3.3. Biogazni yig’ish, saqlash va uzatish.
Biogazni yig’ib olish usullari.
Biogaz qurilmasining tashqi ko’rinishi biogaz yig’ish usulini tanlashga
bog’liq. Balonli qurilmalar ichida reaktor va gazgolder joylashtirilgan rezina
qop (balon) yoki termik jixatdan chidamli bo’lgan plastik qopga o’xshaydi.
Xom-ashyoni yuklash va bo’shatish quvurlari to’g’ridan-to’g’ri reaktorning
plastik devoriga mahkamlanadi.
Gazning bosimi qopning cho’ziluvchanligi va qopga solingan qo’shimcha
yuk xisobiga yetarli qiymatga erishiladi.
Bunday qurilmaning afzal jihati tannarxining arzonligi, ko’chirishga
qulayligi, tuzilishining oddiyligi, bijg’itish temperaturasining yuqoriligi,
reaktorni tozalashning oddiyligi, xom-ashyoni yuklash va bo’shatishning xam
oddiyligidadir. Kamchiligi esa ishlatish vaqtining kamligi, (2-5 yil), tashqi
ta’sirlarga yuqori sezuvchanlgi, qo’shimcha ish joyi yaratish imkonining
kamligidadir[60-65].
Balonli qurilmalarga misol sifatida plastik bilan yopiladigan va quyosh
nurlarining to’g’ridan-to’g’ri tushishidan himoyalangan kanal tipidagi
qurilmani qarash mumkin. Bunday turdagi qurilmalar rivojlangan
mamlakatlarda, ayniqsa oqova suvlarini qayta ishlashda qo’llaniladi. Yuqori
qismi yumshoq materialdan yasalgan qurilmalar reaktorning rezina qobig’i
shikastlanishining kichik ehtimolligi yuzaga kelganda va atrofning
temperaturasi yetarlicha bo’lganda tavsiya etiladi.
Qotirilgan gumbazli qurilmalar usti yopiq, gumbazsimon reaktor va
kompensatsiyalovchi sifatida ma’lum bo’lgan bo’shatish idishidan tashkil
topgan. Gaz reaktorining yuqori qismi–gumbazda yig’iladi. Navbatdagi yangi
xom-ashyo yuklanayotganda ishlatilgan xom-ashyo kompensatsiyalovchi
idishga itarib chiqariladi. Gazning bosimi ortishi bilan bu idishdagi qayta
ishlangan xom ashyo sathi ham ortib boradi.
Maishiy jihozlarda gazdan foydalanish gaz bosimining o’zgarishi natijada
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Gorelka va boshqa maishiy jihozlarni optimal
65
ishga sozlash mumkin emas. Agar gaz bosimini doimiy saqlash talab qilinsa,
reaktorda bosimni boshqarish qurilmasini o’rnatish yoki boshqa konstruksiyali
qurilmani tanlash tavsiya qilinadi.
Qotirilgan gumbazli reaktorlar odatda g’isht yoki betondan yasalgan idish
ko’rinishida bo’ladi. Bunday qurulmalar ichki bosimni saqlash (0,15 kg/sm
2
gacha) maqsadida gaz bilan to’ldirilgan sathigacha tuproqqa ko’miladi.
Iqtisodiy sabablarga ko’ra, tavsiya qilinadigan minimal o’lchami 5m
3
,
reaktorining hajmi 200m
3
gacha bo’lgan qurulmalar ma’lum.
Qotirilgan gumbazni qurilmaning yuqori qismi (gaz yig’iladigan qismi)
gazgolder deb ataladi va u germetik mahkamlangan bo’lishi lozim. G’isht va
beton germetik emas, shu sababli qurilmaning shu qismi gazni o’tkazmaydigan
modda qatlami bilan qoplanishi lozim (lateks, sintetik buyoq). Gazgolderda
yoriqlar paydo bo’lishi xavfini kamaytirish reaktor g’ishtini qurishda bo’sh
xalqani qoldirishdir. Bunday halqa qurilmaning pastki (suv o’tkazmaydigan) va
ustki (gaz o’tkazmaydigan) qismlari orasidagi elastik bog’ bo’lib hisoblanadi.
Suzuvchi gumbazli qurilmalar odatda yer osti reaktori va surilma
gazgolderdan tashkil topgan. Gazgolder yoki xom-ashyoda yoki maxsus suvli
idishda suzib turadi. Gaz bosimiga ko’ra ko’tarilib yoki tushib turadigan
gazgolderda yig’iladi. U yiqilib ketmasligi uchun maxsus ramka bilan ushlab
turiladi. Agar maxsus suvli idishda suzsa, yiqilmaydi.
Bunday qurilmalarning afzal tomonlari kunlik jarayonlarning yengilligi,
gaz hajmini gazgolder ko’tarilgan balandlikka nisbatan aniqlashning
osonligidadir. Gaz bosimi doimiy bo’lib, gazgolderning og’irligi bilan
belgilanadi. Suzuvchi gumbazli qurilmalarni yasash qiyinchilik tug’dirmaydi
va yo’l qo’yilgan xatoliklar gaz olishda katta muammolarni yuzaga
keltirmaydi. Bunday qurilmalarning kamchiligi po’lat reaktor tan narxining
yuqoriligi va temirning korroziyaga moyilligida hisoblanadi. Shu sababli,
suzuvchi gumbazli qurilmalar qotirilgan gumbazli qurilmaga ko’ra kam xizmat
qiladi.
66
Bunday qurilmalar slindrik yoki gumbazsimon shakldagi g’ishtli yoki
beton reaktordan va suzuvchi gazgolderdan iborat[43-45,65].
Gazgolder maxsus suvli idishda yoki to’g’ridan-to’g’ri xom-ashyoda
suzadi hamda uning vertikal holatini saqlashga va stabilligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi ichki yoki tashqi ramaga ega. Biogaz ishlab chiqarilayotganda
gazgolder yuqoriroqqa suzib chiqadi. Gaz ishlatilgach esa pastga tushadi.
Bunday qurulmalar asosan go’ngni, organik chiqindilarni doimiy, yani sutkalik
yuklash tartibida qayta ishlashda qo’llaniladi. Ular ko’pincha o’rtacha
kattalikdagi fermalarda (reaktor 5-15 m
3
) yoki yirik agroindustrial komplekslar
(reaktor 20-100m
3
)da qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |