8-MAVZU: ISTE’DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI
TARBIYALASH
1. Istedodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash usullari.
2. Istedodli bolalarni aniqlashda sinf rahbarining vazifalari.
3.Istedodli bolalarni aniqlash metodlari
Ijodiy qobiliyatlar rivojini samarali amalgaoshirish uchun o‘quvchilar iste’dodini
aniq tahlil etish, bolalarning o‘zigaxos psixologik jihatlarini va fazilatlarini
hisobgaolish zarur.
Turli yoshdagi iste’dodli o‘quvchilarni namoyon etishda hozirgi kunda, avvalo
maktab pedagogika jamoasi ruhiy-diagnostika tajribalardan unumli foydalanishlari
zarur.
Bunda “Respublika Iste’dod Markazi” xodimlari bilan hamkorlik qilish muhim
ahamiyatga ega. Iste’dod markazi xodimlarining faoliyati tajribasidan foydalanish,
ularning iste’dodni aniqlashga mo‘ljallangan psixologik tadbirlarini pedagogik
tajribalar bilan hamohang ishlab chiqish lozim.
Iste’dodli bolalarni aniqlash, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlash quyidagi omillarga
bog‘liq:
– ushbu aniqlashning ijtimoiy ahamiyati respublikaning zakovati, ijodkorligi, kuch-
qudratini tayyorlashning istiqboli bilan bog‘liqligini tushunishga;
– ruhiy diagnostik uslubiyat, uslubiy materiallari bo‘lgani holda turli yoshdagi
guruhlardaaniqlashning umumiy dasturlari yaratilishiga;
– iste’dodli bolalar (maxsus tayyorlangan rejalar, dasturlar va ilmiy asoslangan
uslubiyat va hokazo bo‘yicha) bilan ishlash uchun ixtisoslashgan muassasalarning
yagona tarmog‘ini targ‘ib etishga;
– ommaviy o‘quv yurtlarida iste’dodli bolalar bilan ishlash uchun zarur o‘quv-
dasturiy qo‘llanmalarini ishlab chiqishga;
– joylarda mahsus guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan xalq ta’limi, davlat va
jamoat muassasalari, ijodiy uyushmalar tomonidan tasdiqlangan dasturlarga (bu
dasturlarda iste’dodli bolalar bilan ishlashning istiqbollari va bosqichlari, o‘z
202
hududida bunday faoliyat va ko‘pgina boshqa tadbirlar uchun mablag‘ ajratish,
ularni ta’minlashga);
– qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilishga,
respublika metodik kengashining tuzilishiga (bu kengash tarkibigaXalq ta’limi, Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, xalq ta’lim boshqaruv organlari xodimlari,
yetakchi olimlari va mutaxassislari, ijodiy uyushmalar, amaliyotchi o‘qituvchi,
maktabdan tashqari ta’lim muassasalari to‘garak rahbarlari kiradilar);
– ilmiy tadqiqotlar maktablar uchun me’yoriy hujjatlar, sinf ishlanmalari majmuiga,
iste’dodli o‘quvchilar haqida ma’lumotlar manbaini yaratishga, ularni o‘qitish va
tarbiyalashning (tabaqalashtirish, individuallashtrish, insonparvarlashtirish) yagona
uslubiy asosini yaratishga bog‘liq.
Iste’dodli va iqtidorli bolalarning o‘qituvchi hamda tarbiyachilari alohida iste’dodli
o’quvchilarlar uchun turlicha o‘quv reja va dasturlariga ega bo‘lishlari maqsadga
muvofiq.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-
pedagogik va tashkiliy sharoitlarini yaratish, maxsus o‘quv dasturlari va tizimli
pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog vaolimlarning
faol ishtirokini ta’minlash lozim.
Munozara uchun savollar:
Istedodli bolalaringizga boshqa o’quvchilaringizga nisbatan ko’proq
topshiriq berasizmi?
Jamoaningizda istedodli
bolalar bilan qanday ish olib borasiz?
Istedodli bolalarni siz qanday aniqlagan bo’lar edingiz?
203
Do'stlaringiz bilan baham: |