Gaz va tabiiy gazlar



Download 354,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana29.08.2021
Hajmi354,66 Kb.
#159397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
kimyoviy matnlar ustida ishlash

 

1-topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Matndagi  tayanch  so‘z  va  so‘z  birikmalarini 

eslab  qoling:  o‘zaro  ta’sir,  hosil  qilish,  birikmalar,  neylon,  kapron,  polimer 

moddalar. 

 

2-topshiriq. Matnga savollar tuzing. 

 

3-topshiriq. Matnni rus tiliga tarjima qiling. 

 

4-topshiriq.  Yuqorida  berilgan  tayanch  so‘z  va  birikmalardan  foydalanib 

matnning mazmunini so‘zlab bering. 



 

5-topshiriq. Rus tiliga tarjima qiling: 

Reaksiyaning  tezligini  katalizatorlar  yordamida  oshirish  mumkin. 

Katalizatorlarning soni juda ko‘p, ularning katalitik faolligi esa xilma-xildir. 

Bu  faollik  katalizator  ta’sirida  reaksiya  tezligining  o‘zgarishi  bilan 

aniqlanadi.  Kimyoviy  ishlab  chiqarishda  katalizatorlarning  ahamiyati 

nihoyatda katta. 



Asl metallar 

 

Odamlar    qadim  zamonlardayoq  oltin  va  kumushning  g‘aroyib 



xossalarini  payqashgan  edi.  Bu  metallar  havoda  o‘z  jilvasini  yo‘qotmagan, 

suvda  zanglamagan,  o‘yuvchi  kislota  va  ishqor    eritmalarida  erimagan. 

Mustahkamlik  va  o‘zgarmaslik  hamma  davrda  asllik  belgilari  sanalgan. 



 

Shuning uchun odamlar oltin va kumushni asl metallar deb atashgan. Buning 



ustiga  ular  kam  uchragan.  Shu  sababli    deyarli  hamma  mamlakatlarda  

odamlar buyum qimmatini asl metallar qimmati bilan qiyoslashgan. Kimning 

oltin  va  kumushi  qanchalik  ko‘p  bo‘lsa,  u  shunchalik  badavlat,  aslzoda, 

qudratli hisoblangan. Oltin va kumush tufayli urushlar bo‘lgan. 

Bundan 300 yilcha avval Janubiy Amerika konlarida ispanlar oltin yuvish 

xalal bergan og‘ir metallni jahllari chiqib bazo‘r uloqtirib tashlashardi. Ular 

kelajakda bu metall oltindan ham qadrliroq bo‘lishini xayollariga keltirmagan  

holda  uni “platina” (ispan tilida “kumush” degani) deb atashgan.  

Kimyogarlar  platinani  o‘rganishga  kirishib,  platinali  metallar  guruhini 

aniqlashdi.  Ular  orasida  Yerdagi  eng  og‘ir  metall  –  osmiy  ham  bor  edi.  U 

qo‘rg‘oshindan ikki marta, temirdan esa deyarli uch marta og‘ir. 

Platinadan  maxsus    kimyoviy  idish  –  platina  tigeli  tayyorlanadi,  chunki 

platina  yuqori  haroratlarga    chidamli,  o‘ta  darajada  qiziganida  ham  havo 

tarkibidagi kislorod  bilan birikmaydi va o‘z vaznini o‘zgartirmaydi. Platina 

bilan  iridiy  qotishmasidan  kilogramm  o‘lchov  namunalari  yasalgan.  Shu 

asosda    barcha  mamlakatlarda  tarozilar  tekshirib  turiladi.    Projektorlar 

ko‘zgusi asl metall rudiy bilan qoplanganligi uchun u yuqori haroratda ham 

o‘z yaltiroqligini yo‘qotmaydi. Kimyogarlar asl metallarning boshqa muhim 

xossalarini ham aniqlashgan. Ularning ba‘zilari (ayniqsa, platina va palladiy) 

ishtirokida ko‘pgina kimyoviy reaksiyalar o‘n va yuz ming marta tezlashadi. 

Kumushga ham ish topildi. Usiz fotografiya ham, kino ham bo‘lmasdi: axir 

kumushning  ayrim  birikmalari  yorug‘likka  sezgirligi  tufayli  fotoplyonkada 

ta’svir  hosil  bo‘ladi.  Kumush  a’lo  darajadagi  elektr  o‘tkazgichdir.  Undan 

elektron  rele  kontaktlari  ishlanadi,  radiopriyomnik  qismlari  kumush  bilan 

qoplanadi. 

Oltinga  bo‘lgan  munosabat  ham  o‘zgardi.  U  endi  faqat  zargarlik 

buyumlari  yasashdagina  qo‘llanilmaydi.  Elektr  vakuum  asboblaridagi 

kontaktlar  tayyorlanadi,  oltinsiz  tranzistor  ham  yasab  bo‘lmaydi.  Oltinning 

platina  bilan  qotishmasi  eng  chidamli  kimyoviy  idishlar  tayyorlashda 

ishlatiladi. 




Download 354,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish