Tim majmua 2020-21



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/135
Sana31.08.2021
Hajmi0,81 Mb.
#160310
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

Ishontirish  orqali  o‘quvchilarning  ongi  g‘oyaviy  axloqiy  me’yorlar  va 
tushunchalar  bilan  boyishga  erishiladi.  Ishontirish  usuli  birinchi  navbatda  ongga 
ta’sir  etadi,  g‘oyaviy-axloqiy  tushuncha,  qarash,  baho  berishni  tarkib  toptiradi. 
Ma’lumki,  e’tiqod,  qarash,  baho  berish  xatti-harakatlarning  axloqiy  talqinlariga 
aylanadi  va  pirovardida  xulq-atvorga  ham  ta’sir  etadi.  O‘quvchilarda  o‘zlari  bilib 
olgan  axloqiy  talablar  darajasida  bo‘lishga  intilish  paydo  bo‘ladi  va  rivojlanib 
boradi. Bu intilishni saqlash va mustahkamlashgina emas, balki uni amalga oshishi 
uchun imkoniyat yaratish muhimdir. 
O‘quvchilarning  to‘g‘riso‘zlari  va  ularning  haqiqiy  e’tiqodi, qarashlari, baho 
berishi, xulq-atvori o‘rtasida uzilish paydo bo‘lganda ishontirish usulining noto‘g‘ri 
qo‘llanilishi  og‘zaki  tarbiya  xavfini  keltirib  chiqaradi.  Bundan  soxtalik, 
ikkiyuzlamachilik,  tilyog‘lamalik  kelib  chiqadi,  tarbiyaga  jiddiy  putur  yetadi. 
Bolalarga ma’nosi tushunarsiz, mazmuni qiziqarsiz, ular tomonidan his qilinmagan 
so‘zlarni tinglashga majbur qilmaslik kerak.  Ularning shaxsiy  tajribalariga  tayanib, 
yangicha  qarash  paydo  qilishga  yordam  berish,  ishontirish  va  agar  zarur  bo‘lsa, 
fikridan qaytarish juda muhimdir. 


 
168 
O‘quvchilar  faoliyatining  eng  tarqalgan shakllaridan  biri  sinf majlisi,  bolalar 
tashkilotlari  harakatlari,  yig‘inlari  bo‘lib,  ularda  ishontirish  usuli  keng  qo‘llaniladi. 
Bulardan  tashqari,  tarbiyaviy  soatlarda,  uchrashuvlarda,  axloq  muammolariga  doir 
bahslarda,  kechalarda,  o‘quvchilar  bilan  yakkama-yakka  suhbatlarda  bu  usul  qo‘l 
keladi. 
O‘quvchilarning  faqat  sinf  rahbarining  suhbat  va  tushuntirishlari  yordami 
bilangina  emas,  balki  ularning  o‘z  hayotiy  tajribalari,  kundalik  ijodiy  faoliyatlari, 
boshqa  kishilar  bilan  doimiy  suratda  muomalalari  orqali  ham  tarbiyalash  lozim. 
Yaxshi kitob, yuksak g‘oyali san’at asari, qiziqarli radio eshittirishlari, oynai jahon 
ko‘rsatuvlari,  sinfdan  tashqari  o‘qishni  tashkil  etish,  gazeta  va  jurnallar  o‘qishga 
o‘rgatish ham ishontirish maqsadiga xizmat qiladi. 
Ammo,  ba’zi  hollarda  odatda  o‘quvchi  biror  xatolikka  yo‘l  qo‘ygan 
taqdirdagina  tanbeh  beriladi,  nasihat  qilinadi.  Bunday  suhbatning  ishontiruvchi 
ta’siri  juda  kam  bo‘ladi.  Sinf  rahbarining  ishontiruvchi  so‘zi  katta  ta’sir  kuchiga 
egadir. U paydo bo‘lgan savolga javob beradi, muammoni oydinlashtiradi, shubha-
gumonlarni bartaraf etadi, ma’lum bir yo‘l-yo‘riqlarni tavsiya etadi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish