Ызбекистон Республикаси


Yosh  buxoroliklar:  Fitrat,  Fayzullo  Xo`jaev  va



Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/68
Sana26.08.2021
Hajmi0,86 Mb.
#156709
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi-1

 
 
  
  
Yosh  buxoroliklar:  Fitrat,  Fayzullo  Xo`jaev  va 
boshqalarning siyosiy va huquqiy qarashlari
 
  
yosh  buxoroliklar  va  yosh  xivaliklar  ham  o`z  mamlakatlarini  qoloqlikdan 
chiqarish va taraqqiyot yo`liga kirgizish uchun kurashdilar. Bu yo`lda ular Turkiston 
jadidlarining  goyalariga  tayandilar.  Bexbudiylar  uchun  g`oyaviy  raxnamo  xisoblanar 
edi. O`zlarining ijtimoiy-siyosiy rejalarini Bexbudiy maslahatlariga amal qilgan holda 


tuzardilar.  Biroq  Buxoro  va  Xiva  jadidlarining  faoliyati  feodal-xonlik  tuzumi 
hukmronlik qilgan sharoitda o`tdi. Bu xol buxorliklar va yosh xivaliklar harakatining 
siyosiy dasturlarini o`ziga xos xususiyatlarini belgilar edi.
 
1917  yil  Fevral  inqilobinipg  ta`siri  ostida  yosh  buxoroliklar  va  yosh 
xivaliklarning  siyosiy  faoliyati  ancha  jonlashib  bordi.  yosh  buxoroliklar  amirning 
cheklanmagan  hokimiyatini  cheklash  talablari  bilan  chiqa  boshladilar.  Bu  talablar 
amir va beklar qoshida vakolatli idoralar tashkil qilish, amir ma`muriyati faoliyatining 
xalq  vakillari  tomonidan  nazorat  qilinishini  ta`minlash,  shariatda  ko`rsatilmagan 
barcha  soliqlarni  bekor  qilish,  maorif  va  matbuot  erkinligini  ta`minlash,  xalq 
manfaatlariga  zid  harakatda  bo`lgan  joxil  mansabdor  shaxslarni  almashtirish 
kabilardan  iborat  edi.  yosh  buxoroliklar  o`z  ijroiya  kumitalarining  tashkil  kila 
boshladilar.  Bu  ko`mita  a`zolari  Fitrat,  Fayzulla  Xo`jaev  faol  ish  olib  bordilar. 
Kumitaning  asosiy  maqsadi  yoshbuxoroliklar  talabini  Amir  qo`li  bilan,  uning 
isloxatlar qildirish yo`li bilan amalga oshirishdan iborat edi. Lekin bu talablar amalga 
oshmagandan  keyin  yosh  buxoroliklarning  ijro  ko`mitasi  isloxat  dasturlarini  inqilob 
yo`li bilan amalga oshirishga qaror qiladi.
 
Yosh  buxoroliklarning  bir  qismi  shu  jumladan  Markaziy  Kumitaning  raisi 
Muxiddin  Mansur  ham  isloxotlarning  zurlik  bilan  amalga  oshirishga  qarshi  chiqdi. 
Shuningdek,  u  Turkiston  Sovetlar  Komissarlarining  yosh  buxorliklarning  ishiga 
aralashuviga  xdm  qarshi  buldi.  Buxoro  amirligiga  qarshi  kurashda  qurol  ishlatish 
kerakligini  himoya  qiluvchilar  yangi  Mag  .<:aziy  qo`mita  tuzdilar.  Bu  qo`mitaning 
ishida  Abdulvoxid  Burxon  (rais),  Fitrat,  Fayzulla  Xodjaev  va  boshqalar  siyosiy  ish 
olib  bordilar.  yoshbuxoroliklar  Buxoroda  kuzgolon  kutarish  imkoniyatiga  ega 
emasliklariga iqror bo`lganlaridan keyin Sovetlar kuchiga tayanishga, ulardan ko`mak 
olishga  harakat  qildilar:  Amirlik  rejimini  yiqitishga  qaratilgan  rejalarini  Sovet 
xukumati vakillari bilan muhokama qilib ish olib bordilar.
 
1918  yil  1  martda  Turkiston  Xalq;  Komissarligi  raisi  F.Kolesov  va  yosh 
buxorliklar  Ijroiya  Kumitasi  raisi  Fayzulla  Xujaev  imzosi  bilan  Buxoro  amiriga 
ultimatum  yuborildi.  Unda  yosh  buxoroliklar  partiyasining  Markazky  ijroiya 
qo`mitasining talablariga muvofik yangi xukumat tuzish, amir xukumatining tugatish, 
davlatni  boshqarish-tizimini  adolat  va  shariat  asosida  tashkil  qilish  kabi  talablar 


ko`yilgan edi. Amir bu shartlarni qabul qilmadi. Shundan keynn yosh buxoroliklar va 
F.Kolesov  otryadlari  Buxoroga  xujum  boshladilar.  Biroq  ular  maglubiyatga 
uchradilar.  yosh  buxoroliklar  amir  quvginidan  qochib  Turkistonga  kelib  turishga 
majbur  bo`ldilar.  Bu  erda  hokimiyatni  qo`lga  olish  xaqidagi  ularning  o`rtasidagi 
kelishmovchiliklar  yanada  kuchaydi.  Amir  hokimiyatini  zo`rlik  bilan  ag`darishga 
qarshi  gurux  ham,  amir  hokimiyatini  inqilobiy  yo`l  bilan  ag`darish  tarafdori  bo`lgan 
inqilobchi  yosh  buxoroliklar  ham  o`z  fikrlaridan  qaytmadilar.  Bu  guruxning  rahbari 
Fayzulla  Xojaev  1918  yil  oktyabrida  Moskvada  yosh  buxoroliklar  partiyasining 
Moskva  ko`mitasini  tashkil  qiladi  va  1919  yil  dekabrigacha  o`zbek  va  tojik  tillarida 
turli inkilobiy risola, varaqalarni nashr qiladi va Buxoroda tarqatadi.
 
1920  yil  boshida  Fayzulla  Xojaev  Toshkentga  qaytadi  va  inqilobchi  yosh 
buxorliklar  partiyasining  Turkiston  markaziy  byurosini  tashkil  qiladi.  Uning 
programmasida  ijtimoiy  adolatsizlik,  zulm  va  zo`ravonlik  va  jaholat  qattiq  tanqid 
qilinadi,  inqilobiy  g`oyalar,  inson  huquqi  va  erkinliklari,  xalq  ishtiroki  va  xoxishi 
bilan  o`rnatilgan  yangi  tuzum  o`rnatish  zarurligi  targ`ib  qilinadi.  1920  yil  2 
sentyabrda  Buxoroda  yuz  bergan  davlat  to`ntarilishidan  keyin  inqilobchi  yosh 
buxoroliklar  partiyasi  Markaziy  byuro  qaroriga  muvofik  tarqatildi,  uning  a`zolari 
umumiy  qoida  asosida  Buxoro  Kommunistik  partiyasiga  a`zo  bo`lish  xukukiga  ega 
bo`ldilar.
 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish