Qariyalar yurak – qon tomir tizimi
60 yoshdan o‘tgan odam yuragi og‘irligi kamayadi, bo‘shliqlari kengayadi,
endokard qalinlashadi, kardiomiotsitlar atrofiyaga uchraydi. Qon tomirlarning
ichki qavati qalinlashadi, elastikligi kamayadi. Yurak qisqarishlari ritmi
sekinlashadi, gemodinamika va kardiodinamika o‘zgaradi.Miokardning qisqarish
qobiliyati va energetik jarayonning sustlashishi yurak yetishmovchiligiga olib
keladi. Qon aylanishining gipotalamik regulyasiyasining buzilishi, qonda
vazopressin miqdorining ortib ketishi, buyraklarda qon aylanishining pasayishi
arterial gipertenziyaga olib keladi. Koronar qon tomirlarning sklerozi esa
yurakning ishemik kasalliklariga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |