P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

Tepa  bo'lagi

Ensa 

bo ‘lagiA

Peshana 

bo ‘lagi

Miyacha

Chekka  bo'lagi 

9-rasm.  Bosh  miya.


Po‘st ostidagi soha va po‘st ostidagi tugunlar difFerensiallashmagan va 

umumiy sezuvchanlik  markazidir.  Emotsiya  va  instinktlarimiz  shu  soha 

bilan  chambarchas  bogiiqdir.  Harakatlarimizni  idora  etish  uchun  po‘st 

ostidagi tugunlardan targil jismning ahamiyati,  ayniqsa,  kattadir.  Targ‘il 

jism zararlanganda, odatda, harakat kuchayadi, ammo poyma-poy boiadi.

Yuksak darajada tashkil topgan hayvonlarda psixik jarayonlarning va 

odamda ongli jarayonlarning bevosita moddiy asosi bosh  miya po‘stidir. 

Bosh  miyaning  pastroqdagi  boshqa  hamma  qismlari,  shuningdek,  orqa 

miya  — ongsiz  reflektor  harakatlarning  markazlari  boiib,  xilma-xil 

fiziologik  jarayonlarni  idora  etadi.  Bu  yerda  yana  shuni  aytib  o‘tish 

kerakki,  bosh miyaning yuqorida aytilgan hamma qismlari va orqa miya 

markaziy  nerv  sistemani  bosib  o‘tgan  taraqqiyot  yoiining  bosqichlari- 

dir.  Bosh  miyaning taraqqiyotidagi  har bir qismi  (pastdan  yuqoriga  qa­

rab  hisob  qilganda)  o‘zidan  awalgi  qismning  ustiga  qoplangan.  Orqa 

miya, undan keyin esa uzunchoq  miya markaziy nerv sistemasining eng 

qadimgi  qismlaridir.  Oldingi  miya  va  po‘st  genetik jihatdan  miyaning 

eng yosh qismlaridir. Markaziy nerv sistemasining yuqorigi qismlari taraq­

qiy qilgunicha pastdagi (qadimgi) qismlari murakkabroq psixik funksiya- 

larni  ham  bajargan  deb  o'ylash  mumkin.  Markaziy  nerv  sistemasining 

yuqorigi  qismlari  tarkib topib taraqqiy  qilishi  bilan  murakkabroq  psixik 

funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tadi.  Shu bilan 

birga  psixik  funksiyalar  tobora  murakkablashib  va  takomillashib  bordi. 

Psixik  funksiyalar  miyaning  yuksak  taraqqiy  qilgan  qismlariga  o'tishi 

bilan miyaning pastdagi  qismlari  muayyan  refleks va instinktiv harakat- 

larinigina  idora  etadigan  boiib  qoldi.  Buning  haqiqatan  ham  shunday 

ekanligini  quyidagi  hollar ko‘rsatib turibdi.  Biologik taraqqiyotning an­

cha past  bosqichlarida turgan hayvonlarning  miya po'sti  va  oldingi  mi- 

yasi  olib tashlanganda,  bu  qismlaming funksiyasini  pastroqdagi  qismlar 

o‘tay  boshlaydi  (garchi  mukammal  shaklda  boimasa  ham,  har  holda, 

o'taydi).  Masalan,  oldingi  miyasi  olib  tashlangan  baqa  tamomila  nor­

mal  baqaga  o‘xshaydi.  Bunday  baqa  odatdagicha  o'tiradi;  baqa  turgan 

taxta  ag'darila  boshlasa.  u  ag'anab  tushmaslikka  harakat  qiladi;  agar 

baqa  chalqancha  ag'anab  tushsa,  o'nglanib  oladi.  Shunday  qilib,  baqa 

miya  yarim  sharlaridan  mahrum  boisa  ham  harakat  qilish  va  o‘z  ha­

rakatlarini  muvofiqlashtirish  qobiliyatini  saqlab  qoladi.

Yarim sharlari  olib tashlangan  kaptar og'ziga solingan  ovqatni  yeydi, 

turtib  yuborilsa  yuradi;  bunday  kaptar turtinmasdan  ucha  oladi.  Ammo 

kaptar turtib yuborilmasa, odatda, qimirlamay turaveradi. Agar it miyasi­

ning  ikkala  yarim  shari  olib tashlansa,  sun’iy suratda  boqilib  borilsagina



bir necha yil yashay oladi.  Bunday it og'ziga solingan ovqatni yeydi, yura 

oladi. It urilsa vangillaydi, qattiq tovush eshitganda sapchib tushadi. Ammo 

bunday  it  o‘zicha  ovqat  qidirib  topolmaydi  va  hatto  yaqinidagi  ovqatni 

ham topib  yeya  olmaydi.  Bu  it  uni boquvchi  kishilami tanimaydi.  Awal 

hosil  qilgan  malakalari  yo‘qoladi,  shu  bilan  birga,  yangi  malakalar hosil 

qilish  qobiliyati  ham  yo‘qoladi.

Ba’zi fiziologlar maymunlaming yarim sharlarini  olib tashlab tajriba­

lar qilganlar.  Maymunlar operatsiya qilingandan keyin psixik funksiyalari 

yo‘qolishi bilan birga,  harakatlar,  harakatni  muvofiqlashtirish ham buzil- 

gan.  Ular to‘ppa-to‘g‘ri  o‘tirib  tura  olgan,  shuningdek,  narsalarni  chan- 

gallay  olgan,  ammo,  murakkabroq  harakatlar, ayniqsa,  yurish  qobiliyati 

buzilgan,  shunday  qilib,  evolutsiyaning  yuqori  bosqichlarida  murakkab 

harakatlar va ulami muvofiqlashtirish funksiyalari ham miya po‘stiga o‘tadi.

I.P. Pavlov yuksak nerv faoliyatiga doir tekshirishlarida shunday hodi- 

salarni  ilmiy asosda  tushuntirib berdi.  Hayvonlar bosh  miyasining ayrim 

qismlarini  olib  tashlash  ustidagi  tajribalar shuni  ko'rsatdiki,  hayvon  bio­

logik  taraqqiyotning  qancha  yuqori  bosqichida tursa,  quyi  qismlarining 

yuksak psixik funksiyalarni bajara olish imkoniyati o'shancha kam bo'ladi. 

Odamda  miyaning  quyi  qismlari  yuksak  psixik  funksiyalarni  bajarishga 

mutlaqo qobil emas. Odam miyasining po'sti ostidagi qismlari po‘st funk- 

siyasini loaqal qisman ham bajara olmasa kerak. Yarim sharlarsiz tug‘ilgan 

bolalar (anzitsefallar) ni kuzatish bu holni juda ravshan tasdiqlaydi. Odat­

da,  bunday bolalar  uzoq  yashamaydi.  Shunday bolalardan  birining  faqat 

uch  yil-u  to'qqiz  oy  yashagani  ma’lum.  Bu  bola  doim  yotgan,  turishga 

biron  marta  ham  harakat  qilib  ko‘rmagan.  U  narsalarni  ushlashga  hech 

urinmagan,  hatto  narsalarni  qo'lda  ushlab  turishni  ham bilmagan.  Faqat 

yuzida  ba’zi  bir  harakatlar  ko‘rilgan;  u  ba’zan  ijirg'angan;  emganda  va 

qoshiqlab ovqat  berilganda lablari va tili  harakatga kelgan.  Bola tagi  xo'l 

bo'lganda ham hech parvo qilmagan.  Bu  bola bilan gaplashish  yoki  unga 

biron  narsa  o'rgatish  aslo  mumkin  bo'lmagan.  Unda  hatto  eng  oddiy 

ko'nikmalar ham hosil bo'lmagan. Yuqorida aytilganlardan, miyaning po'st 

ostidagi qismlarining psixik hayotga hech qanday aloqasi yo'q degan ma’no 

chiqmaydi.  Yarim sharlar po'sti  o'z tolalari bilan  bosh  miyaning  hamma 

qismlariga va orqa miyaga bog'langan.  Shu bilan birga,  yuqorida aytilga- 

nidek,  orqa  miyadagi  nerv hujayralarining tolalari va po'st  ostidagi soha- 

laming  tolalari  yarim  sharlar  po'stining  qismlariga  bog'langandir.  Shu 

sababli butun markaziy nerv sistemasi va uning faoliyati bo'lmasa,  psixik 

hayot  ham  bo'lmas  edi.  Shu  bilan  birga,  butera  nerv  sistemasining  va 

butun organizmning faoliyatida bosh miya po'sti asosiy rol o'ynaydi.  l.P. 

Pavlov ta’limotiga ko'ra, yarim sharlar po'sti oiganizmdagi hamma funk­

siyalarni idora etadi, katta yarim sharlar po'sti 


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish