O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

Ibn Sino      atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya 

va  Farbiy  Evropa  bilan  chambarchas  bog'lar  edi.  Bu  esa  karvon  yo'li  orqali 

minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman  

     tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta 

Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga 

aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar 

o'rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlarni  shakllantirdi.  Axir,  Osiyodagi  va  Evropadagi 

tovarlarga  bo'lgan  talab  va  taklifni  (bozorning  asosiy  unsurlarini)  yaxshi  bilmay 

turib,  uzoq  va  xatarli  yo'lga  chiqish  mumkinmidi,  katta  karvonlarni  tog'u 

toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, 

amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib 

borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini 

yaxshi  bilish  talab  etilgan.  Oqibatda  turli  bilim  sohalari,  matematika  (al-jabr), 

geometriya  (xandasa),  astronomiya  (falakiyot  )  va  boshqa  ko'pgina  fanlar 

rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn 

Ro'shd,  Yusuf  Xos  Hojib,  Nizomulmulk  va  boshqa  ko'plab  mutafikkirlar  yashab, 

ijod qilishdi. Ularning  asarlarida  muhim  iqtisodiy  g'oyalar  ham  o'z  aksini  topgan. 

Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon 

etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.  

Ana  shundan  kelib  chiqib  dastlab  873-950  yillarda  yashab  ijod  etgan  Abu 

Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.  

Bo'lajak  buyuk  olim  Aris  daryosi  Sirdaryoga  qo'yiladigan  joyda  Shosh-

hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-Farbda joylashgan Forob (O'tror) degan 

joyda  tug'ilgan.  U  Forobda  o'qigan,  Shoshda  bo'lgan,  Buxoro  va  Samarqandda 

ta'lim  olgan.  Arab  xalifaligining  markazi-Bog'dodda  o'qishi  davom  ettirgan, 

umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot 

etgan.  


Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha 

sohalarini  o'z  ichiga  oluvchi  160  dan  ortiq  risola  yaratgan  Qomusiy  olim  sifatida 

tan  olinadi.  Uning  Sharq  olamidagi  shuhrati  shu  darajaga  etdiki,  uni  Aristotel 

(Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» 

- «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.  

Olimning  ayniqsa  «Fozil  odamlar  shahri»  asari 

diqqatga  sazovar  bo'lib,  unda  mamlakatni  boshqarish, 

hokimlar  faoliyati,  iqtisodiyotni  olib  borish  bilan  bog'liq 

bo'lgan  muhim  g'oyalar  keltiriladi.  Shuni  ham  ta'kidlab 

o'tish  kerakki,  Forobiy  o'z  ustozi  Arastu  g'oyalarini  har 




tomonlama  talqin  etadi  va  uni  to'ldirishga  harakat  qiladi,  jamiyat  shakllanishi 

uchun  moddiy  ehtiyojlarning  ahamiyati  haqidagi  ta'limotni  yaratdi,  iqtisodiyot 

fanida muhim blgan  

«Ehtiyoj»  ni  ta'riflab  berdi.  U  moddiy  boyliklar  yaratishda  mehnatning  va 

mehnat  qurollari  o'rnini  aniqlab  berdi.  Ayniqsa,  «mehnat  taqsimoti»  masalalari 

mutafakkir  asarlarida  yaxshi  yoritib  berilgan.  Mehnat  taqsimoti  tufayli  ishlab 

chiqarish  rivojlanadi,  chunki  vaqtdan  yutiladi,  ishlovchilarning  kasb-mahorati 

ortadi, texnik moslamalar  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish