3. Noverbal ta’sirning ma’nosi “nutqsiz”dir. Bunga suhbatdoshlarning
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan oʻrinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim),
qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi
qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning
barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini
yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan
formulasiga koʻra, birinchi marta koʻrishib turgan suhbatdoshlardagi
taassurotlarning ijobiy boʻlishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar
38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
191
Muloqotning qanday kechishi va kimning koʻproq ta’sirga ega boʻlishi
sheriklarning rollariga bogʻliq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta’sir koʻrsatish
maqsadi boʻladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida
ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib
chaqirsa, xodimini o‘rnidan turib kutib oladi, quyuq soʻrashadi, keyin maqsadga
o‘tadi.
Ta’sirning adresati-ta’sir yo‘naltirilgan
shaxs.
Lekin
tashabbuskorning
suhbatga
tayyorgarligi yaxshi boʻlmasa yoki adresat
tajribaliroq sherik boʻlsa, u tashabbusni oʽz qoʻliga
olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi
mumkin boʻladi.
Kishilar bilan normal munosabatlarni oʻrnata
olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay
olmaslik, oʽz nuqtai nazariga oʽzgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik,
“birovni” uning ichki kechinmalari va oʽziga boʻlgan munosabatini aniq tasavvur
qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ oʻquvsizlik yoki
diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna
olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan choʽzilib ketishi
mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ
bilimdonlikka oʽrgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga
katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamkorlik qilish
mahorati va san’atiga ega boʻlishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va
muloqot etikasiga oʽrgatishni har qachongidan dolzarb qilib qo‘ymoqda.Ma’lumki,
gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning
samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik oʽzaro mosligi, bir-birini
toʻldirishiga bogʻliq ekan. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi
“Yaxshi suhbatdosh-yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni
biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda
rivojlangan boʻlishini nazarda tutgan edi. Mutaxassislarning aniqlashlaricha,
192
ishlayotgan kishilar vaqtining 45% kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar
bilan doimiy muloqotda boʻladiganlar-savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar,
muxbirlar 35-40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin
sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga koʻproq foyda keltirarkan.
Tinglashning ham xuddi gapirishga oʻxshash texnikasi, usullari mavjud. Ularning
turi ham koʻp, lekin biz ikki usulini qoʻllaymiz: soʽzma-soʽz qaytarish va
boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qoʻllab-quvvatlashini bildiradi.
Ikkinchi usul-sherikni soʽzlarini tinglab, undagi asosiy gʻoyani muxtasar,
oʽzimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi
tinglayotganimizda , “Yo‘gʻ-e?”, “Nahotki?”, “Qara-ya?”, “Yasha!”, “Qoyil!”
luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga
oʽrgatishning muhim yo‘nalishlaridan biri-odamlarni faol tinglashga, bunda barcha
paralingvistik va noverbal omillardan oʻrinli foydalanishga oʽrgatishdir. Professor
V. Karimovaning fikricha, professionaltinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
Aktiv holat bu tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan
tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni
bildirish;
Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni
oʽziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda oʽzining har bir soʽziga uni ham
ko`ndirishning samarali yoʻlidir.
193
O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat
bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali oʽzingizning suhbatdan
manfaatdorligingizni bildirish yoʻli.
Demak, tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali boʻlishida muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz,
unda oʽz-oʽziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz
kerak.
His-hayajonni ifodalaydigan
harakatlar bu koʻzga koʻrinadigan
harakatlardir. Bu yerda axborot yetkazuvchi boʻlib gavdani tutish, mimika, ishora,
nigoh katta rol o‘ynaydi. Masalan, tadqiqotlarga koʻra soʻzlovchining yuzi
qimirlamasa yoki koʽzga koʻrinmasa, 10-15 foiz axborot yetkazilmaydi. Koʽz
yordamida hol-ahvol, kayfiyat haqida eng aniq ma’lumotlar yetkazib beriladi,
chunki koʽz qorachigʻining torayishi va kengayishini nazorat qilib boʻlmaydi.
Gʻazab va noxush kayfiyat kishining koʽz qorachigʻini toraytiradi. Yuzi iltifotsiz
boʻlib qoladi, bu holat esa muloqotning samaradorligini pasaytiradi.
Soʽzlovchining gavdasini «yopiq» tutishi (u gavdaning oldini bekitib, fazoda iloji
boricha kam joy egallashga harakat qiladi) ishonchsizlik, qoʻshilmaslik, tanqidni
bildiradi. «Ochiq» gavda tutishlar esa (tikka turganda: qo‘l kaftlari ochiq va tepaga
qaratilgan; o‘tirganda qoʻllar yozilgan, oyoqqa uzatilgan) ishonch, rozilik,
xayrixohlikni bildiradi.
Ovoz xususiyatlari prosadika va ekstralingvistik ro‘y berishlar qatoriga kiradi.
Ishtiyoq, quvonch va ishonchsizlik baland ovoz bilan bildiriladi. Gʻazab, qo‘rqish
ancha baland ovoz bilan, qaygʻu, gʻam-gʻussa, horgʻinlik odatda yumshoq
pasaytirilgan ovoz bilan bildiriladi.
Munosabatning takesika vositalariga silab qoʻyishlar, daxldorlik, qoʻl berib
koʻrishishlar, urib-urib qoʻyishlar kiradi. Ular ragʻbatlantirishning biologik turi
bo`lib, ayniqsa, yetim bolalarga ta’sir etishi isbotlangan. Shumtaka va ranjigan
bolani boshidan silab qoʻyib, siz boshqa vositalarni biriktirgan holda ham erishib
boʻlmaydigan natijaga erishishingiz mumkin.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |