Maydonli shartli belgilar bilan karta masshtabida konturini saqlab qolish
mumkin bo‘lgan obyektlar tasvirlanadi. Masalan, o‘rmon, botqoqlik, o‘tloq, bog‘,
poliz, ko‘l va boshqalar maydonli shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. Obyektlarni
tashqi ko‘rinishi (qiyofasi) saqlanadi. Ularni konturlari turli rangga bo‘yaladi yoki
boshqa maydonli grafik vositalar bilan to‘ldiriladi. Botqoq va sho‘rxok yerlarning
konturlari ichiga turli xil shtrixlar chiziladi. Avval bu belgilar uchun «konturli
belgilar» yoki «masshtabli belgilar» terminlari qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |