2-topshiriq. Matnga reja tuzing va reja asosida matn mazmunini so‘zlang.
3-topshiriq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing: modda, birikma,
tibbiyot, mahsulot, bo‘yoq, tola.
4-topshiriq. Berilgan fe’llarni uchta zamonda tuslang: o‘rganmoq, kirmoq,
ko‘rsatmoq, yaratmoq, paydo bo‘lmoq, qayta ishlamoq.
Gaz va tabiiy gazlar
Kundalik turmushimizda ko‘pincha gaz deganda oshxona gaz plitasida
ko‘k bo‘lib yonadigan metan gazini ko‘z oldimizga keltiramiz. Metan gazi
yer osti gaz konlaridan chiqarib olinadi. Bunday gaz konlari O‘rta Osiyoda
ko‘p. Kondan chiqarib olingan gaz aralashmalardan tozalangach, quvurlar
orqali zavod va turar joylarga yuboriladi. Bundan tashqari, gaz ba’zi neft
quduqlaridan ham chiqadi. Shuningdek, gaz toshko‘mir va slanesni maxsus
ishlab ham olinishi mumkin.
Gazlarning turi ko‘p. Masalan, havo bir necha gazlar aralashmasidan
iborat. Barcha gazlarning asosiy xossasi shundaki, ular har qanday bo‘shliqqa
yoyilib, uni egallab oladi. Agar nasos bilan shisha ichidagi havoning yarmi
chiqarib olinsa, undagi qolgan havo shisha idishning butun hajmiga yoyilib
uni bir tekisda egallab oladi.
“Hammabop” bu gaz odamlarning og‘irini yengil qiladi. Siqilgan havo
yerda avtomobillar shinasida ishlatiladi, kosmosda esa yonilg‘ini bakdan
raketa dvigatellariga “siqib chiqarish”da xizmat qiladi. Havo maxsus
pnevmatik qurilmalardagi turli avtomatlarning klapanlarini boshqaradi,
temirchilik o‘chog‘idagi olovni yondiradi, puflama musiqa asboblaridan ovoz
chiqaradi va yelkanli qayiqlarni suv uzra yeldiradi.
Rang-barang reklama naychalarini turli xil gaz aralashmalari yoritadi,
gaz lazerlarida kuchli yorug‘lik oqimi hosil bo‘ladi. Ksenon gazlari bilan
23
fotografik chatnash lampalarining kolbalari to‘ldiriladi. Kripton gazi esa
oddiy elektr chiroqlarining cho‘g‘lanma tolasini tez kuyib qolishdan asraydi
va chiroqning uzoq vaqt ishlashiga yordam beradi. Gaz sanoatda keng
ishlatiladi: yer ostidan chiqadigan tabiiy gazlar, qattiq yoqilg‘ilarni sun’iy
ravishda gazlashtirib olinadigan generator gazlari, koks gazlar yoqilg‘i
xomashyo sifatida ishlatiladi.
1-topshiriq. Tayanch so‘z va iboralar: tabiiy gaz, yoqilg‘i, gaz konlari,
metan, etan, butan, propan, atsetelin, etilen, generator, neft quduqlari.
2-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Tabiiy gaz konlari qayerlarda uchraydi?
2. Tabiiy gaz tarkibi nimalardan iborat?
3. Tabiiy gazdan nimalar olinadi?
4. O‘zbekistonda qanday yirik gaz konlari bor?
3-topshiriq. Quyidagi sifatlarni tarjima qiling va ular ishtirokida gap
tuzing:
katta, asosiy, qimmatbaho, turli, muhim, tabiiy.
4-topshiriq. Yuqorida berilgan sifatlarning sinonimlarini toping va ular
yordamida so‘z birikmasi hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |