50
3. Darsni baholash mezonlari asosida matematika darsini kuzatish va uni didaktik
(ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish.
4. Ko`chma mashg`ulot
Tayanch iboralar:
Darsni kuzatish va tahlil qilish, ochiq, ko`rgazmali, namunaviy, hisobot
darslari, darsni baholash mezonlari, darsini didaktik va uslubiy tahlil qilish.
1. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida matematika darsni kuzatish
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi”da yuqori malakali, erkin va mustaqil fikrlaydigan,
chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lgan, olgan bilim va
ko`nikmalarini
amaliyotda
qo`llay
oladigan,
jahon
andozalariga
mos
mutaxassislarni tayyorlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga
oshirish va bu boradagi qator muammolarni hal etishda umumiy o`rta ta’lim
maktablari o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchi tomonidan olib borilayotgan mashg`ulotlar mazmuni yuqori saviyada
bo`lishi, fan bo`yicha belgilangan Davlat ta’lim standartlari va tegishli fan
dasturlariga mos kelishi shart. O`qituvchining har bir darsi o`quvchilarda
shakllanayotgan bilim va ko`nikmalar qamrovini bosqichmabosqich kengayishiga
xizmat qilishi, ularning mazkur fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada ortishiga
xizmat qilishi zarur.
Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko`p yillik ish tajribalari va
kuzatishlar o`qituvchi hamisha o`z ustida ishlashi, bilim, ko`nikma va malakalarini
takomillashtirib borishi kerakligini ko`rsatmoqda. O`qituvchi pedagogik
mahoratining kundan kunga o`sib borishi, yangi pedagogik va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llay olishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Darsni turli shakllarda o`tish mumkin, ammo o`quvchilarning bilim va
ko`nikmalarini shakllantirish uchun ayrim talablarga rioya etish maqsadga
muvofiq. Ular quyidagilar:
- o`qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilashi shart;
- har bir dars ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasiga ega bo`lishi kerak;
- dars jarayonida o`quvchilarning yakka holda, guruh va jamoa bo`lib ishlashlari
talab etiladi;
- dars o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda o`qituvchi
tomonidan maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi;
- o`qituvchi o`tiladigan mavzuni dars davomida o`quvchilar tomonidan to`liq
o`zlashtirib olishlarini ta’minlaydi;
51
- darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinadi.
O`qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligi va pedagogik mahoratini
uning o`tayotgan darslarini kuzatish va tahlil qilish orqali bilish mumkin.
O`qituvchining darsini kuzatish va tahlil etish mo`ljallangan bo`lsa, o`qituvchilik
kasbi odobiga ko`ra uni darsga kirish oldidan ogohlantirish lozim. Darsni
kuzatishda bir kishi, agar imkoniyat bo`lsa, 2-3 kishi bo`lib dars kuzatilsa,
maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`z navbatida, har xil anglashilmovchiliklar va
psihologik to`siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o`rindiqlarni egallashgandan
so`ng dars boshlanadi. O`qituvchi darsga kirganda qo`li (yoki o`quv xonasi)da
guruh jurnali, o`quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars ishlanmasi(konspekti)
bo`lishi kerak. Dars uchun kerakli jihozlar va ko`rgazmali qurollar oldindan
tayyorlab qo`yilgan bo`lishi lozim.
Dars boshlangandan so`ng hech kimning ushbu jarayonga xalaqit berishiga
yo`l qo`yilmaydi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
tuman, shahar mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2
soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan
metodbirlashma rahbarlari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat
o`qituvchilar darslarining kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: