182-mashq.
Matnni o‘qing. Ko‘chirma gaplarni aniqlang, kerakli
tinish belgilarini qo‘yib, ko‘chiring.
Rustam orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni Rustam maktabdan
chiqdi-yu, to‘g‘ri gulzorga o‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul buvani
izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi.
– Buva, shunga gul bering, kerak bo‘lib qoldi.
Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi:
– Nega kerak bo‘lib qoldi?
– Bugun oyimning tug‘ilgan kunlari, shunga...
– Juda yaxshi o‘ylabsan, pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y.
Hozir senga ajoyib guldasta yasab beraman.
Birozdan keyin Rustam chiroyli guldastani quchoqlab uyga
chopdi. (N. Najmiddinov)
http://eduportal.uz
83
Do'stlaringiz bilan baham: |