Psixologik xizmatning maqsadi
Umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmatning maqsadi
– o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini, yangi ijtimoiy-kasbiy muhitga
moslashuvini o’rganish, psixologik-pedagogik, kasbiy-tashxis qilish hamda shaxs
sifatida har tomonlama kamol topishi, ma’naviy-aqliy rivojlanishi, o’zligini
anglash va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ijtimoiy-psixologik shart-
sharoitlar yaratishdan iborat. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish uchun o’quvchi
shaxsini har tomonlama chuqur o’rganish zarur. Buning uchun amaliyotchi
psixologlar va o’qituvchilar psixologik qonuniyatlarni bilishi hamda ta’lim
jarayonini tashkil etishda to’g’ri foydalana olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |