O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Respublika  Milliy  kitob  palatasi  faoliyati



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Respublika  Milliy  kitob  palatasi  faoliyati
Hujjatlar  madaniyati  va  dunyo  bibliografiyasining  yuzaga
kelishida kitob palatasi asosiy o‘rin tutadi. U matbuot asarlarining
majburiy  nusxalarini  yig‘di,  barcha  turdagi  elektron  kitoblar  va
hujjatlarning ham majburiy nusxalari shu joyda yig‘ildi va hisobga
olindi,  uni  saqlab,  arxivini  tashkil  etdi,  bibliografik  va  axborot
xizmatini  ko‘rsatish  uchun  manbalarni  tayyorladi  va  hokazo.
1920- yilda  O‘zbekistonda  nashriyotchilik  ishi  va  kitob  ishi
rivojlanib borishi bilan davlat bibliografiyasining markazini tashkil
etish  ehtiyoji  paydo  bo‘lgan  edi.  Shu  yili  kuzda  Òoshkentdagi
Òurkiston  davlat  nashriyotida  birinchi  Òurkiston  kitob  palatasi
tashkil etildi. Ammo o‘sha paytdagi shart-sharoitlarning murakkab-
ligi  tufayli  chiqayotgan  nashrlarning  hammasini  hisobga  olib
borish, ularning ro‘yxatini tuzish va nashr etish, Rossiya markaziy
kitob  palatasiga  kelib  tushayotgan  va  mahalliy  kutubxonalarga
kelayotgan  nashrlarni  to‘la  qamrab  olish  imkoni  bo‘lmadi.
7— Bibliografiya


98
1922 — 1924- yillarda  Òurkiston  matbaa  asarlarining  davlat
hisobini olib borish va Rossiya kitob palatasining „Kitob yilnoma-
si“da aks ettirishga urinishlar bo‘lgan. 1922- yil 17- iyulda qabul
qilingan  respublikalar  hududida  nashr  etilayotgan  matbuot
asarlarini  majburiy  hisobga  olish  haqidagi  qarordan  so‘ng  yana
Òurkiston kitob palatasini tashkil etishga urinish boshlandi. Chunki
1922- yilgacha hech qayerda Òurkiston matbuoti hisobga olinmadi,
respublikada nashriyotchilik va kitob ishining tez sur’atlar bilan
o‘sib  borishi  tezkorlik  bilan  ular  haqida  axborot  berib  borishni
talab etar edi, respublikada nashr etilayotgan asarlarning majburiy
nusxalarini  to‘plash  masalasi  hali  hal  etilmagan  edi.  1922- yil
sentabr oyi boshlarida Respublika davlat ilmiy kengashida kitob
palatasi  masalasi  ko‘rildi.  Palatani  tashkil  etish  loyihasini  tay-
yorlashning  maxsus  komissiya  yig‘ilishida  Òurkiston  davlat  ku-
tubxonasining  xodimi  N. A. Burov  ishtirok  etdi.  Oktabr  oyi
o‘rtalarida  Òurkiston  davlat  kutubxonasi  direktori  Y.  K.  Betger
Davlat ilmiy kengashi topshirig‘i bilan Òurkiston kitob palatasini
ta’sis  etish  bo‘yicha  Xalq  komissarlar  sovetining  qaror  va  Xalq
maorifi  komissarligining  respublikada  matbuot  asarlarining
majburiy  nusxasini  hisobga  olib  borish  haqidagi  yo‘riqnoma
loyihasini  topshiradi.
1923- yil 15- yanvarda Davlat ilmiy kengashi qoshida ikkinchi
Òurkiston  kitob  palatasi  tashkil  etiladi,  ammo  shu  yilning  may
oyidayoq  uning  faoliyati  to‘xtatiladi.  1923- yil  yanvarining
o‘rtalaridan boshlab Òurkiston Avtonom Respublikasida matbuot
asarlarini hisobga olib borish boshlandi va Òurkiston kitob yilnomasi
ko‘rinishida ro‘yxat tayyorlanadi, unga asos matbuot asarlarining
majburiy nusxalari va Òurkiston davlat kutubxonasi fondiga kelib
tushayotgan adabiyotlar. Dastlab palata 1917 — 1922- yillarda nashr
etilgan matbuot asarlarini yig‘adi. Yilnomani nashr etish 1921-
yilda boshlandi va 1923- yildan boshlab Rossiya markaziy kitob
palatasidan  Òurkistonga  oid  adabiyotlarning  majburiy  nusxalari
kelib tusha boshlaydi. Òurkiston davlat kutubxonasi fondining tez
o‘sib  borishiga  ta’sir  etdi.  Dastlab  bibliografik  tasvirlar  kirill
yozuvida  olib  borildi,  bu  qator  qiyinchiliklarni  yuzaga  keltirdi.
Chunki  sharq  tillaridagi  va  yozuvidagi  adabiyotlarda  rus  kirill
yozuvidagi na tarjimasi, na izohlari deyarli uchramas edi. Y. K.
Betger Òurkiston nashrlarini asl tilida hisobga olish, zarur bo‘lgan
holda Rossiya kitob palatasining kirill yozuvida bo‘lmagan asarlarni
ro‘yxatga kiritmagandan ko‘ra, rus tilidagi tarjimasini yoki qisqacha


99
izohini  berish  kerak,  deb  talab  qildi.  U  titul  varag‘ining  orqa
tomonida zarur bibliografik elementlarni rus tilida berish va bu
bilan Rossiya kitob palatasining hisobga olish ishlarini yengillatish.
O‘zbekiston  hukumatining  1926- yil  3- yanvardagi  1930-
yilgacha O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan Samarqandda davlat
kitob  palatasini  tashkil  etish  haqida  qarori  e’lon  qilindi.  Shu
kundan  boshlab  rejali,  malakali  holda  davlat  bibliografiyasini
tuzish  boshlandi.  Kitob  palatasi  O‘zbekiston  Xalq  komissariati
tarkibiga kiruvchi muassasalarning Akademik markaziga qarashli
edi. Qarorda kitob palatasi O‘zbekiston hududida nashr etilayotgan
barcha turdagi matbuot asarlarini bir necha nusxada saqlaydi va
hisobga olib boradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha paytda palataning shtati
2  kishidan  iborat  bo‘lib,  bittasi  I.  Rahmatullayev  direktor,
ikkinchisi D. P. Kvasnitskiy bibliograf edi. 1927- yildan boshlab
kitob palatasida majburiy nusxa ola boshlanadi va alifbo hamda
sistemali  katalog  yuritiladi.  Shu  kunga  qadar  faoliyat  yuritib
kelayotgan  kitob  palatasi  davlat  bibliografiyasining,  matbuot
asarlarining  statistik,  markazlashgan  kataloglashtirish,  ma’lu-
motnoma-bibliografiya, nashriyotchilik, poligrafik sanoat va kitob
savdosi sohasi hamda ilmiy-texnik axborot va targ‘ibotning tarmoq
markaziga aylandi. 1980- yillarga qadar kitob palatasida matbuot
asarlarini  qabul  qilish  va  nazorat  qilish;  davlat  kundalik
bibliografiyasi;  ma’lumotnoma-bibliografiya  bo‘limi;  matbuot
asarlarini  hisobga  olish  bo‘limlari  ish  olib  bordi.
Palataga kelgan har bir hujjat avval matbuot asarlarini qabul
qilish va nazorat qilish bo‘limiga tushadi. Bu bo‘limda kitoblar
bilan birga kelgan ilovali hujjatlar bosmaxona yoki nashriyotlarning
nomlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Kitoblar turli xil belgilariga
qarab  alohida  guruhlashtiriladi,  har  biriga  inventar  raqami
qo‘yiladi.  Gazeta  va  jurnallarning  nomlari  bo‘yicha  har  biriga
alohida pasport yoziladi va tikib boriladi, keyinchalik muqovalanadi.
Bu yerda nazoratdan o‘tgan kitoblar statistika sho‘basida bibliografik
tavsif bilan boyitiladi. Bu bo‘limdan so‘ng adabiyotlar bibliografiya
bo‘limida  alohida  bibliografik  hisobdan  o‘tadi  va  „O‘zbekiston
matbuoti  solnomasi“  uchun  ma’lumotlar  to‘plash  jarayonida
ishtirok etadi. Ma’lumot va bibliografiya bo‘limi esa katalog va
kartotekalar  uchun  kartochkalarni  tayyorlaydi  va  ularni  yangi
ma’lumotlar  bilan  to‘ldirib  boradi.
Palataning asosiy vazifasi — O‘zbekistonda nashr etilayotgan
matbuot  asarlarini  hisobga  olib  borish,  uning  raqamli  hisobini


100
yuritish,  gazeta  va  jurnallarga  bosma  va  elektron  mahsulotlar
haqida axborot berib turish. Kitob palatasining yuragi, matbuot
asarlarining  arxivi  1927- yili  tashkil  etilgan.  Har  yili  arxivga  46
ming dona matbuot asari kelib tushgan. O‘sha yillardanoq 7 ta
ko‘rsatkichdan  iborat  „O‘zbekiston  matbuotining  yilnomasi“
nashr etila boshlandi: 1928- yildan „O‘zbekiston kitob solnomasi“,
1931- yildan rus va 1938- yildan o‘zbek tilida „Jurnal maqolalari
solnomasi“,  1968- yildan  „Taqrizlar  solnomasi“  va  „Tasviriy
san’at  asarlarining  bosma  nashrlari  solnomasi“,  1969- yildan
„Gazeta maqolalari solnomasi“, 1976- yildan boshlab kitob palatasi
„Åæåãîäíèê êíèãè ÓçÑÑГ va 1982- yildan „O‘zbekistonning
bibliografik  qo‘llanmalari“  nomli  yillik  ko‘rsatkich  nashr  etdi.
1958- yil O‘zbekistonda respublika darajasida davlat bibliogra-
fiyasi  tizimidagi  qo‘llanmalar  kartochka  shaklida  nashr  etila
boshlandi. Bu ishda 1974 — 75- yillarda yangi nashr etilayotgan
adabiyotlarning  annotatsiya  kartochkalari  nashr  etildi.  Kitob
palatasida o‘zbek tilidagi kitoblarning, 1915- yildan qoraqalpoq va
rus tilidagi kitoblarning alifbo katalogi, 1917- yildan rus va o‘zbek
tilidagi kitoblarning sistemali katalogi, o‘zbek va rus tilidagi jurnal
maqolalari  katalogi,  izografika  katalogi,  rus  tilida  avtoreferatlar
katalogi, mualliflarning familiyalari tartibida badiiy, o‘smirlar va
bolalar adabiyoti, ilmiy ishlar, to‘plamlarga kiritilgan mualliflar,
taqrizlar,  tarjimonlar  kartotekalari  tuzilgan.  Kitob  palatasining
ma’lumot-bibliografiya apparati 800 ming bibliografik yozuvdan
tashkil  topgan  20  dan  oshiq  turli  katalog  va  kartotekalardan
iborat.
1994- yildan  kitob  palatasi  Milliy  bibliografiya  markaziga
aylantirildi. Yangi status olganiga qaramay, palataning vazifalari
ancha qisqargan. 2002- yildan shu kungacha to‘plangan bibliografik
yozuvlar  elektron  ko‘rinishda,  bosma  holda  nashr  etilmadi  va
tarqatilmadi.  Hozirgi  kunda  mazkur  markaz  Alisher  Navoiy
nomidagi  O‘zbekiston  milliy  kutubxonasi  tarkibida  faoliyat
ko‘rsatmoqda.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish