

Jamiyatga  nisbatan  yuksak  ijodiy  hislarni  o'stirish  yosh  bo'g'inning 



juda  muhim  vazifasidir.



Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish