Ijodiy tafakkur va tushunish
Paydo bo'lgan savollaming javobini odam o'zi qidirib topsa, qo'yilgan
vazifalarni odam o'zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushun
chalar paydo bo'lsa, bunday hollarda ijodiy tafakkur paydo bo'ladi.
Savollaming paydo bo'lishi yoki qo'yilganligi fikr qilish, tafakkur jara-
yonlaridagi boshlang'ich momentdir (yoki fazadir).
Idroklarda, tasawurlarda, fikrlarda va nutqda biror yetishmagan, mu
kammal ifodalanmagan narsa sezilib qolganida, o'zining yangiligi, kutil-
maganligi bilan e’tibomi jalb qiladigan narsa va hodisalar idrok qilingani-
da hamda shunga o'xshash fikrlar paydo bo'lganida bizning ongimizda
savollar tug'iladi. Idrok, tasawur va fikrlar bir-biri bilan «to'qnash» kelib
qolganida, bir-biriga zid tushib qolganida savollar paydo bo'ladi. Bunday
hollarda taajjublanish, hayratda qolish hissi tug'iladi va shu hislar bilan
birlikda savollar ham ifodalanadi.
Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar
paydo bo'laveradi, faoliyat jarayonining o'zida bizda yangi savollar tug'iladi,
yangi vazifalar qo'yiladi.
Nutq orqali muomala qilganimizda, kitoblarni o'qiyotgan vaqtimiz-
da, narsalarni ko'zdan kechirayotganimizda, texnikaga va mexanikaga
doir xilma-xil mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu kabi hollarda
bizda turli savollar tug'iladi.
Tafakkur jarayonining o'zi ham, bilish jarayonining o'zi ham muttasil
har xil savollar tug'ilishiga sabab bo'ladi. Odam qanchalik ko'p bilaversa,
uning oldida noma’lum narsalar shu qadar ko'p paydo bo'laveradi, unda
shu qadar ko'p savollar tug'ilaveradi va uning o'zi shu qadar ko'p savol
beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo'yishda katta rol o'ynaydi.
206
Kundalik hayotda shunday ham bo'ladiki, savol berilishi bilan darrov
uning javobi ham topiladi. Masalan, «Bugun nima kun?» «Bugun shanba»,
«Ikki marta uch qancha bo'ladi?» «Ikki marta uch — olti». Shunday qilib,
bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vazi-
yatning o'zi beradi yoki hammaga ma’lum ochiq-oydin haqiqatlar javob
bo'lib xizmat qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunish-
ning o'zi ham oddiy tafakkurga taalluqlidir.
Bu — tafakkurning
oddiy,
elementar jarayonlaridir. Bu ayrim hukmlar
bizning idrokimizda ifodalanadi hamda tasawurlar va tushunchalar ta-
riqasida xotiramizda mustahkam o'rin oladi.
Ijodiy tafakkur to'g'risida gapirganimizda biz murakkab aqliy jara-
yonni nazarda tutamiz. Bu jarayon bir qancha bosqichlar (yoki fazalar) va
momentlardan iborat bo'ladi.
Ijodiy tafakkur murakkab jarayon bo'lib, bu
Do'stlaringiz bilan baham: |