energiyalar zaxirasi yildan-yilga kamayib bormoqda. Shu sababli, qayta
6
dehqonchilik uchun sifatli biogo’miz ishlab chiqariladi, hamda atrof muhitning
ekologik holatini ham sezilarli ravishda yaxshilanishiga olib keladi [3].
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv,
shamol, biogaz singari noananaviy energiya manbalardan foydalanishning ulkan
imkoniyatlari mavjud. Respublikamiz hududida yilning qariyb 350 kuni
quyoshli bo’ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko’p. Bunday
tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan
yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda juda
qo’l keladi.
Yurtimizda qishloq xo’jaligi, chorvachilik va parrandachilik
chiqindilarini havosiz joyda bijg’itib biogaz olish imkoniyatlari ham cheksizdir.
Biogaz biomassa, ya’ni go’ng yoki boshqa chiqindilarni maxsus germetik
mahkamlangan sig’im - bioreaktorda anaerobik (xavosiz) bijg’itish natijasida
hosil bo’ladi, - Bijg’ish paytida dastlabki bosqichda biomassa tarkibidagi
mikroflora rivojlanadi, keyin esa organik moddalar kislota ko’rinishini oladi.
Jarayon nihoyasida achitqi (bijg’itqi) tarkibidagi metan hosil qiluvchi
bakteriyalar xarakatga keladi va buning natijasida kerakli mahsulot - metan va
uglekislota ajralib chiqa boshlaydi. Olingan biogaz tozalanib, gazgolderga
to’planadi, undan esa gaz quvurlari orqali foydalaniladigan joygacha uzatiladi va
xuddi tabiiy gaz kabi yoqiladi. Qayta ishlangan xomashyo o’z navbatida
bioo’gitga aylanadi, uning yoqimsiz hidi va tarkibidagi hasharotlar, lichinkalar,
yovvoyi o’simliklarning urug’lari yoqoladi, foydali xususiyatlari esa nafaqat
saqlanib qoladi, balki oshadi ham. Biogaz texnologiyalaridan foydalanishning
afzalliklari shundaki, ular yordamida, birinchidan, yoqilg’iga sarflanadigan
mablag’ni iqtisod qilish, ikkinchidan, vaqt va joyni tejash, qo’l mehnatini
kamaytirish, uchinchidan, atrof-muhitni himoya qilish mumkin.
Bizga ma’lumki: go’ng ochiq havoda saqlanganda atmosferaga muayyan
miqdorda metan gazi va yoqimsiz hidga ega bo’lgan azot birikmalari ajralib
chiqadi, biz so’z bilan aytganda biogaz ishlab chiqaruvchi texnologiyalarning
qo’llanilishi esa atmosferaning shu tarzda ifloslanishining oldini olish imkonini
beradi.
7
Ba’zi bir qishloqlarda uchraydigan muammo - tabiiy gaz va elektr
energiyasi ta’minotidagi beqarorlikka chek qo’yishlari mumkin. Shuningdek,
qishloq joylarida issikxonalarni rivojlantirish uchun ham bu qurilmalar juda
asqotadi. Umuman olganda, organik chiqindini qayta ishlash va hosil bo’ladigan
mahsulotlardan foydalanish to’g’ri yo’lga qo’yilganda, biogaz qurilmalariga
sarflangan mablag’ bor-yog’i bir yil ichida to’liq qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: