O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik qo‘llanmalar ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra boshqa
mahsulotlardan ajralib turadi va ularga nisbatan keng qamrovli va
katta hajmga ega. Shunga ko‘ra maxsus va davlat bibliografiyasining
turlari  tayyorlanadi.  Davlat  bibliografik  ko‘rsatkichlari  davlat
hisobini  olib  boradi.  Maxsus  bibliografik  qo‘llanmalar  ilmiy-
yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid, tavsiya xarakterida bo‘ladi.
Nashriyotchilik va kitob savdosi bibliografik qo‘llanmalari nashrdan
chiqadigan yangi adabiyotlar yoki nashr etilgan asarlar va kitob
savdosi tizimlarida mavjud adabiyotlar haqidagi axborotdan iborat
bo‘ladi. Berilayotgan materiallarning mazmuniga ko‘ra bibliografik
qo‘llanmalar quyidagi turlarga ajratiladi: universal, ko‘p tarmoqli,
mavzuli,  shaxsga  oid,  mamlakatshunoslik,  o‘lkashunoslik.
Universal qo‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma
sohalariga va fan tarmoqlariga oid, ko‘p tarmoqlilari esa bir necha
bilim  sohasiga  ega  bo‘ladi.  Tarmoq  qo‘llanmalar  bilimning  bir
sohasiga,  mavzuli  qo‘llanmalar  aniq  bir  mavzuga,  oid  mate-
riallarni o‘z ichiga oladi. Shaxsga oid qo‘llanmalar bir shaxsning
hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlarni, mamlakatshunoslikka
oid  qo‘llanmalar  esa  bir  yoki  bir  necha  mamlakat  haqidagi
materiallarni, o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalar esa mamla-
kat  haqidagi  adabiyotlarni  aks  ettiradi.  Qo‘llanmalar  turiga,
maqsadiga ko‘ra ayrim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birinchi  xususiyati
xronologik aniq chegaraga ega. Qo‘llanmaning maqsadidan kelib
chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyot-
lar  va  boshqa  materiallar  tanlab  olinadi.  Ikkinchi xususiyati 
agar ko‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama
to‘la bo‘lishi shart. Masalan, davlat bibliografik ko‘rsatkichlarini
tayyorlashda  tanlangan  davrda  nashr  etilgan,  tanlangan  usulda
qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar
va boshqa materiallar hisobga olinadi, ya’ni ijtimoiy yoki ilmiy
ahamiyati,  nashrlarning  turi  yoki  biror-bir  belgisiga  ko‘ra  tan-
lanadi.  Har  bir  bibliografik  qo‘llanma  ko‘plab  bibliografik
yozuvlarning  tartibga  solingan  ko‘rinishidir.  Bu  esa  tanlangan
tartibdagi (alifbo, sistemali, xronologik va boshqa) usulni qo‘llash
bilan  uzoq  va  mas’uliyatli  mehnat  natijasida  yuzaga  keladi.
Bibliografik elementlarning qo‘llanilish me’yori ham qo‘llanmaning
turiga  va  maqsadiga  ko‘ra  belgilanadi.  Axborot  xarakteridagi
ko‘rsatkichlarda  bibliografik  tavsif  bilan  chegaralansa,  tavsiya
ko‘rsatkichlarida, albatta, annotatsiya beriladi, referativ ko‘rsat-
kichlar esa referat bilan ta’minlanadi. Ayrim bibliografik qo‘llan-


56
malarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, kutubxona
xodimlari  uchun  mo‘ljallangan,  avval  uslubiy-bibliografik
to‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Ular bibliografik
ro‘yxatlar, bibliografik sharhlar matni, tanlangan mavzu bo‘yicha
ommaviy  tadbirlarni  tayyorlash  va  o‘tkazish  uchun  namunalar
bilan boyitiladi.
Bibliografik qo‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham, boshqa
nashrlar  ichida  (kitob,  gazeta,  jurnal,  to‘plam)  ham  yoki  ilova
shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qo‘llanmalar nodavriy,
davriy  bo‘ladi.  Nodavriy  ko‘rsatkichlar,  asosan,  kitob,  risola,
varaqa, buklet, bir yoki bir necha jildlik, ruknli shaklda bo‘ladi.
Masalan, shaxslarga oid bibliografik ko‘rsatkichlar mustaqil yoki
bir  ruknda  alohida-alohida  kitob  va  risola  holida  nashr  etiladi.
Davriy  qo‘llanmalar  haftalik,  oylik,  kvartallik,  yillik,  yarim
yillik bo‘ladi. Kartochka ko‘rinishidagi bibliografik nashrlar Kitob
palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi.
Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartoch-
kalar  shaklida  tuziladi.  Annotatsiyali  bosma  kartochkalar  nashr
etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasini misol qilish
mumkin.  Ular  „Ìèð  áèáëèîãðàôèè“  jurnalining  1998- yil  1-
sonidan  boshlab  har  bir  sonida  200 — 250  ta  adabiyotga
annotatsiyali  kartochka  (nashriyotlar  manzili,  telefon  raqamlari
bilan birgalikda) berib bormoqda. Mutaxassislar so‘rog‘iga to‘la
javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari
bibliografik  qidirish  jarayonida  mavzuli  ro‘yxatlar,  kartotekalar
tuzadilar, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadilar. Keyinchalik
ular negizida mavzuli to‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lu-
motlar,  tahliliy  sharhlar  yaratadilar  va  iste’molchilarga  xizmat
ko‘rsatish  jarayonida  foydalanadilar.
Jamiyatda  to‘laqonli  axborot  resurslarini  yaratishga  mo‘l-
jallangan  adabiyotlarni  aniqlash  imkoniyati  iste’molchilarga
elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yara-
tiladi.  Bu  esa  hujjatlar  mazmunini  tasvirlashning  ko‘p  qirra-
liligini  ta’minlaydi:  to‘ldirish,  iste’molchilar  so‘rog‘i  bo‘yicha
shakllanadigan  individual  ma’lumotlar  bazasini  faollashtirish,
axborotni  ish  yoki  yashash  joyiga  yetkazish.  Òexnologik
tarmoqlardan foydalanishda hududiy jihatdan imkoni bo‘lmagan
va  uzoq  hududlarda  istiqomat  qiladigan  kitobxonlarga  elektron
pochta  orqali  yoki  chat  texnologiya  orqali  xizmat  ko‘rsatish
imkonini  beradi.  Maxsus  dasturiy  ta’minotga  asoslangan  chat


57
xizmat  ko‘rsatish  iste’molchi-bibliograf    ikkiyoqlama  ta’sirga
yo‘naltirilgan  bibliografik  punktda  iste’molchilarga  xizmat
ko‘rsatishga o‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bo‘lmagan
paytda  mustaqil  avtomatlashgan  qidiruvni  olib  borish  uchun
so‘roqlarning  ma’lumotlar  bazasini  kitobxonlarga  tavsiya  etish
ham yo‘lga qo‘yilmoqda.
Elektron ma’lumot xizmati ko‘rsatish boshlanishida so‘roqlar
epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda hamma
xorijiy kutubxonalarning veb saytlarida „ ...dan so‘ra“ nomi bilan
sahifa  ochilgan.  Uchinchi  bir  tendensiyaga  bibliografik  xizmat
ko‘rsatishning  murakkablashuv  jarayonida  axborot  faoliyatini
ma’naviylashtirish kiradi. Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat
ko‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bo‘ladi. Bir mar-
talik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda hujjatlarni kompleks,
muammoli  aks  ettirish,  uni  sifatli  tanlash,  xabarlar  matnining
mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida
tasavvur  beruvchi  umumlashma  ma’lumotni  taqdim  etishga
qaratiladi. Adabiyotlarning retrospektiv ko‘rsatkichlari yoki ma’lu-
motlar  bazasini  yaratish  imkoniyati  tadqiqotlar  va  kashfiyotlar-
ning yangi yo‘nalishlari yuzaga kelganda bo‘ladi. Muammoli mah-
sulotlarni  tayyorlashning  o‘ziga  xos  xususiyati  axborotni  to‘p-
lashning chegarasini belgilashda, turli-tuman manbalarning keng
doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda
va obyekt (voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda ko‘rinadi.
Masalan,  „Bozor  iqtisodiyotida  innovatsiya“  nomli  bibliografik
qo‘llanma  ishlab  chiqarishni  yangilash,  takomillashtirish,  in-
vestitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyani jalb qilish bilan
band  keng  mutaxassislar  guruhiga  mo‘ljallangan.  Òurli  axborot
manbalarini ko‘rib chiqish bilan quyidagicha bo‘limchalar ochish
mumkin: innovatik yangiliklar va o‘zgarishlar haqidagi fan sifatida;
innovatsiyaning  mohiyati  va  turlari;  innovatsion  jarayonlarning
asosiy  bosqichlari;  ilmiy  va  innovatsion  sohaning  o‘zaro  ta’siri;
innovatsion  faoliyatni  investitsiyalash;  innovatsion  faoliyat  uchun
investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini
oshirish;  o‘zgarishlar  menejmenti,  tashkilotlarni  ana  shu  yo‘lga
o‘tkazish;  yangi  narsaning  mohiyatini  qabul  qilishning  ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish
mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar,
innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat
tajribasi.


58
Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik
xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning
o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi.
Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini,
ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi.
Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilot-
ning  ilmiy-texnik  potensiali,  muammoni  ishlab  chiquvchi
mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va
alohidaligi ham  hisobga olinadi.  Òo‘plangan hujjatlar  mazmuni
ularda  va  ma’lumotlar  bazasida  mavjud  tayyor  referatlar  va
annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi.
Mazmun  aniq  va  to‘la  ochib  berilsa,  u  iste’molchilar  uchun
foydali  va  keyingi  ilmiy-tadqiqot  ishlari  uchun  zarur  bo‘ladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish