MUSTAQIL O`ZBEKISTONDA XX ASR OXIRI VA XXI
ASR BOSHIDA SIYOSIY VA XUQUQIY TA`LIMOTLAR.
R E J A:
1. Mustaqil O`zbekistonda xuquqiy davlat g`oyalarining shakllanishi va
ularni joriy qilinishi.
2. O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida inson xuquqlar va
erkinliklari.
3. O`zbekistonda Prezidentlikni joriy qilinishi va I. A. Karimovning
xuquqiy davlat qurishdagi nazariy asoslari.
4. Fuqarolik jamiyati va xuquqiy davlat.
5. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralar.
Mustaqil O`zbekistonda xuquqiy davlat g`oyalarining
shakllanishi va ularni joriy qilinishi.
1991 yil 31 avgust kuni tariximizning tub burilish nuqtasi bo`ldi. O`zbekiston
mustabid tuzumdan voz kechib ochiq demokratik va huquqiy davlat, ijtimoiy
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yo`liga o`tdi. Xalqimizning asriy orzu
umidlari va intilishlariga javob beradigan hayotga qadam qo`ydik. Huquqiy
davlatchilik shakllari, unga o`tmish yo`llari xar xil bo`lishi mumkin. Bu xar bir
mamlakatning ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari, milliy ma`naviy an`analari,
davlatchilmk tajribasi, siyosiy va huquqiy madaniyat darajasi, geopolitik vaziyati va
boshqalar bilan belgilanadi.
,,O`zbekiston mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqadi, mamlakat ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarining borishini to`g`ri baholadi va birinchilar qatorida o`z
mustaqilligini e`lon qildi. Mustaqilligimizning birinchi huquqiy asosi "O`zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`rrisida"gi qonunda (1991 yil 31
avgust) o`z ifodasini topdi. Bu qonunlar O`zbkiston Respublikasi "Millati, diniy
e`tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat`iy nazar, respublika xududida yashovchi har
bir kishining munosib xayot kechirishini, sha`ni va kadr-qimmatini ta`minlaydigan
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga" intilishini tantanali ravishda
e`lon qiladi. "Mustaqil o`zbek davlati,-deb yozgan edi Prezident I.Karimov, -
xalqmmizning tarixiy yutug`idir. Xalqi yuz yillar mobaynida orzu qilgan O`zbekiston
chinakam mustaqillikni qo`lga kiritib, gullab-yashnashi va farovonlikka erishishi,
taraqqiyot etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro xamjamiyatda munosib o`rnini
egallashi - biz ko`zlagan oliy maqsaddir".
1 Xuquqiy davlat qurishning nazariy asoslari va amaliy muammolari
O`zbekistonning
1992
yilgi
Konstitutsiyasida,
mamlakatimmz
Prezidenti
I.A.Karimovning "O`zbekiston kelajagi buyuk davlat", "Buyuk kelajagimizning
huquqiy kafolati", "O`zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy
tamoyillari", "Xozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim
vazifalari", "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlmk
shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Ozod va obod vatan, erkin va farovon xayot-
pirovard maqsadimiz", "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda", va boshqa asarlarida
atroflicha belgilab berilgan.
Bu asarlarda jamiyat a`zolarining kafolatini boyitib borish, huquqiy normalarning
bajarilishini ta`minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tashqi munosabatlarni tartibga
solib turuvchi takomillashgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning
mavjud bo`lishi va ularni tegishli davlat organlari nazorati ostida bajarilishi, huquqiy
madaniyat, qonunga xurmat va unga amal qilish kabi muammolari nazariy
asoslangandir.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikada hukuqiy davlatning
shakllantirish shiorlar va chaqiriqlar bilan amalga oshirib bo`lmasligini, bu ish
ijtimoiy hayotning yangi shakllari, institutlari va munosabatlarining yaratish bilan
bog`liq murakkab ish ekanligini uzliksiz uqtirib kelmoqda. Bu ishlar orasida
jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish, jamoat fikrini demokratiyalashtirish,
yangi huquqiy va siyosiy qadriyalatlarni o`zlashtirish va hayotga joriy qilish muhim
o`rin egallaydi.Xuquqiy davlatchilikning shakllantirish uchun birinchi galda keng
ko`lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, davlat suverenitetini
mustaxkamlash, eski ma`murmy buyruqbozlik tizimi va unga mos bo`lgan xokimiyat
va boshqaruv organlarining tugatish, milliy davlatchilikning iqtisodiy, ijtimoiy,
huquqiy asoslarini yaratish.
Mamlakatni tarixi va xozirgi kuni o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikni, kelajagimiz
strategik yo`llarini to`g`ri tanlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning tarixiy asoslab
berish, o`tmish qadriyatlarning qaytadan baholab chiqish, o`zbek davlatchilik
rmvojining yangi yo`llarini izlab topish muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bugungi
islothotlarimizning muvaffaqmyatlari ko`p jihatdan milliy tarixiy tajriba va
saboqlarning umuminsoniy tarix natijalari va saboqlari bilan, xozirgi zamon jahon
xamjamiyati va davlatlarining rivojlanish tendentsiyalari bilan uyg`unlashtirib olib
borishga bog`liqdir. Shuning uchun ham O`zbekiston Prezidenti I.Karimov
vatanimizning o`ziga xos milliy xusuisiyatlari va tarixini, jahon xamjamiyati tajribasi
va xozirgi zamon muammolari bilan uyg`unlashtirib olib borish zururligini uqtirib
kelmoqda.
O`zbek davlatchiligining shakllanishi, rivojlanishida va shu doirada yuzaga
kelgan siyosiy-hukukiy madaniyatning o`ziga xos xususiyatlarining vujudga kelishida
iqlim, xudud, xo`jalik faoliyatining darajasi va xarakteri, ijtimoiy-madaniy turmush
tarzi, milliy an`analar, ko`pdinlilik, mustaqillik uchun kurash va boshqa omillar ta`sir
qildi. Davlat qurilishida boshqalardan andoza olish, mamlakat xususiyatlari va milliy
ruxiyatini hisobga olmaslik mamlakatni boshi berk ko`chaga kiritib qo`yadi.
O`zbekiston Prezidenti bu masalaga o`zining munosabatini aniq va ravshan bayon
etdi. Har bir millat o`z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondoshishi
zarurligini, xalq extiyojlarini hisobga olmaslik, "demokratik jarayonlarni chetdan
nusxa olib ko`r-ko`rona ko`chirish aslo samara bermaydi. Aksincha, butunlay yo`l
chalkash va xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkin" - deb ta`kidladi. "Xar bir davlat-
betakror ijtimoiy xodisadir, U har kaysi xalq tarixiy va ma`naviy taraqqiyotining
xosilidir, uning o`ziga xos, o`ziga mos madaniyati rivojining natijasidir-deydi
I.Karimov. O`zbekiston o`ziga xos taraqqiyot yo`lini tanlab olgan davlatdir. Bu yo`l
jaxonda o`zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo`lidir. Yurtboshimiz tomonidan
ilmiy asoslangan bu yo`lning besh tamoyili vujudga keldi. Bular iqtisodning
siyosatdan ustunligi, davlatning bosh isloxotchiligi, qonun ustivorligi, kuchli ijtimoiy
siyosat yuritish, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tish. Ushbu tamoyillar
O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lining asosini, o`tish davri dasturining
negizini tashkil etadi. Ularning amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta`minlamoqda.
Taraqqiyotning o`zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an`analari,
kadriyatlariga tayangandir.
"Biz tanlagan taraqkiyot modeli, bozor iktisodiyotiga tayangan aniq demokratik
davlat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan yangi xayot barpo etish
harakatlarimizning, bir tomondan ko`p asrlik tarix, buyuk madaniyat, yuksak milliy
an`analar, muqaddas qadriyatlarga, ikkinchi tomondan esa jahon xalqlarining eng
ilg`or yutuqlarini o`zida mujassam etgan tajribaga asoslangan yo`limizning to`g`ri
ekanini xayotning o`zi tasdiqlamoqda". Prezident I.Karimov o`z asarlarida
davlatchilik negizlarini belgilovchi omillarning aniqlashga alohida ahamiyat beradi.
"Bugun jamiyatda ijtimoiy mulkiy jarayonlarning ob`ektiv o`zgarishi yuz berayotgan
bir paytda adolat g`oyasini ixcham bir xulosa bilan ifodalash mumkin. ya`ni davlat
jamiyatning keskin tabaqalanishiga oshib-toshib ketgan boylaru kambag`al-
qashshoqlarga bo`linib ketishiga yo`l qo`ymasligi kerak". Yurtboshimizning fikrlariga
ko`ra davlat odamlarning o`z qobiliyatlarini to`la namoyon qilishlari uchun zarur
bo`lgan teng imkoniyatlarni yaratib borishi lozim. Bu davlatning vazifasidir. Davlat
o`tish davrida xal qiluvchi rol‘ o`ynaydi. U islohotlarning tashabbuskori bo`lib
maydonga chiqdi, qabul qilgan karorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi,
aholini o`tish davrining qiyinchiliklaridan himoya kilish vazifasini o`z zimmasiga
oldi. "Aynan davlat yangi huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar
shakllanishida, erkin demokratik me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va
bozor infrastrukturasining qaror topishida, ya`ni bank, moliya, soliq tizimi shakllanib,
yangi mazmun bilan boyishida tashabbuskor bo`ldi". O`zbekiston keng miqyosli
islohotlar yo`liga, jamiyatni tubdan o`zgartirish va yangilash yo`liga kirdi. "Faqatgina
istiqlolning xayotbaxsh zaminida yangi demokratik qadriyatlar ildiz otishiga, inson
haq-huquqlari va uning erki asosiy boyligi bo`lgan huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatiga mos keladigan yangi zamonaviy siyosiy, xo`jalik va jamoa tuzulmalari
qaror topishiga imkon tug`ildi".
Davlat hayotining yangi demokratik-huquqiy asoslari yaratildi. "Davlat
tushunchasi, uning ma`no mohiyati tubdan o`zgardi. U islohotlarning bosh
tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor
mqtisodiy munosabatlarga vazminlik bilan puxta o`ylagan xolda bosqichma-bosqich
o`tishni amalga oshirmoqda". O`zbekistonda huquqiy davlatning shakllantirishda
nazariy qarashlar, huquqiy davlatchilik amaliyotining ijobiy va salbiy tomonlari
hisobga olindi. Huquqiy davlat bu huquq ustivorligi g`oyasi va printsipining maxsus
shaklda ifodalanishidir. Qonun ustivorligini joriy qilmasdan turib huquqiy davlat
haqida gapirish mumkin emas.
O`zbekiston Prezidenti I.Karimov Qonun ustivorligini huquqiy davlatning asosiy
printsipidir, deb xisoblaydi. "Hech bir davlat organi, xech bir xo`jalik yurituvchi va
ijtimoiy-siyosiy tashkilot, xech bir mansabdor shaxs, xech bir kishi qonunga
bo`ysunish majburiyatidan xalos bo`lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma
barobardir. Qonun ustivorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy
munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech
bir istisnosiz huquq normalarini buzganligm uchun javobgar bo`ladi".
Do'stlaringiz bilan baham: |