Qariyalar nafas olish tizimi Nafas organlarining shilliq qavatlarida qarish jarayonida atrofik o‘zgarishlar
paydo bo‘ladi, bronx devorlarida distrofik sklerotik o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
O‘pkada alveolalar shakli o‘zgaradi, bazal membrana qalinlashadi, alveolalar
chuqurligi kamayadi, nafas olish ritmi tezlashib, aritmiyalar vujudga keladi,
o‘pkaning xayotiy sig‘imi kamayadi, bu esa bronx o‘tkazuvchanligining pasayishi,
nafas mushaklari kuchining pasayishi, ko‘krak qafasi rigidligini oshishiga olib
keladi.