Muqaddima


INGICHKA ICHAKNING HARAKAT FAOLIYATI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

INGICHKA ICHAKNING HARAKAT FAOLIYATI 
Ingichka  ichakning  murakkab  harakatlarini  lining  ko'ndalang  (ichki  qavat)  va 
uzunasiga  (tashqi  qavat)  joylashgan  silliq  muskullari  yuzaga  chiqaradi.  Bu  harakatlar 
ximusni  hazm  shiralariga  aralashishini.  ichak  bo

  у  lab  siljishini,  bevosita  shilliq  parda 
yuzasidagi  ximusning  almashinishini,  ichak  bo‗shligida  ma‘lum  bosim  hosil  bolishini 
ta‘minlaydi. Hazm tizimi bo'sh bo`lganda (nahorda), ingichka ichakka davriy harakatlar 
xos. Osqvishtalik davrida o‗n ikki barmoq ichakda ‗0—50 daqiqa davomida qisqarishlar 
kuzatilmaydi. Keyin qisqarishlar davri boshlanib, 65—90 daqiqa davom etadi (53- rasm). 
Bu davrda yuqori amplitudali chastotasi bir daqiqada 17—20 bo‗lgan ritmik qisqarishlar 
va  kichik  amplitudali  tonik    to`lqinlar  qayd  qilinadi.  Ish  davrining  oxirgi  8—15 
daqiqalarida  ichak  tonusi  sezilarli  darajada  ortadi,  kuchli  va  tekis  ritmik  qisqarishlar 
kuzatiiadi 
Pastdagi  qator  yuqari  qatoming  davomi.  Ikkinchi  va  uchinchi  qatorlar  o‗rtasidagi 
yozuvdagi uzilish 20 daqiqa. Vaqt chizigldagi belgilar oraligi 15 sekund. 
 
53-rasm. Ingichka ichakning davriy harakatlari. 
Kimogrammalarda  qisqarishlar  amplitudasi  tengligi  va  ritmining  qat‘iyligi  bilan 
ajralib turadigan bubosqich ish davrining yakunlovchi bosqichi nomini olgan. 


 
 
204 
 
Odam  kun  davomida  bir  necha  marta  ovqatlanadi,  shu  tufayli  ingichka  ichakda 
deyarli  doimo  ximus  bo`ladi.  Shuning  uchun  ichak  harakatlari  davriyligini  maxsus 
sharoitda, 15—20soat ovqat iste‘mol qilmagandagina kuzatish mumkin. 
Ovqatni iste‘mol qilish jarayoni ingichka ichak harakatlarini kuchaytiradi (5‘-rasm). 
Tinch holatda bo`lgan ichakning ovqat istemol qilish natijasida faol holatga o
`
tishi shartli 
reflekslarga bog'liq. 
Agar ovqat ingichka ichak faol harakatda bo`lganda yeyilsa, uning. qisqarishlari 30— 
‗0 sekundga tormozlanadi, keyin tiklanadi va bir necha soat uzluksiz davom etadi. 
Ovqat  yeyila  boshlaganda  kuzatiladigan  ichak  motorikasining  tormozlanishi  og

iz 
bo
`
shligidagi  retseptorlardan  yuzaga  chiqadigan  shartsiz  reflekslarga  bog`liq.  Hazm 
vaqtida  ingichka  ichak  qisqarishlarining  bir  necha  xilini  kuzatish  mumkin.  Ammo, 
hozirgacha ularning yagona tasnifi yo‗q. Oqibat natijasiga qarab, ximusning aralashishini 
va ezilishini ta‘minlovchi mahalliy (chegaralangan) va katta masofaga tarqalib, ximusni 
ichak bo‘ylab siljitadigan qisqarishlar tafovut qilinadi. 
5‘-rasm.  Tinch  holatdagi  ingichka  ichakning  ovqatga  javobi.  A—sogiom  itda;  В—12 
кип;  V—21  kun  davomida  fistula  orqali  o‘t-safro  yo'qotganida.  Ovqat  berish  vaqt 
chizigida ko

rsatilgan. 
P.  G,  Bogach  tasnifi  bo‗yicha  ovqat  hazmi  vaqtida  kuzatiladigan  ingichka  ichakning 
qisqarishlari  uch  turga  bo`linadi.  Birinchi  turdagi  qisqarishlar  —  bir  fazali  ritmik 
qisqarishlar  (mayatniksimon  qisqarishlar.  ritmik  segmentlanish)  ximusni  deyarli 
siljitmaydi,  ammo  uni  yaxshi  aralashishini  ta‘minlaydi.  Bu  xildagi  qisqarishlarning 
chastotasi bir daqiqada 17—20 ga teng. 
Ximusning ichak bo‗y lab tez siljishini ikkinchi turdagi qisqarishlar ta‘minlaydi. Ular 
birinchi  turdagi  qisqarishlarni  qamrab  otgan  ichak  tonusi  ortishini  ifodalovchi 
toiqinlardir.  Bu  qisqarishlarni  peristaltik  qisqarishlar  ham  deyishadi  (55-rasm).  Bunday 
qisqarishlar  20—‘0—60  sekund  davom  etishi  mumkin.  To

q  hayvonlarda  bir  necha 
minut davom etuvchi uchinchi turdagi tonik qisqarishlar ham kuzatiladi. 
55-rasm. Ingichka ichakning mayatniksimon(a) va peristaltik. (b)qisqarishlari 
Ingichka  ichak  harakatlarining  xususiyati  shuki,  ritmik  qisqarishlari  juda  turg'un 
chastotaga  ega. Ichak  tashqi nervlarini  kesish, nikotin  yordamida  ichak devoridagi  nerv 
chigallarini  falajlash,  narkotik  moddalarni  qollash  ritmik  qisqarishlar  sonini  uncha 
o'zgartirmaydi.  Bu  o‗n  ikki  barmoq  ichakka  umumiy  o

t  yo`li  ochiladigan  segmentda 
joylashgan  ritm  yetakchisining  faoliyatiga  bog`liq.  Ingichka  ichakning  ritmik 
qisqarishlarini yuzaga chiqaradagan impulslar mana shu ritm yetakchisida paydo  bo`lib, 
asosan uzunasiga joylashgan silliq muskul tolalari orqali tarqaladi. 
Bu  tolalar  kesilsa,  impulslarning  o

tishi  to'xtaydi,  ichakning  kesimdan  yuqori  qismi 
oldingi ritmda. kesimdan distalroq qismi esa ancha past chastotada qisqaradi. 
Ritm  yetakchisining  avtomatiyasiga  ichakning  tashqi  nervlari  ham,  o'zidagi  nerv 
chigallari ham sezilarli ta‘sir o‗tkaza olmagan bir paytda organizmining jumladan, ichak 
to'qimalarnmg  modda  almashinuviga  ta‘sir  qiluvchi  omillar  ritmik  qisqarishlar  sonini 
o'zgartiradi.  Tajribalarda  ot-safroni  fistula  yordamida  tashqariga  chiqarib  qo'yish, 
qalqonsimon  bezni  olib  tashlash,  yuqori  harorat  va  quyosh  nurlari  bilan  ta‘sir  etish 
ingichka ichakning ritmik qisqarishlari sonini ancha kamaytiradi, 
Nerv  tizimi  ritmik  qisqarishlar  soniga  ta‘sir  qilmasada,  amplitudasi  va  ichak 
muskullari  tonusini  boshqarishda  ishtirok  etadi.  Parasimpatik  nervlar  va  ularning 
oxirlarida  ajraladigan  asetilxolin  ichak  harakatlarini  kuchaytiradi.  Simpatik  nerv  tizimi 
va  uning  mediatorlari—adrenalin  va  noradrenalin  odatda  ichak  silliq  muskullari 


 
 
205 
 
qisqarishlarini  tormozlaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda,  noradrenalin  va  adrenergik  nerv 
tolalarining qo

zg

alishi sfinkterlarni qisqartiradi. 
Parasimpatik  va  simpatik  tolalar  hazm  tizimining  turli  qismlaridan  yuzaga  chiqib, 
ingichka  ichak  harakatlariga  ta‘sir  qiladigan  reflekslarning  efferent  yo`li  bo`lib  xizmat 
qiladi.  Bu  reflekslarga  qo‗zg‗atuvchi  qizilo

ngach-ichak,  qo‘zg

atuvchi  me‘da-ichak, 
qo‗zg

atuvchi  va  tormozlovchi  yo

g

on  ichak-ingichka  ichak  reflekslari  kiradi.  Bu 
reflekslar yuzaga chiqaradigan natija ma‘lum qoidaga bo'ysunadi: hazm tizimining qaysi 
nuqtasi  ta‘sirlanmasin,  bu  nuqtadan  yuqoridagi  qismlarining  harakatlari  tormozlanadi, 
undan distalroq qismlarda harakat tezlashadi. 
Adrenergik  tormozlanishdan  tashqari,  ingichka  ichakda  tabiati  noadrenergik  va 
noxolinergik  bo`lgan  tormozlanish  ham  kuzatiladi.  Bu  tormozlanishning  yuzaga 
chiqishida mediator vazifasini vazoaktiv ichak peptidi bajarsa kerak. 
Markaziy  nerv  tizimining  turli  qismlari  ichak  harakatlarini  boshqarishda  ishtirok 
etadi.  Gipotalamusning  oldingi  va  oraliq  yadrolarini  qo

zg

atish  ichak  harakatlarini 
tezlashtirsa,  orqa  gipotalarnik  yadrolarning  qo`zg

alishi  tormozlaydi.  Katta  yarim 
sharlarning po

stlog

i gipotalamus va limbik tizim orqali ichak harakatlariga ta‘sir qiladi. 
Bu  ta
?
sirlar  ikkinchi  signal  tizimi  orqali  yuzaga  chiqishi  mumkin:  tansiq  ovqat 
to

g

risidagi  gapning  o

ziyoq  ichak  harakatlarini  kuchaytiradi,  ovqatga  bog`liq  noxush 
gaplar  aksincha,  ichak  motorikasini  tormozlaydi.  KaxdRyatning  o

zgarishlari 
(g

azablanish, - zerikish, qo

rqish) ham ichak harakatlarini susaytiradi. 
Ichki  sekretsiya  bezlarining  ingichka  ichak  motorikasiga  ta‘siri  ancha  kuchli. 
Qalqonsimon bez gormonlari miqdorining qonda ko

payishi ingichka ichak harakatlarini 
jadallashtiradi  va  ovqatni  ichakdan  olish  vaqtini  qisqartiradi.  Bu  gormonlar  miqdori 
qonda kamayib ketsa, ichak harakatlari tormozlana boshlaydi: ritmik qisqarishlar soni va 
amplitudasi  kamayadi.  Qalqonsimon  bez  olib  tashlangandan  keyin  ingichka  ichakning 
reflektor  reaksiyalari  ham  oVzgaradi.  Odatda  ovqat  iste‘mol  qilish  bir  necha 
sekunddayoh  tinch  turgan  ingichka  ichakni  harakatga  keltiradi.  Bu  harakatlar  bir  necha 
soatgacha  uzluksiz  davom  etadi.  Qalqonsimon  bezi  olib  tashlangan  hayvonlarda  ichak 
harakatlari  ovqat  berilganda  1,5—2,0  daqiqadan  keyin  boshlanib,  bir  ikki  daqiqada 
tugaydi. 10—12 
daqiqa  o'tgacha,  qisqarishlar  yana  paydo  bolib,  uzoq  davom  etadi.  Bu  qisqarishlar 
amplitudasi va chastotasi pastligi yaqqol bilmadi. 
Buyrak usti bezining kortikoid gormonlari va ularning qonga o'tishini tezlashtiradigan 
AKTG  ingichka  ichak  tonusini  orttiradi.  Gipofizning  orqa  bo'lagi  gormonlari  ichak 
harakatlarini  tormozlash  xususiyagtiga  ega.  Bir  qator  ichak  gormonlari  (motilin, 
xolesistokinin-pankreozimin, R-modda, gastrin) ichak harakatlarini jadallashtiradi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish