qorong'ilik adaptatsiyasidir.
Eksperimental tekshirishlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda,
qorong'ida yorug'likka sezgirlik yorug' joydagi sezgirlikka nisbatan 200
ming marta (bir soat mobaynida) oshadi. Qorong'idan yorug'ga chiqqanda
ham ko'rish organlari yorug'likka yana moslashuvi uchun bir necha
vaqt (taxminan 4 daqiqadan 5 daqiqagacha fursat) kerak. Bu
yorug‘Iik
adaptatsiyasidir.
Qorong'ilik adaptatsiyasida sezgirlikning juda ham ortib ketish sababi
awalo shundaki, yorug'dan qorong'iga kirganda ko'z qorachig'ining sathi
17 marta kengayadi, binobarin, ko'z qorachig'i yorug'ni 17 marta ko'proq
o'tkazadi. Ammo sezgirlikning 200 ming marta ortish sababini tushuntirib
berish uchun bu kamlik qiladi, albatta. Bu yerda kolbachalar vositasi
bilan ko'rishdan tayoqchalar vositasi bilan ko'rishga o'tishning katta ahami
yati bor. Tayoqchalar yorug'Iikni kolbachalarga qaraganda yaxshiroq se
zadi. Qorong'ida ko'rish purpuri ko'proq turadi, natijada yorug'Iikni ko'rish
sezgirligi oshadi.
Adaptatsiya harorat sezgilarida ham bor. Biz cho'milish uchun suvga
tushganimizda yoki dush tagida turganimizda dastlabki paytda suv sovuq-
roq tuyuladi, bir necha daqiqadan keyin esa o'sha suv unchalik sovuq
sezilmaydi va hatto iliqroq seziladi.
Hid bilish sezgilarida adaptatsiya tezroq boshlanadi. Masalan, biron
hidi bor uyga kirganimizda awaliga shu hidni sezamiz, bir necha vaqtdan
so'ng hidni sezmay qolamiz. Qilingan tajribalar hid sezilmay qoladigan
darajada to'liq adaptatsiya, chunonchi: yodning hidiga 50—60 soniyadan
keyin, kamfaraning hidiga 1,5 daqiqadan keyin hidi o'tkir sirga (pishloq-
qa) 8 daqiqadan keyin paydo bo'lishini ko'rsatadi. Hid bilish sezgirligi
adaptatsiyadan keyin to'la tiklanishi uchun 1 daqiqadan 3 daqiqagacha
tanafFus kerak bo'ladi.
Tegish yoki zaif tazyiq sezgilarida adaptatsiya kuchliroq ko'rinadi.
Ko'pincha biz kiyim-kechakning badanimizga tegib va tazyiq qilib
turganini sezmaymiz, doim taqib yuradigan ko‘zoynagimiz chakka-
mizga botayotganini sezmaymiz. Narsa badanimizga tekkandan 3
soniya keyinroq sezgi kuchi qo'zg'ovchining ta’siri bilan hosil
bo'ladigan sezgi kuchiga nisbatan beshdan biricha kamayishi tek-
shirishlardan ma’lum.
Adaptatsiya ko'rish, harorat, hid bilish sezgilarida kuchliroq, eshitish
va og'riq sezgilarida kamroq bo'ladi. Boshqa sezgi organlari ishlab turgan-
da ayrim sezgi organlarining adaptatsiya jarayoni tezlashuvi mumkin. Masa
lan, harorat (sovuq), ta’m bilish, muskul retseptorlari va ichki organlardagi
retseptorlar ta’sirlanganda ko'rish va eshitish sezgirligi tezroq kuchayadi.
Olimlar o'tkazgan bir qancha tajribalar shuni ko'rsatadiki, sovuq suvga
latta xo'llab yuz va bo'yinni artganda (issiq faslda), jismoniy tarbiya mashqla-
riga o'xshash tipdagi yengil ishda — nafas olish tezlashganda va kuchaygan
da eshitish va ko'rish sezgirligi oshadi, musbat adaptatsiya tezlashadi. Shunday
vositalardan foydalanib, qorong'ilik adaptatsiyasini odatdagidek 40—50
daqiqada emas, balki 5—6 daqiqada tezlatish mumkin.
Hozirgi vaqtda psixologlar adaptatsiya hodisasini l.P. Pavlovning ana
lizatorlar va shartli reflekslar haqidagi ta’limoti asosida tushuntirib berish
uchun maxsus tajribalar qilmoqdalar (Ye.N. Sokolov, E.A. Golubeva va
boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |