38
- Ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va bashoratlarni ishlab chiqish va ularni
baholash;
- Asosiy ehtimollar nazariyasi tushunchalarini tushunish va ulardan foydalanish.
FK2. Matematika fani bo`yicha kognitiv kompetentsiyalar
Matematika fani bo`yicha kognitiv kompetentsiyalarni o`z navbatida
quyidagi o`quv harakatlari bo`yicha ajratish maqsadga muvofiq bo`ladi: Masala
yechish; Asoslash va isbotlash; Muloqot; Munosabatlar; Tasvirlash.
Maktab bitiruvchilari matematikadan quyidagi kognitiv kompetentsiyalarga
ega bo`lishlari lozim:
Masala yechish
- Masalani (muammoni) yechish orqali yangi matematik bilimlarni hosil qilish va
ularni o`zlashtirish;
- Matematika va boshqa fanlardagi o`quv masalalari hamda kundalik turmushda
duch kelinadigan muammolarni yechish;
- Masalani yechish uchun turli xil yechish usullarini qo`llash va
ularni moslashtirish;
- Masalani matematik yechish jarayonini kuzatish va tahlil qilish.
Asoslash va
isbotlash
- Asoslash va isbot matematikaning asosiy jihatlari ekanligini tushunish;
- Matematik taxminlarni tuzish va
tadqiq qilish;
- Matematik asoslash, isbotlash va ularni baholash;
- Mushohada
yuritish turlari, isbot usullarini tanlash va qo`llash.
Muloqot
- O`qituvchi, tengdoshlar va boshqalar bilan matematika
tilida aniq fikr almashish;
- Boshqalarning matematik fikrlarini tahlil qilish va baholash;
- Matematik fikrni aniq ifodalash uchun matematika tilidan foydalanish;
Munosabatlar
- Matematik tushunchalar orasidagi aloqalarni tanib olish va
ulardan foydalanish;
- Yaxlit matematik tushunchani hosil qilish uchun matematik tushunchalarni
birlashtirish yoki birini ikkinchisining ustiga qurish,
- Kundalik turmushdagi vaziyatlarda va boshqa fanlarda matematikani qo`llash;
Tasvirlash
- Matematik tasdiqni turli shakl va ko`rinishlarda tasvirlash va ulardan foydalanish;
- Masalani yechish uchun tegishli matematik tasvirlash usulini tanlash va bir
ko`rinishdan ikinchi ko`rinishga o`tkazish;
39
- Tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni tushuntirish hamda modellashtirish
uchun turli matematik tasvirlash usullaridan foydalanish.
Matematika
fani
bo`yicha
mazkur
kompetentsiyalar
o`quvchining
matematika fanidan boshlang`ich maktabning 1- sinfidan boshlab, toki 11sinfni
bitirgunga qadar egallashi kerak bo`lgan asosiy kompetentsiyalardan iborat. Har
bir kompetentsiya talabi boshlang`ich, o`rta umumiy ta’lim muassasalari uchun
alohida-alohida
aniqlashtiriladi
hamda
ularning
o`zi
ham
asosiy
va
chuqurlashtirilgan darajalarga bo`linadi.
Shuningdek, har bir ta’lim tizimi uchun mazkur kompetentsiyalar talablari
sinflar (kurslar) bo`yicha, bo`limlar bo`yicha, so`ng har bir mavzu bo`yicha va
nihoyat har bir dars bo`yicha aniqlashtiriladi, ya’ni konkret mayda talablar
ko`rinishida bayon etiladi. Shu tariqa, mazkur kompetentsiyalar har bir darsga
uning turli maqsadlari ko`rinishida kirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: