quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda. Anglashuv Memorandumi maqsadi
Tomonlar, ushbu Anglashuv Memorandumining qoidalari hamda har qaysi
mamlakatning amaldagi qonunlari, qoidalari, yo‘riqnomalari va milliy siyosatiga amal qilib,
teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim hamda
bilimni yuksaltirish va intellektual rivojlanish sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga
kelishib oldilar.
2-modda. Hamkorlik shakllari
Tomonlar o‘z mamlakatlarida ushbu Anglashuv Memorandumi predmetini tartibga
soluvchi oliy ta’lim sohasida amalda bo‘lgan qonunlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va milliy
siyosatga asoslangan holda qo‘yidagi sohalarda texnikaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladilar:
a) o‘zaro manfaatli deb topilgan dasturlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi va Malayziya Oliy ta’lim vazirligi bilan o‘tkaziladigan maslahatlashuvlar
yordamida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor va o‘qituvchilar, ekspertlar va
talabalarning almashinuvini rag‘batlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Bunday almashinuv dars berish va/yoki izlanish bo‘yicha qo‘shma hisobot tayyorlash, ilmiy
maqola chop etish yoki ilmiy tashrifdan iborat bo‘lishi mumkin. Qabul qiluvchi vazirlik
tomonidan o‘tkaziladigan almashinuv dasturning muddatlari va shartlari har ikki vazirlik
rahbarlari tomonidan belgilanadi;
b) texnikaviy, kasb-hunar va oliy ta’limning manfaatli sohalarida o‘zaro yordamni
qo‘llab-quvvatlash;
v) Tomonlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish uchun grantlar
ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish;
g) oliy ta’lim muassasalarining ikki tomonlama texnikaviy, kasb-hunar va oliy ta’lim
sohalaridagi o‘zaro manfaatli bo‘lgan dasturlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshirish;
d) ta’lim sohasining ma’muriy xodimlari va o‘qituvchilari, jumladan malaka oshirish
sohasida mashg‘ul bo‘lganlarning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirish;
e) Tomonlarning oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida baholash tizimi va shunga o‘xshash
dasturlar hamda akademik, kasb-hunar va malakaviy kvalifikatsiyalarini o‘zaro tan olish
imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;
yo) o‘quv adabiyotlari, o‘qitish bo‘yicha yordam, axborot va ko‘rgazmali qo‘llanmalar
bilan almashishda, shuningdek muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maxsus ko‘rgazmalar va
seminarlar tashkil qilishda ko‘maklashish;
j) axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, matematika va tabiiy fanlar sohasidagi
o‘zaro yordamni qo‘llab-quvvatlash; va
z) Tomonlar tomonidan o‘zaro kelishib olinadigan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning
har qanday boshqa jabhalarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |