183
Og`zaki muloqot xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ogʻzaki muloqot kommunikativ jarayon bilan bevosita bogʻliq boʻladi,
shuning uchun har kim ifodalayotgan fikriga mos soʽzni, gapni tanlay olish
qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Ogʻzaki muloqot tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda
yuzaga keladi, shuning uchun kishi oʽz nutqida voqeylikdan uzoqroq soʽzni
ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi,
koʽzlangan maqsad amalga oshmay qoladi. Ogʻzaki muloqot jarayonida odam bir
vaqtning oʽzida fikrlaydi hamda soʽzlaydi, Shuning uchun voqeylikka mos
soʽzlarni tanlashga deyarli imkoniyat boʻlmay qoladi.
2. Bunda xotiraning roli katta. Agar xotira sust boʻlsa, ogʻzaki muloqotda gap
tuzilishi, soʽz birikmalari oʽzaro mantiqan va grammatik jihatdan bogʻlanmay
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: