151
va tsivilizatsiyasining muhim elementini tashkil etadi. Uning rivojlanishi barcha
bosqichlarda fan-texnika taraqqiyoti darajasi, madaniyat va san‘atning holati,
siyosiy tuzum va ijtimoiy institutlar – bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy-tarixiy
jarayonni shakllantiruvchi barcha narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Barcha davrlarda kartaning tili nafaqat makon-zamon axborotni saqlash va
uzatishni ta‘minlagan, balki Yer to‘g‘risidagi fanlar va u bilan bog‘liq fan
sohalarida umumiy til rolini o‘ynagan.
Kartografiyaning avtomatlashishi va kompьyuterlashishi bilan bog‘liq holda
karta tiliga e‘tibor ayniqsa kuchaydi. Kartosemiotik nuqtai nazardan kartaning tili
toifalari va elementlari, uning grammatikasi va tuzilishi, amal qilish mexanizmlari,
belgilarni ishlatish qoidalari o‘rganiladi. Umumiy semiotika, mashina grafikasi,
badiiy dizayn va qabul qilish psixologiyasi bilan chambarchas bog‘liq bu
tadqiqotlar aniq amaliy yo‘nalishga ega – ular elektron kartalar sifatini oshirishga
qaratilgan.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, karta tilida hech bo‘lmaganda ikki qatlam (til osti)
ni ajratish mumkin: ulardan biri kartalashtirilayotgan obyektning joylashishi, uning
makondagi shakli, orientatsiyasini, boshqasi – bu hodisalarning tarkibiy mazmuni,
ularning ichki tuzilishini, sifat va miqdor tavsiflarini aks ettiradi. Ikkala
qatlamlarning grammatikasi kartografik semiotika qoidalari bilan aniqlanadi.
Kartaning tili – bu kartografiyaning obyekt tilidir. Uning asosiy funktsiyalari
(umuman kartografiya kabi) –
kommunikativlik, ya‘ni karta yaratuvchisidan
o‘quvchiga ayrim hajmdagi axborotni uzatish va
bilish – kartalashtiriladigan
obyekt haqida yangi bilimlarni olish.
Karta tili sohasidagi intensiv ishlanmalar kartografiya nazariyasida alohida til
(yoki karta tili) kontseptsiyasi shakllanishiga olib keldi, unga muvofiq kartografik
tasvir alohida matn sifatida qaraladi. Boshqacha aytganda, karta karta tilida
yaratilgan tasvirdir. Ushbu kontseptsiya tarafdorlari hattoki aynan karta
tilini ishlab
chiqish hamda uning xususiyatlari va funktsiyalarini tadqiq qilish kartografiyaning
fan sifatidagi mazmunini tashkil etadi, deb hisoblashadi. Ehtimol, bunday nuqtai
nazar kartografiyaning fan sifatida karta tili rolini ancha oshirar, biroq, shubhasiz,
bu jarayonning ahamiyatini ifodalaydi. Har qanday holatda til konsepsiyasi
tarafdorlarining asosiy fikri odilona ekanligini ta‘kidlash joiz, chunki kartaning tili
– bu kartografiyaning mavjud bo‘lish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: