Nafas harakatlari chastotasi - katta odamda normada bir daqiqada o‘rtacha
16-20 ta bo‘ladi. Nafas yoshga, jinsga va tananing vaziyatiga (qarab o‘zgarib)
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy ish, ovqat yeyish, tana haroratining oshishi,
ruxiy qo‘zg‘alish nafasni tezlashtiradi.
Nafas harakatlarini bemor sezmaydigan qilib sanash kerak. Qo‘lni bemor
ko‘kragi ustiga qo‘yish yoki pulsni sanagandek qo‘lni ushlab turish kifoya.
Olingan ma‘lumotlar bemorning harorat varaqasiga qayd qilib boriladi.