60-dars. MATN USTIDA ISHLASH
Topshiriq.
Quyida berilgan gapni o‘qing, unda qanday maqsad
ifodalangani haqida matn tuzing. Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi,
bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmagandek.
(
Zamaxshariy
)
268-mashq.
Matnni o‘qing. Unda ifodalangan g‘oya haqida
fikrlashing. Muhokama matni borasidagi mulohazalaringizni bayon qiling.
Taqdir taqozosi bilan badaviylar oilasida tug‘ilsam, ellik darajali
issiqda quturgan qum bo‘roni men uchun eng go‘zal manzara
bo‘lur edi.
Taqdir taqozosi bilan eskimoslar oilasida tug‘ilsam, ellik darajali
sovuqda qor bo‘roni men uchun eng go‘zal manzara bo‘lur edi...
Men
O‘zbekistonda
tug‘ilganim
bilan
faxrlanaman.
(O‘. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |